O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Firma ichida o‘qitishga nisbatan davlat siyosati



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə207/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Firma ichida o‘qitishga nisbatan davlat siyosati


Urushdan keyingi davrda firma ichida o‘qitish borasidagi davlat siyosati 2 asosiy maqsadni ko‘zlagandi: firma ichida ishchilar malakasini oshirishga ko‘mak berish hamda ishchilarning malakasini va ijtimoiy mavqesini ko‘tarish. Bunga erishish maqsadida ta’lim soxsasida bir qator chora-tadbirlar qo‘llandi va nemis professional ta’lim tizimidan model sifatida foydalanildi. 1947 yilda qabul qilingan “Mehnat standartlari to‘g‘risidagi” qonunda malakali ishchilar tayyorlash tartibi belgilandi. Amaliy va ilmiy asoslangan standartlar bo‘yicha, malakali instruktorlar rahbarligida ayrim mutaxassisliklar ishchilarini 3 yil mobaynida muntazam o‘qitish mo‘ljallangandi. 1958 yilda “Kasbiy o‘qitish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Agar tadbirkorlar o‘z ishchilarini davlat tomonidan tasdiqlangan standartlar asosida o‘qitsa, u holda ular davlat tomonidan rag‘batlantirilardi.
Rasman sertifikatlashtirilgan firma ichida o‘qitish tizimida o‘quvchilar soni 1960 yilda keskin orti va 1970 yilga kelib eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi (93 ming kishiga etdi). Rasman sertifikatlashtirilgan kasbiy o‘qitish tizimi o‘z moddiy ahvollari tufayli yuqori o‘rta maktablarda o‘qishni davom ettira olmaydigan bitiruvchilarni ham malakali xodimlar bo‘lib etishishini ta’minlab berdi.
Lekin yuqori o‘rta maktablarda o‘qituvchilar sonining o‘sishi bilan rasman sertifikatlashtirilgan kasbiy o‘qitish o‘quvchilar etishmasligi muammosiga duch keldi. Bundan tashqari, yuqori o‘rta maktablar bitiruvchilari uchun bu o‘qitish kerak emas edi va ular kasbni tez
o‘zlashtira olardilar. 70- yillarda rasman sertifikatlashtirilgan firma ichida o‘qitish tizimi tanazzulga yuz tuta boshladi. Mehnat vazirligi yangi bir yillik o‘qitish standartini joriy qilish va boshqa chora-tadbirlar bilan bu jarayonni to‘xtatib qolishga harakat qildi. Lekin bu tanazzulni oldini olish imkoni bo‘lmadi va 1992- yilga kelib o‘quvchilar soni 24 kishini tashkil etdi.
Shunday qilib, uzoq muddatli o‘qitish asosida malakali ishchilarni tayyorlovchi korxonalarning soni kamaydi. Biroq so‘nggi yillarda texniklarni o‘qitish maqsadida firma kollejlarni ochgan korxonalar soni ortib bormoqda. 1986 yildan beri ochilgan bu kabi kollejlar soni 12 taga etdi, bundan tashqari yana 8 ta kollej bir vaqtning o‘zida bir necha firmalar tomonidan xodimlarni o‘qitishda foydalanilmoqda.
Bunday sharoitda davlat tomonidan standartlashtirilgan kasbiy o‘qitishni kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar shubxasiz, o‘z samaradorligini yo‘qotdi va ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlash usulida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Oldin o‘qitishga sarflanadigan kapitallar ko‘proq yangi ishga olinganlarni uzoq muddatli tayyorlab borishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, asta-sekin turli kategoriyadagi ishchilarni qisqa muddatli o‘qitishga e’tibor berila boshlandi. Shu bilan birga kasbiy o‘qitishning asosini IVO‘ tashkil etadi, deb o‘ylovchi korxonalardan farqli o‘laroq mehnat vazirligi bu borada boshqacha fikrda edi. Vazirlik fikriga ko‘ra firma ichida o‘qitishning asosida auditoriyalar va o‘quv laboratoriyalarida maxsus tashkil etiladigan tizim yotishi lozim.
1969- yilda kasbiy o‘qitish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi va yangi o‘qitish tizimini tashkil qilish belgilandi. Bu uzluksiz umrbod ta’limga muvofiq ishchilar professional karyeralarining qaysi bosqichida bo‘lishiga qarab, shunga mos ravishda o‘qitilishlari lozim. Yangi tizimda o‘qitishning tayanch tayyorlov, malaka oshirish, qayta tayyorlash va boshqa shakllari tartibga solindi.
Uzluksiz, umrbod ta’lim tizimini mustaxkamlash uchun moddiy asos talab etilardi. Shu sababli, 1974- yil bandlik sug‘urtasida qo‘shimcha to‘lovlarni joriy etish hisobiga o‘qitishni subsidiyalovchi maxsus jamg‘arma tashkil etildi. Hozirgi kunga kelib ish haqi fondining
0,35 foizni ish beruvchilarning bandlik sug‘urtasiga ajratadigan to‘lovlari tashkil etadi.
Bundan tashqari, 1982- yildan boshlab, o‘zluksiz umrbod ta’limni va ilmiy-texnik taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlovchi tizim joriy etildi. Bu tizimga muvofiq tadbirkorlikning o‘rta va katta yoshli ishchilarni o‘qitishga qiladigan xarajatlari qisman subsidiyalashtiriladi.
1985- yilda mavjud “Kasbiy o‘qitish qonuni” “Inson resurslarini kasbiy rivojlantirish to‘g‘risida qonun”ga almashtirildi. Asosiy maqsadi “ko‘k yoqali” ishchilarni o‘qitishga mo‘ljallangan oldingi qonundan farqli ravishda, yangi qonun barcha ishchilarni (“oq yoqali” – injener texniklar ham kiradi) kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgandi. Bundan tashqari, yangi qonun turli xildagi o‘zluksiz umurbod o‘qitish tizimlarini rivojlantirishga yordam berdi va ular davlat tomonidan belgilangan o‘qitish standartlari bilan chegaralanib qolmadi. Korxonalarda “inson resurslarini” kasbiy rivojlantirish bo‘yicha mas’ul kishini belgilash qoidasi joriy etildi. Axborot va tajriba almashish maqsadida o‘tkaziladigan konferensiyalarga subsidiyalar ajratila boshlandi. Bundan tashqari, korxonalarni o‘qitishning samarali usuli to‘g‘risida axborotlar bilan ta’minlovchi markazlar ish boshladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin