O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə205/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Yaponiyada kadrlar tayyorlash tizimining xususiyatlari

Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda yapon iqtisodiyotining asosiy omili kadrlar tayyorlash tizimi deyish mumkin. Uning asosiy xususiyatlari firma ichida o‘qitishdir. Firma ichida o‘qitish tizimining muvaffaqiyatini quyidagi sabablar bilan izoxlash mumkin:



  1. Yaponlarning maktabda oladigan fundamental bilimlarga asoslangan yuqori ta’lim darajasi;

  2. Zarur bo‘lganda korxonalarning kadrlarni “korxona ichida tayyorlash” an’anaviy amaliyoti.

  3. Ish vaqtida o‘qitish (IVO‘)ning tarbiyaviy ta’sirini oshiruvchi kadrlarni boshqarish tizimi;

  4. Firma ichida o‘qitishni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati.

Firma ichida o‘qitishdan tashqari yapon kadrlar tayyorlash tizimiga davlat munitsipal kasbiy o‘qitishi (DMKO‘) ham kiradi va u firma ichida o‘qitishga yordamchilik vazifasini bajaradi.

Yaponiyada maktab ta’limi


Urushdan keyingi Yaponiya aholisining ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqi shunchalik yuqori ediki, shu sababdan bu “ta’lim portlashi” deb nomlandi. Bunga Meydzi (1868-1912 yy.) davridagi maktablar islohoti sabab bo‘ldi.

  1. Bir yo‘nalishli maktab ta’limi tizimi 1872 yilda “maktab ta’limi tizimi” haqidagi farmon bilan qabul qilingandi va u feodalizm davrida

mavjud bo‘lgan harbiy-dvoryanlar tabaqasi uchun “xenko” va oddiy tabaqa “terikoya” maktablarini birlashtirdi. Maktablarni unifikatsiya qilish orqali bir yo‘nalishli ta’lim tizimi joriy qilindi.
Bunga Meydzi davridagi islohotchi xukumat sababchi bo‘ldi. Natijada oddiy yaponlar ham kelib chiqishidan qat’iy nazar, yuqori darajada ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buning natijasida bir yo‘nalishli ta’lim tizimi bilim oluvchilar orasida raqobatga va hozirgi yuqori ta’lim olgan yapon jamiyatiga olib keldi.

  1. Ta’lim darajasini oshishi va sanoat tarkibining modernizatsiyasi. Majburiy 9 yillik ta’limni tamomlab, yuqori o‘rta maktablarga kirganlar miqdori 1960- yilda 60foiz bo‘lgan bo‘lsa, 1970- ga kelib 80 foiz, 2000- yilda 94 foizga etdi. Yuqori maktabni tamomlab OO‘YUlariga va 2 yillik kollejlarga kirganlar yuqoridagi yillarga mos ravishda 10, 24 va 37foiz ga teng bo‘ldi, 1992- yilga kelib esa 39 foizga etdi. Yuqori o‘rta maktablarni tamomlab OO‘YUga kirganlar darajasi Yaponiyada juda yuqori. Bu ko‘rsatkich Angliyada 32 foiz, Germaniyada – 33, Fransiyada – 38, va AQSHda 45 foizga teng. Oliy ta’limga qilinadigan xarajatlar Yaponiyada 0,6 foiz (YAMMga nisbatan), AQSHda 1,25 foiz (1989- y), Angliyada -1,2; Germaniyada - 1,4 foizga teng. Yaponiyada davlat sektori OO‘YUlar xarajatlarining 90 foiz davlat va munitsipal xukumat hisobiga bo‘lsa, xususiy sektor

OO‘YUlari xarajatlarining 15 foizini davlat qoplaydi.
Yapon oilalarida farzandlarni o‘qitishga qilinadigan xarajatlarni yaxshi kapital qo‘yilmani amalga oshirish yoki bu farzanddar uchun eng yaxshi meros deb qarash an’anasi mavjud. Shu sababli ham oila byudjetidan ta’limga katta mablag‘ ajratiladi.
Aholining ta’lim darajasini oshirish ITT va sanoat tarkibini modernizatsiya qilishga yordam beradi. Bunga iqtisodiyot sohalari bo‘yicha OO‘YUlarini bitiruvchilarining taqsimlanishiga qarab guvoh bo‘lish mumkin. Yuqori o‘rta maktablarni bitiruvchilarining 34 foiz texnika va ishlab chiqarish sohasiga, 2,6 foiz ish yuritish sohasiga va 16 foiz savdo sohasiga boradi. Ikki yillik kollejlar bitiruvchilarining 58 foiz ish yuritish sohasiga, 27 foiz professional texnika sohasiga ishga joylashadilar, universitetlar va institutlar bitiruvchilarining 37 foiz
professional texnika sohasi tarmoqlariga, 40 foiz ish yuritish sohasiga va 19 foiz savdo sohasiga joylashadilar.

  1. Maktab ta’limi va firma ichida o‘qitish o‘rtasida funksiyalarning taqsimlanishi.

Yapon korxonalarining vakillari endigina o‘quv yurtlarini tamomlaganlar orasidan asosiy xodimlarni tanlab oladilar va uzoq muddatli bandlikni hisobga olgan holda, korxonalari uchun mos keladiganlarini oladilar. Odatda, ishga qabul qilinganlarga korxonada aniq bir vazifa ularning malakalari va qobiliyatlariga qarab beriladi. Shu sababdan yollash jarayonida nomzodlarning shu paytdagi bilimlari va xususiyatlaridan tashqari, ularning o‘qishga bo‘lgan qobiliyatlari va moslasha olish xususiyatlariga ham e’tibor beradilar. Shu tomonlari bilan yapon yollash jarayoni AQSH va Yevropadagidan keskin farq qiladi.
Yollashga bunday yondashuv maktablarda, professional o‘rta maktablarda va OO‘YUlarida fundamental bilim berishga asoslangan yapon kadrlar tayyorlash tizimi bilan bog‘liq. Ma’lum bir kasb uchun zarur bo‘ladigan maxsus malaka va texnik bilim firma ichidagi o‘qitish jarayonida beriladi.

  1. Yuqori o‘rta texnik maktablarining ahamiyati.

Yaponiyada yuqori o‘rta maktablar umum ta’lim va kasb maktablariga bo‘linadi. 1990- yilda yuqori o‘rta maktab o‘quvchilarining 13 foiz texnika maktablari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2000- yilda 10foizga, va 2004- yilga kelib 8 foizga tushib qoldi. Natijada yuqori qobiliyatli texnika o‘quvchilarini yig‘ib olish qiyin bo‘lib qoldi. Korxonalar oddiy maktabdan ko‘ra texnika maktab bitiruvchilarini ma’qul ko‘rishardi. Texnika maktablari bitiruvchilari yuqori texnik malaka talab qiluvchi instrumentlar va tajriba uchastkalariga taqsimlanadilar. Texnika maktablari o‘rta bo‘g‘in injener- texnik xodimlarini tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lsada, hozirgi kunda ularning bitiruvchilari malakali ishchilar sifatida yuqoriroq o‘rinlarga ham ishga joylashmoqda.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin