O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə124/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Yetakchilarni aniqlash. Ishga qiziqtirish (motivatsiya)ni kuchaytirishda xodimlarni yuqori rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish juda katta ahamiyatga egadir. Personal tarkibidagi yetakchilarni aniqlash bo‘lajak menejerlarni rahbarlikning yuqori bosqichiga tayinlash davriga kelib ularni har taraflama tayyorgarlikdan o‘tkazish imkonini beradi. Personalni boshqarish xizmati xodimlari aniqlangan yetakchilarni tayyorgarliqdan o‘tkazish barcha bosqichlarini hamda ularning xizmat vazifalarida siljishlarini diqqat bilan nazorat qilib borishlari kerak.

  • Boshqarishning yuqori bosqichlari. Menejerlar yuqori lavozimlarga ko‘tarilganlaridan so‘ng ular faoliyati faqat tor vazifalarni hal etish bilan chegaralanib qolishi xavfi mavjuddir. Shuning uchun ularda kompaniya yoki firma faoliyatini strategik nuqtai nazardan

    baholash hamda barcha ishlarning ahvoli uchun mas’uliyatni o‘ziga ola bilish sifatlarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. Korxona strategiyasini shakllantirish yoki uzoq muddatli strategik rejalashtirish bu bosqichga xos xususiyat hisoblanadi. Hamma ham bu ishning uddasidan chiqavermaydi. Strategik darajada samarali boshqaruv ham kasbiy, ham ma’muriy tajriba mavjud bo‘lgandagina ta’minlanishi mumkin.

    1. Yuqori boshqaruv bo‘g‘ini menejerlari. O‘z vorislarini tanlash, ularning lavozimda o‘sishlariga yordam ko‘rsatish, kompaniya yoki firma tashqarisidagi yuqori darajali menejerlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bu — bo‘g‘in boshqaruvchilarining asosiy xizmat vazifalari hisoblanadi.

    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan to‘rtinchi va beshinchi bosqichlarni rahbarlik lavozimlarini egallashda vertikal karyeraga intilayotganlar bosib o‘tadi.
    Rivojlangan kompaniyalar boshqaruvning har bir bosqichida personal karyerasini rejalashtirish va boshqarishning tabaqalashtirilgan tizimlariga egadirlar. Bu boshqaruv bosqichlari davomiyligi turli menejerlar uchun turlichadir. Lekin ko‘pgina boshqaruvchilar muayyan yoshda mazkur bosqichlardan o‘tishlari amaliyotda aniqlangan (5- rasm).72
    G‘arb tadqiqotchilari lavozimda o‘sishning quyidagi bosqichlarini ham farqlaydilar:

    1. Sinov (ko‘nikish).

    2. O‘zini-o‘zi e’tirof etish, firmada e’tirof etilish va xizmat lavozimida o‘sish.

    3. Karyera o‘rtasi. 4.Karyera yakuni.





    72 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 236-бет.


    Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   226




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin