O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə122/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Sust karyera bir lavozimda uzoqroq muddatda ushlanib qolish xususiyati bilan farqlanadi. Odatda bu davr normal karyeraga qaraganda o‘rtacha 1,5—2 barobar ko‘p, ya’ni 5—10 yilga teng demakdir. Lavozimda bu darajada sust o‘sish sabablari ko‘p jihatdan uning kasbiy va shaxsiy sifatlari, hamkasblari, mehnat jamoasi, rahbariyat bilan munosabatlari bilan izohlanadi. Sust karyeraga kompaniya yoki firmada personalni rivojlantirish to‘g‘ri rejalashtiril-maganligi, ya’ni lavozimda o‘sish imkoniyatlari cheklanganligi ham sabab bo‘lishi mumkin. Bo‘sh lavozim mavjud emasligi sababli xodim mehnat faoliyati turini o‘zgartirishni xohlamasa uzoq vaqt bir xizmat vazifasida ushlanib qolishi mumkin.
Tipik karyera deyilganda xodimning kasbiy mahorat cho‘qqisiga erishishi, malakasi umume’tirof etilishi, korxona tashkiliy tuzilmasida eng yuqori lavozim darajasiga ko‘tarilishi bosqichma-bosqich, ushbu kasbiy va shaxsiy sifatlar muttasil takomillashib borishi uyg‘un holda ro‘y berishi tushuniladi.
Barqaror karyerada xodimning kasb faoliyati va lavozimda o‘sishida muayyan chekinishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Ya’ni bu xodimning mehnat faoliyati muayyan bosqichida o‘z kasbini vaqtincha yoki bir umrga o‘zgartirganligi, shuningdek ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga mos kelmaydigan lavozimni egallashiga to‘g‘ri
kelganligini bildiradi.
Uzlukli karyera xodimning kasbda va lavozimda o‘sishi beqaror bo‘lishini anglatadi. Bu personalning mehnat faoliyatini tez-tez o‘zgartirib turishi, ish joyini, korxona va tashkilotini muttasil almashtirishi, ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga muvofiq bo‘lmagan lavozimlarni egallashi demaqdir.



Yosh mutaxassis


Boshlang’ich bosqich (tajriba, konikma, bilimlarni egallash)


Mutaxassis


Boshqaruv faoliyatini boshlanishi (tashkilotchilik qobilyatini rivojlantirish


menejer


Boshqaruv yuqori darajasi (kompaniya yoki firma strategik vazifalarni rejalashtirish va hal qilsh )


Boshqaruvchi


Yetakchilikning namoyon bo’lishi (har taraflama tayyorgarlikka ega bo’lish)


Top-menejer



11.1.4-rasm. Personal karerasi boshqichlari

Lavozimda o‘sish bosqichlarini aniqlashning uslubiy asosi sifatida ikki: karyera turi va boshqaruv tizimi omillari hisobga olinishi kerak (4- rasm).71




  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin