Sustkaryera bir lavozimda uzoqroq muddatda ushlanib qolish xususiyati bilan farqlanadi. Odatda bu davr normal karyeraga qaraganda o‘rtacha 1,5—2 barobar ko‘p, ya’ni 5—10 yilga teng demakdir. Lavozimda bu darajada sust o‘sish sabablari ko‘p jihatdan uning kasbiy va shaxsiy sifatlari, hamkasblari, mehnat jamoasi, rahbariyat bilan munosabatlari bilan izohlanadi. Sust karyeraga kompaniya yoki firmada personalni rivojlantirish to‘g‘ri rejalashtiril-maganligi, ya’ni lavozimda o‘sish imkoniyatlari cheklanganligi ham sabab bo‘lishi mumkin. Bo‘sh lavozim mavjud emasligi sababli xodim mehnat faoliyati turini o‘zgartirishni xohlamasa uzoq vaqt bir xizmat vazifasida ushlanib qolishi mumkin.
Tipik karyeradeyilganda xodimning kasbiy mahorat cho‘qqisiga erishishi, malakasi umume’tirof etilishi, korxona tashkiliy tuzilmasida eng yuqori lavozim darajasiga ko‘tarilishi bosqichma-bosqich, ushbu kasbiy va shaxsiy sifatlar muttasil takomillashib borishi uyg‘un holda ro‘y berishi tushuniladi.
Barqarorkaryerada xodimning kasb faoliyati va lavozimda o‘sishida muayyan chekinishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Ya’ni bu xodimning mehnat faoliyati muayyan bosqichida o‘z kasbini vaqtincha yoki bir umrga o‘zgartirganligi, shuningdek ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga mos kelmaydigan lavozimni egallashiga to‘g‘ri
kelganligini bildiradi.
Uzlukli karyeraxodimning kasbda va lavozimda o‘sishi beqaror bo‘lishini anglatadi. Bu personalning mehnat faoliyatini tez-tez o‘zgartirib turishi, ish joyini, korxona va tashkilotini muttasil almashtirishi, ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga muvofiq bo‘lmagan lavozimlarni egallashi demaqdir.