Vertikalkaryera deyilganda xizmat lavozimi pillapoyalaridan bevosita yuqoriga ko‘tarilish tushuniladi. Lavozimda o‘sish mehnatga to‘lanadigan haq oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Gorizontalkaryera. Bu faoliyatning boshqa turi bilan shug‘ullaniladigan lavozimiga siljitishni yoki korxona xizmat lavozimlari tizimida qat’iy belgilab qo‘yilmagan muayyan xizmat vazifasini (masalan, muvaqqat guruh, bo‘linma, loyiha rahbari) bajarish yuklatilishini anglatadi. Egallab turgan lavozimida avval belgilab qo‘yilgan vazifalarning qoida bo‘yicha ish haqi miqdori oshirilgan holda kengaytirilishi yoki murakkablashtirilishi ham gorizontal karyera turiga taallukdidir. Ya’ni gorizontal karyera xizmat lavozimida muttasil yuqoriga ko‘tarilishni anglatmaydi.
Bosqichma-bosqichkaryera. U vertikal va gorizontal karyera xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Ya’ni xodimning xizmat vazifasida o‘sishi bosqichma-bosqich vertikal hamda gorizontal holda kyechishi mumkin. Bu sezilarli darajada samara beradi. Bosqichma-boskich karyera korxona ichidagi karyera shaklida hamda korxonalararo karyera shaklida uchraydi.
Yashirin karyera.Bu atrofdagilar uchun aniq-ravshan holda ro‘y bermaydigan xizmat lavozimida o‘sishdir. Bunday imkoniyatga odatda
o‘z korxonasidan tashqarida juda keng amaliy aloqalari mavjud tor doira xodimlari ega bo‘ladilar. Boshqacha qilib aytganda, yashirin karyera deyilganda kompaniya yoki firma rahbariyatiga yaqinlashish tushuniladi.
Karyeraningboshlanishi
Karyeranitanlash O‘zining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash. Manfaatlarni aniq belgilab olish. Ehtiyojlarni aniqlash