Kasb karyerasi — bilim, ko‘nikma, mahorat o‘sishidir. Kasb karyerasi ixtisoslik (kasb faoliyati boshida tanlangan ixtisoslikni chuqurlashtirish) yoki keng ixtisoslashtirish (yangi va turdosh kasblarni egallash) yo‘nalishida bo‘lishi mumkin.
Kasb karyerasi xodim o‘z kasbiy faoliyati davomida turli: o‘qish, ishga joylashish, lavozimda o‘sish, pensiyaga chiqish bosqichlarini (11.1- jadval) bosib o‘tish xususiyatiga ega. Xodim mazkur bosqichlarni turli tashkilotlarda bosib o‘tishi mumkin.