O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


BOB. INSON RESURSLARINI KARYERASINI REJALASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə115/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

BOB. INSON RESURSLARINI KARYERASINI REJALASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH


1. Karyera tushunchasi va bosqichlari
Kasbiy ta’lim xodimii turli ishlab chiqarish vazifalarini bajarishga tayyorlaydi. Bu an’anaga muvofiq xizmat vazifasi tushunchasi bilan bog‘liqdir. Inson o‘z mehnat faoliyati davomida ko‘p hollarda bitta emas, balki bir nechta xizmat vazifalarini egallaydi. Ana shu xizmat vazifalarida ko‘tarilish umum e’tirof bo‘yicha karyera deb ataladi.
Lavozimga ham amaliy, ham axloqiy, ham shaxsiy sifatlari to‘kis insonni tayinlashga hamma vaqt katta e’tibor berib kelingan. Masalan, “Qobusnoma”da “Agar birovga amal bersang munosib odamga bergil”67 deb uqtiriladi.
Karyera fransuzcha (carirere)dan tarjima qilinganda olg‘a qarab muvaffaqiyatli siljish ma’nosini berib, bugungi kunda ijtimoiy, xizmat, ilmiy va faoliyatning boshqa turlarida mansab lavozimida muvaffaqiyatli o‘sish sifatida tushuniladi. Karyera birgina xizmat vazifasi va lavozimda o‘sish ma’nosinigina anglatmaydi. Shuningdek, aktyor karyerasi, sportchi karyerasi, olim karyerasi va hokazolar mavjud bo‘lib, ular albatta xizmat vazifasi yoki lavozimda o‘sish, degani emas.
Zamonaviy menejmentda karyera ikki nuqtai nazardan baholanadi. Birinchidan, karyera — inson hayoti davomida egallaydigan xizmat vazifalari, lavozimlari jamlanmasidir. Buni maqsadli karyera, deb ham atashadi. Ikkinchidan esa, karyera — inson hayoti davomida ro‘y beradigan qadriyatlar va qiziqishlar o‘zgarishidir. Buni subyektiv karyera, deb atashadi.
Ana shu ikki nuqtai nazar inson iloji boricha eng katta yutuqqa erishish va o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qilishi uchun muayyan darajada o‘z taqdirini nazorat qilish, o‘z imkoniyatlarini boshqarish salohiyatiga ega ekanligini e’tirof etadi.
Karyera, yana bu atamaning asl tushunchasiga muvofiq olg‘a qarab muvaffaqiyatli siljish deyilganda faqat xizmat vazifasi (lavozim)da o‘sish emas, balki kasbiy o‘sishni ham anglanadi.


67 Кайковуc. Қобуcнома. Т.: Иcтиқлол, 1994. - 143-бeт.
Menejmentda amaliy karyera tushunchasi qo‘llaniladi. Amaliy karyera — xodim faoliyatning biror sohasida yuqoriga ko‘tarilishi, ko‘nikmalari, qobiliyati, malakasi hamda faoliyati bilan bog‘liq holda rag‘batlantirish miqdorining o‘zgarishi, hayotda tanlangan yo‘li bo‘yicha olg‘a qarab harakati, mashhur bo‘lishi, shuhrat qozonishidir.
Amaliy karyera xodimning o‘z mehnat faoliyati kelajagi to‘g‘risida subyektiv fikr yuritish, o‘zini namoyon qilish istagidan shakllana boshlaydi. Bu xodimning ichki nuqtai nazari, korxona yoki tashkilotda o‘z o‘rnini, maqomini subyektiv tasavvur etishidir. Ba’zi birovlar uchun mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyat (karyera) xizmat vazifalari (lavozimlar) pog‘onalaridan yuqoriga ko‘tarilishdir. Boshqalar uchun esa muvaffaqiyat — egallab turgan xizmat vazifasi (lavozim)da ijod bilan shug‘ullanish, kasb mahoratini oshirishdir. Shu sababli amaliy karyera turlari ko‘p (1- rasm).68






Amaliy kar’yera



















Korxona ichida




Korxonalararo

























Ixtisoslashgan




Ixtisoslashmagan










11.1.1-rasm. Amaliy karyera turlari
Lavozimda o‘sish uchun ayrim xodimlar uzoq muddatli reja tuzishlari mumkin. Lekin ko‘pchilik bunday qilmaydi. Sotsiologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar mehnatga layoqatli aholining 70 foizi lavozimda o‘sish uchun biron-bir rejaga ega emasligini ko‘rsatgan. Ana shu aholining 20 foizi o‘z karyerasini aniq rejalashtirar ekan. Ular malaka oshirish kurslariga qatnaydilar, turdosh kasblarni egallaydilar, chet tillarini o‘rganadilar va hokazo.
Faqat 10 foiz aholigina qachon, qanday qilib, rejalagan lavozimni


68 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 236-бет.
egallashini bilar ekan, xolos.
Faoliyat turi, muayyan ish, xizmat pillapoyasidagi lavozim, o‘rinni karyeraning maqsadi, deb bo‘lmaydi. U chuqur mazmunga ega. Jumladan, karyera maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • xodim o‘zini baholashiga mos hisoblagan, shu sababli unda ma’naviy qoniqish hosil qiladigan faoliyatturi bilan shug‘ullanish yoki shunday lavozimni egallash;

  • xodim imkoniyatlarini kuchaytiradigan va bu imkoniyatlarni rivojlantiradigan ishga yoki lavozimga ega bo‘lish;

  • ijodiy xususiyatga ega ish yoki lavozimga ega bo‘lish;

  • muayyan darajada mustaqillik beradigan ish yoki lavozimga ega bo‘lish;

  • yuqori ish haqi to‘lanadigan yoki katta daromad keltiradigan ish yoki lavozimga ega bo‘lish;

  • o‘qishni faol davom ettirish imkonini beradigan ish yoki lavozimga ega bo‘lish;

  • farzandlarni tarbiyalash ishlari bilan shug‘ullanish imkonini beradigan ish yoki lavozimga ega bo‘lish.

Karyera maqsadlari xodim yoshiga qarab hamda uning malakasi o‘sishi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Karyera maqsadlarini shakllantirish doimiy jarayon hisoblanadi.
Karyera, xodim mehnati murakkabligi yoki ish o‘rinlarining ijtimoiy pillapoyadagi o‘rni o‘zgarishi bilan bog‘liq eng muhim o‘zgarishdir. Shu nuqtai nazardan karyeraning ikki turi farqlanadi:


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin