O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə123/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Yosh mutaxassis bosqichi. O‘qishni tugallagan yoshlar bazaviy bilimlariga, yangi axborotlarni qabul qilish qobiliyatlariga hamda katta salohiyat kuchiga ega bo‘ladilar. Lekin ko‘p hollarda ular o‘z korxona yoki tashkilotlari talablarini yaxshi bilmaydilar. Yosh mutaxassislarni sifatli kompaniya yoki firma uchun foydali salohiyatlarga aylantirish menejerlarning asosiy vazifasidir. Bu bosqichda yosh mutaxassislarning mehnat jamoasi muhitiga ko‘nikish jarayoni kechadi. Ular kelgusida

71 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 236-бет.
lavozimda o‘sishlari uchun mazkur bosqichda o‘zgalarga bog‘liqliklari va bo‘ysunishlari zaruratini tushunib etishlari talab qilinadi.

  1. Karyeraning boshlang‘ich bosqichi. Yosh mutaxassislar xizmat vazifalariga oid dastlabki ko‘nikmalarni hosil qilganlaridan so‘ng guruhlarda o‘zaro hamkorlik qilish tajribalarini egallashlari, shuningdek bo‘linmasi hamda alohida ijrochilar maqsad va vazi-falarni muhokama qilishda ishtirok etishlari kerak. Ushbu bosqichda ular uchun malaka oshirish yo‘nalishlarini mustaqil tanlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilishi darkor. Orttirilgan tajriba ularga muayyan ish uchastkasida mustaqil faoliyat ko‘rsa-tishlari imkoniyatini beradi. Mazkur bosqichga o‘tish xodim o‘z faoliyati muayyan sohasida zarur malakaga ega bo‘lishiga bog‘liqdir. Ana shu ikkinchi bosqich kelgusi kasbiy o‘sish uchun nihoyatda muhimdir. Yosh mutaxassislar o‘zlarida ishonchsizlikni his qilib, mustaqil faoliyat ko‘rsatishga ojizlik qilsalar, ularning kelgusi lavozimida o‘sishlariga umid qolmaydi.

  2. Boshqaruv faoliyati boshlanishi. Mutaxassis tegishli tajribaga ega bo‘lganidan so‘ng unga amaliyotda o‘z boshqaruvchanlik salohiyatlarini sinab ko‘rish imkoniyati berilishi kerak.

Mutaxassislar ushbu bosqichda o‘zlarining bevosita xizmat vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, birinchi bosqichdagi, tajribasi kamroqhamkasblariga yordam ko‘rsatishlari va ular mehnat faoliyatiga tezkor rahbarlikni amalga oshirishlari mumkin.


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin