Yakuniy bosqich 60—65 yoshni qamrab oladi va xodim pensiyaga chiqish taraddudini ko‘radi. U o‘ziga munosib vorisni tayyorlash harakatiga tushadi. Ana shu davrda lavozimda o‘sish (karyera) tanglik xususiyatiga ega bo‘lsa ham xodimlar o‘z ishlaridan tobora kamroq qoniqish hosil qilishlariga qaramasdan o‘zlari va tengdoshlaridan g‘ururlanish hislari juda kuchli bo‘ladi.
Mazkur bosqichda xodimlar ish haqi darajasi barqaror bo‘lishini xohlaydilar, pensiyaga chiqqanlaridan so‘ng oladigan pensiyalari miqdoriga qo‘shimcha daromad topish harakatida bo‘ladilar.
Nafaqadan so‘ng bosqich davridamazkur korxonadagi (faoliyat turidagi) karyera nihoyasiga etadi. Bu davrga kelib, korxonada ishlabturgan vaqtda shug‘ullanish imkoniyati bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarida (qiziqishi bo‘yicha badiiy ijod, bog‘dorchilik, kollektsiyalar to‘plash, jamoatchilik ishlari bilan shug‘ullanish va hokazolar) o‘zligini namoyon qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Korxonaichidagikaryera. Bu muayyan xodim o‘z kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning barcha: ta’lim olish, ishga joylashish, kasbiy o‘sish, butun salohiyatini namoyon etish, pensiyaga chiqish bosqichlarini bosib o‘tishini anglatadi.
Korxona ichidagi karyera:
—ixtisoslashtirilgan;
—ixtisoslashtirilmagan bo‘ladi.
Ixtisoslashtirilgan karyeramuayyan xodim o‘z kasbiy faoliyatida karyera turli bosqichlaridan o‘tishi bilan farqlanadi. Muayyan xodim bu bosqichlarni bitta yoki bir nechta korxonada o‘zi ixtisoslashgan faoliyat turida bosqichma-bosqich o‘tadi. Masalan, bir korxonaning bosh muhandisi ikkinchi bir korxona bosh muhandisi lavozimiga o‘tishi mumkin. Bu o‘tish yoki ish haqi miqdoridagi, yoki mehnat jarayonidagi o‘sish istiqboli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan karyeraga yana bir misol sifatida korxona boshqarmasi boshlig‘i korxona rahbari o‘rinbosari lavozimiga
tayinlanishini keltirish mumkin.
Ixtisoslashtirilmagan karyera.Bu Yaponiya menejmentiga xosdir. Ushbu davlat kompaniya va firmalarida rahbar ishlab chiqarishning har qanday uchastkasida ishlay olishga qodir mutaxassis bo‘lishi kerak, degan qoida qaror topgan. Yapon menejmentiga ko‘ra xodim xizmat lavozimi pillapoyasida uch yildan ko‘p muddat ushlanib qolmasdan bosqichma-bosqich ko‘tarilib borar ekan, kompaniyaga har tarafdan nazar tashlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.