11.1.5-rasm. Karyera bosqichlari va menejerlarning yosh nisbati
Mazkur tasnifga ko‘ra, karyera boshlanishi bosqichi kasbiy tanlash, korxonaga ishga joylashish, o‘z xizmat vazifalarini o‘rganish, shaxsiy qiziqish kuchli namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq voqelikdan “falaj holatiga tushish”, egallash istagi bo‘lgan lavozimlarni mo‘ljallash, homiylar izlash xususiyatlari bilan farqlanadi.
O‘rta bosqichda ishlab chiqarishga qo‘shilayotgan ulushni muvo- fiqlashtirish, ehtimol tutilgan o‘zgarishlar, yangi hayotiy maqsadlarni izlash, „hayot o‘rtasidagi tanglik” holatlari bilan ajralib turadi.
Yakunlovchi bosqich yetakchilar hamda mehnat faoliyati bilan mashg‘ul aksariyat ko‘pchilik uchun tubdan farqlanadi. Yetakchilar uchun bu — yuksalish va ijodiy barkamollik davri bo‘lsa, qolganlar uchun foydalanilmay qolingan salohiyat tangligi va iste’foga chiqishni anglatadi.
Personal karyerasini rejalashtirish va rivojlantirish
Personal karyerasini rejalashtirish va rivojlantirishni boshqarish — kompaniya yoki firma ichki ehtiyojlariga muvofiq holda xodim salohiyatlari va umidlarini hisobga olgan holda uning lavozimda yoki kasb vazifasida o‘sishini shakllantirishga aniq maqsadni ko‘zlagan holda ta’sir o‘tkazish jarayonidir (6- rasm).73
73 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 236-бет.
Korxonaning kasbiy tajribaga bo’lgan ehtiyoji va bu ehtiyojni amalga oshirish imkoniyati
Personal kasbiy tajribasini tahlil qilish
Korxonaning karyera strategiyasini ishlab chiqish va bu to’g’risida qaror qabul qilish
Korxona tizimining personal kasbiy tajribasiga ehtiyojini tahlil qilish
11.2.1-rasm. Korxona personali karyerasini rejalashtirish
Dostları ilə paylaş: |