Personal karyerasini boshqarish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
—korxonaning izchil menejmentiga ichki ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash;
—personal o‘zi erishishga qodir bo‘lgan muayyan mas’uliyat darajasiga etishi uchun uni o‘qitish hamda tajriba egallashini izchil ta’minlash;
—muayyan salohiyatga ega personalning bu salohiyatlarini muvaffaqiyatli ishga solishlari — intilishlari, iste’dodlari va qat’iyatlarini hisobga olib, karyeralarini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berish.
Karyerani boshqarishni oqilona tashkil etish natijasida quyidagilar ta’minlanadi:
—yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb etish uchun keng imkoniyatlar;
—yuqori malakali mutaxassislarning xizmat vazifalari va lavozimda o‘sishlari ta’minlanganligidan qoniqish hosil qilishlari natijasida ular o‘rtasida qo‘nimsizlikni kamaytirish;
—personal bilan korxona faoliyati muvofikdashtirilishi natijasida mehnat unumdorligining o‘sishi.
Karyera dinamikasi (7- rasm) xodimning korxona yoki tashkilot xizmat vazifalari, lavozimlari pillapoyalaridan bosqichma-bosqich ko‘tarilishini, bu dinamika sur’atini ifodalaydi. Bunda xizmat vazifasi va
lavozimga ko‘nikish hamda uni egallash uchun odatda uch yil talab qilinishi mezon sifatida belgilab qo‘yiladi. Personal xizmat vazifasi yoki lavozimda besh yil bo‘lganidan so‘ng esa uning mehnat faoliyati samaradorligida pasayish kuzatiladi. Shuning uchun dinamik karyera deyilganda xodim, aksariyat hollarda xar bir xizmat vazifasi yoki lavozimda 3—5 yil davomida bo‘lishi tushuniladi.
Yuqori karyera
O’rta karyera
Quyi karyera
25 30 40 50 60
11.2.2-rasm. Karyera dinamikasi
Yosh
Personal karyerasini o‘sishini boshqarish jarayoni (8-rasm) mantiqan bir-biri bilan bog‘likdir. Umuman olganda xodimning karyerasi ishlab chiqarish faoliyati natijasi hisoblanadi. Xodim ishlab chiqarish jarayonida xizmat vazifasida yoki lavozimda ko‘tarilar ekan, yangi texnika va texnologiyalarni, ishlab chiqarish usullarini, xizmat va lavozim vazifalarini, menejmentni, o‘z ijtimoiy rolini va hokazolarni egallaydi.74
74 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 236-бет.
Izchilikni rejalashtirish
|
|
|
|
Ishga yollash
|
11.2.3-rasm. Personal karyerasini boshqarish
Personal karyerasini rivojlantirishni sarmoyalashning ham bir necha usullari mavjuddir:
Dostları ilə paylaş: |