—kasbda o‘sish va turmush farovonligini oshirish imkonini berayotgan korxonadagi mehnat faoliyatidan katta qoniqish hosil qilish;
—shaxsiy kasb istiqbolini aniqroq tasavvur etish va hayotidagi boshqa masalalarini rejalashtirish imkonini;
—kelajaqdagi kasb faoliyatida aniq maqsadni ko‘zlagan holda tayyorgarlik ko‘rish;
—mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish afzalligidir.
Korxona uchun:
—o‘z mehnat faoliyatini korxona bilan bog‘lagan xodimlarga ega bo‘lish hamda shu orqali mehnat unumdorligiga erishish, kadrlar qo‘nimsizligini qisqartirish;
—xodimlarni kasbiy rivojlantirishni ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda rejalashtirish, kasbda o‘sishdan manfaatdor xodimlarni aniqlash, zarur tayyorgarlikka ega, korxonaga sadoqatli xodimlarni rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish imkoniyatini yaratadi.
Bank tijorat boshqarmasiboshlig’I: Malakatalablari:
Bank tizimi, moliya-kredit tizimi, qimatli qog’ozlar bozorini amal qilishini, valyuta savdolari o’tkazilishito’g’risida
11.2.4-rasm. Bank tijorat boshqarmasi boshlig’i lavozimimalakatalablari Yuqorida qayd etilgan va boshqa afzalliklarni hisobga olgan kompaniya va firmalar personal karyerasini rivojlantirishni boshqarishni sherikchilik usuli asosiga qo‘ya boshladilar. Bunday sherikchilik uch tomon — xodim, uning bevosita rahbari hamda personalni boshqarish xizmati o‘rtasidagi hamkorlikni ko‘zda tutadi. Bunda xodim o‘zining lavozimda o‘sishini rejalashtirish va bu rejani amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanib, boshqaruv atamasi bilan ta’riflanganda jarayon egasi hisoblanadi. Rahbar xodim murabbiysi vazifasini o‘taydi. Xodimning lavozimda o‘sishini u tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi juda muhimdir. Chunki, rahbar tegishli mablag‘ ajratish, ish vaqtini taqsimlash vakolatlariga egadir.