O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Kar’erani rivojlantirish rejasini ishlab



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə130/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Kar’erani rivojlantirish rejasini ishlabchiqish

O’qitish
Attestatsiya, rahbar bilan muhokama qilish




Yangi xizmat vazifasi yoki lavozim










Malaka va qiziqtirish
Bo’sh lavozim
11.2.5-rasm. Personal kar’erasini rivojlantirish

Xodimni lavozimda o‘sishini rejalashtirish uning malaka yoki xizmat darajalarini muayyan ravishda bosib o‘tishini (11.2.5-rasm) anglatadi.


Personalni lavozimda o‘stirishni rivojlantirish tamoyillari


quyidagilardan iboratdir:

  • yakkama-yakka ish olib borish. Chunki xodim karyerasini rivojlantirishni rejalashtirishda barcha mutaxassis va rahbarlar ham qo‘yilayotgan talablarga javob bera olmasligi (qobiliyati, yoshi, ma’lumoti darajasi va boshqa sifatlarga ko‘ra)ni hisobga olish kerak;

—korxona va xodimning karyerani rivojlantirishdan manfaatdorligi. Bu korxonani istiqbolni ko‘zlab rivojlantirish, xodimni lavozimda o‘sishga qiziqtirish va boshqa qator omillarni hisobga olishni taqozo etadi;
—korxona rejalarida xodim karyerasini rivojlantirishni moliyalashtirish (moddiy jihatdan rag‘batlantirish, o‘qitish uchun mablag‘ ajratish va hokazolar)ni ko‘zda tutish.
Lavozimda o‘sish xodimning ana shu maqsadga intilishiga to‘la-
to‘kis bog‘likdir. Korxona esa bu jarayonga yordam ko‘rsatishi lozim.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, xodimlarning karyerasi uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, ko‘pincha takrorlanadigan bosqichlarni ham o‘z ichiga oladi (11.2.6- rasm).

Malaka oshirish


Qayta tayyorlash


Stajirovka




11.2.6-rasm. Karyerani rivojlantirish bosqichlari

Jumladan, ular quyidagilardan iboratdir:


—malaka oshirish (qayta tayyorlash, stajirovka). Bu uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshiriladi;
—rahbarlik lavozimi uchun kadrlar zaxirasiga kiritish. Bu holda ham xodim uzluksiz ta’lim tizimida albatta tayyorgarlikdan o‘tadi (malakaoshirish, qaytatayyorlash, stajirovka). Bu tayyorgarlik shaxsiy reja asosida amalga oshiriladi;
—xodimning o‘z bo‘linmasi yoki korxonasida xizmat vazifasi yoki lavozimda siljitilishi. Bu xodim dunyoqarashini kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Xizmat vazifasi va lavozimda siljitishda xodim xizmati yoki lavozim vazifalari o‘zgaradi, lekin ish haqi miqdori o‘zgarmaydi (kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi).

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin