Qisqa muddatli sarmoyalash. Ana shu siyosatni olib boradigan rahbarlar yuqori malakali ijrochilarni ishga yollab, o‘qitadilar hamda ular mehnatiga yuqori ish haqi to‘laydilar. Bu ijrochilar o‘z lavozimlarida kutilgandek samarali faoliyat ko‘rsatsalar, lavozimda yanada ko‘tariladilar. Bunda kompaniya yoki firma o‘zi xohlagan xodimlarga ega bo‘ladilar. Bu xodimlar topshirilgan ishni sidqidildan bajaradilar, o‘z faoliyatlarini mukammallik darajasigayyetkazishga harakat qiladilar, zarurat tug‘ilganda zimmalariga qo‘shimcha mas’uliyatni ham oladilar. Korxonaning o‘zida ana shunday yuqori malakali ijrochilar topilmasa, ular chetdan yollanadi.
Uzoq muddatli sarmoyalash.Bunday yondashuvni tanlaydigan ish beruvchilar personal karyerasini rivojlantirish istiqbolni ko‘zlab rejalashtirishning samarali ekanligiga ishonadilar. Ular katta salohiyatga ega iste’dodli xodimlarni tanlab, strategik rejalashtirish dasturlari asosida ularni lavozimda o‘stiradilar.
Uzoqmuddatliegiluvchanlik. Bu siyosatga amal qiluvchi rahbarlar uchun bevosita bugungi kunda ijroning ko‘zlangan darajada bo‘lishi eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Strategik rejalashtirishga amal qilinadigan korxonalarda xodimlar qaysi sifatlarga, qanday bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligi, qaysi xizmat vazifasi bosqichlarini bosib o‘tishi aks ettirilgan kar’erogramma (11.2- jadval) ham tuziladi.
11.2-jadval