Bo‘ysunuvchilar. Ular bahosidan bu bo‘ysunuvchilar bevosita rahbarini yuqoriroq lavozimga o‘tkazish hollarida foydalansa bo‘ladi. Bo‘ysunuvchilar uchun bevosita rahbarlari amalda qanday vakolatga ega ekanliklari, yetakchilik uslubi, aloqalari, ishni rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati juda yaxshi ma’lum bo‘ladi. Bo‘ysunuvchilar baholaridan rahbarlar o‘zlariga juda ko‘p bo‘ysunuvchilar mavjud bo‘lgan yirik kompaniya va firmalarda, rahbarlarning bo‘ysunuvchilari oz bo‘lgan kichik korxonalarda hamda pedagoglari o‘z talabalar faoliyatini baholaydigan oliy o‘quv yurtlarida ko‘proq foydalaniladi.
O‘z-o‘zinibaholash. Xodimlarning ijroni baholash jarayonida ishtirok etish imkoniyatlari, ayniqsa bu maqsadni belgilash bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilsa, ishga qiziqishni kuchaytirish bilan birga baholashga qarshilik ko‘rsatishni kamaytiradi. Ikkinchi tomondan esa xodimlar odatda o‘zlariga rahbarlariga nisbatan yuqoriroq baho berishlari bu usuldan Inson resurslarini bo‘yicha qarorlar qabul qilishda foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.
Mijozlar. Inson resurslarinini baholashda mijozlar hamda korxona maqsadlari hamisha ham bir-biriga mos tushmasdan, ularning
fikri xodimlarni xizmat vazifasida siljitish, ularni rivojlantirish, malakasini oshirish kabi qarorlar qabul qilishda muhim axborot manbai hisoblanadi.
– jadval Korxona rahbar va mutaxassislari ish natijalarini
baholashmezonlari
Lavozimlar
Mehnatnatijalarinibaholashmezonlari
Korxona rahbari
Foyda miqdori
Foyda olishning ortishi Sarmoya (kapital) aylamnasi Bozordagi ulush
Rentabellik darajasi
Bo‘linma rahbarlari
Bo‘linma rahbarlari
Mahsulot hajmi va turi bo‘yicha rejalarning bajarilishi Ishlab chiqarish hajmi o‘sish sur’atlari
Mehnat unumdorligi darajasi
Ishlab chiqarish harajatlarining kamaytirilishi
Sifat past mahsulotlar uchun olingan peklamatsiyalar soni Bo‘sh turib qolish miqdori
Bo‘sh turib qolishdagi yo‘qotishlar Kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsenti Foyda
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga mehnat sarfini kamaytirish Mahsulot birligiga ish haqqi sarfi darajasi
Bo‘sh ish joylari soni Kredit va debitor qarzlar
Pullik xizmat ko‘rsatish hajmi Mahsulot tannarxi
Mahsulot birligiga energiya sarfi va hokazo
Xizmatchilar rahbarlari
Xususan, mehnat taqsimotiga muvofiq, rahbarlar mehnat faoliyatinatijalari qoida bo‘yicha korxona yoki uning bo‘linmasi ishlab chiqarish, xo‘jalik va boshqa faoliyati yakunlari (masalan, foyda olish rejasiningbajarilishi, mijozlarning ko‘payishi va hokazolar) orqali o‘z ifodasini topadi.