O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə180/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

14.1.10- rasm. Xodimlarni mehnatga undaydigan usullar
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda amalga oshiriladi:

  • muammoni qo‘yish;

  • muammoni hal qilish;

  • qarorni tanlash;

  • qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash.




14.1.11-rasm. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish uslublari
Muammoni qo‘yish bosqichida qo‘llniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu usullar tarkibiga:

  • ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari;

  • muhim voqealarni qayd qilish usullari;

  • qiyoslash usullari;

  • dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o‘rin beriladi.






14.1.12-rasm. Muammoni qo‘yish bosqichida qo‘llaniladigan uslublar
Muammoni hal qilish, ya’ni yechim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo‘llashga "Nima sodir bo‘ldi" va "qaysi sabablar ta’siri ostida bo‘ldi" degan muammoni hal qilishiga emas, balki "Muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo‘llash lozim" degan savolga javob topish nuqtai nazardan yondoshiladi.
Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me’yor (kriteriya) larini shakllantirishga e’tibor beriladi. Bu yerda so‘z ko‘pincha maksimumlashtiradigan yoki minimumlashtiradigan maqsadli funksiya to‘g‘risida boradi. Odatda bunday tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar misol bo‘la oladi:

  • foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish;

  • harajatni, qo‘nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni minimumlashtirish.

Optimallashtirish kriteriyalari

foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni
xarajatni, qo'nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin