O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’ lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 392,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix20.04.2023
ölçüsü392,12 Kb.
#100976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
202.AqnazarovaMunisa

 
Kurs ishi obyekti. Ishda O‘ zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning va Prezident Sh.M.Mirziyoyevning nutqlari va asarlari, 
O‘ zbekiston Respublikasining “ Davlat tili haqida” , “ Ta’ lim to‘ g‘ risida” gi 
Qonunlari, o‘ zbek maktablarida ona tili ta’ limi Konsepsiyasi, taniqli psixolog, 
filolog, pedagog va metodist olimlarning ona tili ta’ limining mazmunini yangilash, 
uni o‘ qitishning samaradorligini oshirish to‘ g‘ risidagi ilmiy-metodik asarlari 
metodologik asos bo‘ lib xizmat qildi.
 
Kurs ishi predmeti. Ta’ lim bosqichlari ona tili darslarining undov va 
taqlid, modal so‘ zlarini o‘ qitish jarayoni, shu jarayonga xos ta’ lim shakli, 
vositalari, mazmuni va metodlarining talqini.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishining ilmiy ahamiyati 
ta’ lim bosqichlari ona tili ta’ limida so‘z-gaplarni o‘ rganish holatini aniqlash 
hamda uni o‘ qitishning qulayroq shakl va usullarini tavsiya etishda namoyon 
bo‘ ladi. Shuningdek, Kurs ishining xulosalari va tahlil materiallari undov va 
taqlid, modal so‘ zlarni o‘ qitish masalalariga oydinlik kiritadi, uni o‘ rganishda 
va ta’ lim bosqichlarida qo‘ llashda manba bo‘ la oladi. Ta’ lim bosqichlari ona 
tili ta’ limida undov, taqlid va modal so‘ zlarni o‘ qitishda ishlab chiqilgan 
mashqlar tizimi amaliy material bo‘ lib xizmat qiladi.
 
Kurs ishining tuzilishi. Ish kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘ yxatidan iborat.


Gaplarni bo‘ laklarga ajratish haqida umumiy ma’ lumot. 
Gap bo‘ laklari gapning uzviy qismi sifatida maydonga kelgan sintaktik 
kategoriyadir. So‘ zlar gapda grammatik-semantik jihatdan mustaqil funksiya 
ifodalab (sintezlanib) muayyan so‘ roqqa javob bo‘ lib kelgandagina, gap bo‘ lagi 
sanaladi. So‘ zlarning biror bo‘ lak vazifasida kelishi yoki kela olmasligini gap 
qurilishining sintaktik qonunlari belgilaydi.
Masalan, Shoir o‘ zining ilhomini sevimli xalqidan oladi.
Keyingi yillarda O‘ zbekistonning xalqaro obro‘ si nihoyat darajada oshib ketdi.
Birinchi gapda oltita so‘ z ishtirok etgan bo‘ lib, ularning har biri mustaqil bo‘ lak 
vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gapda esa o‘ nta so‘ z oltita bo‘ lak vazifasida 
qo‘ llangan.
Gap bo‘ lagi gapning boshqa bo‘ laklari bilan o‘ zaro grammatik bog‘ langan, 
uzviy munosabatga kirishgan organik qismidir. Gap bo‘ lagining gap orasidagi 
munosabati qism bilan butun orasidagi munosabatdek bo‘ lib, dealektik xarakterga 
ega: butunsiz qism, qismsiz butun mavjud bo‘ lmaydi.
Gap bo‘ laklari mustaqil so‘ zlar va so‘ z birikmalari bilan ifodalanadi. Har qaysi 
turkum so‘ zlar gapda ma’ lum bir tipik sintaktik funksiyada qo‘ llaniladi. 
Fe’ lning kesim, sifatning aniqlovchi, ravishning hol, otning ega, to‘ ldiruvchi 
vazifasida kelishi shu holat bilan izohlanadi. Biroq bundan so‘ z turkumlari va gap 
bo‘ laklari tushunchasi bir xil hodisa ekan degan xulosa kelib chiqmaydi. So‘ z va 
so‘ z birikmalarining mohiyati gap sostavida bajargan vazifasiga qarab belgilanadi. 
Muayyan bir so‘ z formasining o‘ zi boshqa so‘ zlar bilan bo‘ lgan munosabatiga 
ko‘ ra gapning har xil bo‘ lagi vazifasida kela oladi.


So‘ z turkumlari leksik-grammatik belgilar asosida aniqlanadi. Gap bo‘ laklari esa 
funksional jihatdan ajratiladi. Gap bo‘ laklari sintaktik kategoriya sifatida, so‘ z 
turkumlari leksik birlik sifatida o‘ rganiladi. So‘ zlar kontekstdan tashqarida ko‘ p 
ma’ noli bo‘ lishi mumkin, lekin gapda, uning bo‘ lagi sifatida, faqat bitta 
sintaktik funksiya bajaradi.
Gap bo‘ laklarini o‘ rganish gapning leksik-semantik strukturasini o‘ rganish 
bilan uzviy bog‘ liqdir. Chunki gapni bo‘ laklarga ajratish ularning ifoda materiali 
va ma’ nolarini o‘ rganishni ham taqozo qiladi. Gapning har bir bo‘ lagi ifoda 
qilinayotgan hukmning butunligini ta’ minlashda alohida o‘ rin tutadi.
Gap bo‘ laklari, asosan, quyidagicha ifodalanadi:
1. So‘ zning sintetik formasidagi so‘ zlar bilan:
Olmaotalik mehmonlar Mirzacho‘ lga borishdi gapida ikkita soda, ikkita qo‘ shma 
so‘ z ishtirok etgan bo‘ lib, to‘ rtta bo‘ lak mavjud (aniqlovchi+ega+hol+kesim)
2. So‘ zning analitik formasi bilan. Bular quyidagi ko‘ rinishlarga ega:
a) mustaqil so‘ z+to‘ liqsiz fe’ l: Biz qishloqqa borgan edik.
b) mustaqil so‘ z+predikativ modal so‘ zlar:
Biz zavod-fabrikalarga xom ashyo yetkazib berishimiz zarur.
Bilish uchun o‘ qish kerak, izlanish kerak.
v) mustaqil so‘ z+ko‘ makchi: Men dunyoga kelgan kundayoq vatanim deb seni 
tanidim.  
g) mustaqil so‘ z+ko‘ makchi fe’ llar:
Bizni mahalladagilar ham bilib qolishdi.  
d) mustaqil so‘ z+iborat, demak tipidagi so‘ zlar: Komsomolning tarixi 
safarbarlikdan iborat.
e) mustaqil so‘ z+yuklama: Yorim borgan joylarga, men ham bormay qolmayman.  
j) mustaqil so‘ z+yordamchi so‘ z bor, yo‘ q so'zlari:
Qirg‘ oginda kaklik bo‘ lib sayragim, sayragim bor-sayragim bor.  
Faqat senga ochganim yo‘ q, ochganim yo‘ q yurak zorin.  


3. Juft va takroriy so‘ zlar bilan:
Men bu vaqtlarda hayotning past-balandini bilmagan, oq-qorani tanimagan bir 
yigitcha edim.  
4. Murakkab terminlar, murakkab so‘ zlar, frazeologik birikmalar bilan:
Bu kishi O‘ zbekiston Fanlar akademiyasida ishlaydi.  
Salimboyvachcha o‘ zining qordan qutilib, yomg‘ irga tutilganini angladi.  
5. Ayrim konstruksiyalar bilan. Bular, asosan quyidagilar:
a. bir umumiy qo‘ shimcha bilan boshqariladigan birikmalar: Qo‘ sh og‘ izli 
miltiq hamisha shofyorda turar edi.  
b. son-numerativ so‘ zlardan tuzilgan birikmalar: Alisher Navoiy bir ming to‘ rt 
yuz qirq birinchi yilda Hirotda tug‘ ilgan;  
c. birga qo‘ llanishi zarur bo‘ lgan aniqlovchi+aniqlanmish modelidagi birikmalar: 
Botir baland ruh va tetik qadam bilan jo‘ nadi.  
d. ko‘ p vaqt sifat, sifatdosh+bor, yo‘ q kabi so‘ zlar gapda ot yoki otlashgan 
so‘ zdan keyin kelib, shu so‘ z (ot) bilan birga bitta bo‘ lak vazifasida keladi, bir 
butun holda ajratiladi:
Nashriyotimizda qalami o‘ tkir, yuqori saviyali yoshlar ishlaydi.  
Insofi yo‘ q yigit ekansiz.  
Aqli bor yigit har bir yaxshi ishning tashabbuskori bo‘ ladi.  
6. Izofali birikmalar, qaratqichli birikmalar bilan: sukut - alomati rizo ekan. Bu 
yigit – Rustamjonning o‘ rtog‘ i.  
Gapni bo‘ laklarga ajratishda so‘ zlarning gapdagi funksiyasi, boshqa so‘ zlar 
bilan munosabati, grammatik formasi kabi hodisalar hisobga olinadi. Bunda 
intonatsiyaning ham roli katta. Masalan, Rais kolxoz tarixidan gapirib ketdi. 


Gapirib ketdi – kesim, biroq gapirib so‘ zidan oldin pauza qilinishi uni (gapirib) 
hol, keyingi so‘ zni (ketdi) kesim holatiga tushiradi.
Yangi choy damladi gapida ham ikki holat bor:  
a) logik urg‘ u yangi so‘ ziga tushsa, hol;
b) choy so‘ ziga tushsa, yangi so‘ zi aniqlovchi bo‘ ladi. Bunga yangi va choy 
so‘ zlari bir butun intonatsiya bilan aytiladi.
Gap bo‘ laklarini tuzilishiga ko‘ ra quyidagi tiplarga ajratish mumkin: sodda 
bo‘ lak, sostavli bo‘ lak, murakkab bo‘ lak. Sintetik formadagi so‘ z bilan 
ifodalanib bir sodda tushuncha anglatadigan bo‘ lak sodda bo‘ lak deyiladi. 
Masalan, Otquloqning ildizidan bo‘ yoq olinadi. Yo‘ lchi saharlab Xo‘ jakentga 
jo‘ nadi gaplaridagi bo‘ laklar sodda bo‘ laklardir. Analitik formadagi so‘ z bilan 
ifodalangan bo‘ lak sostavli bo‘ lak deyiladi. Sostavli bo‘ lak birdan 
komponentlardan tuziladi. Unda bir komponent mustaqil bo‘ lib, bo‘ lakning 
asosiy ma’ nosi shu komponent orqali ifodalanadi. Yordamchi komponent leksik 
ma’ no ifodalay olmaydi. Yetakchi komponentning ma’ nosiga har xil grammatik 
ma’ nolar orttirish, yetakchi komponentni grammatik jihatdan shakllantirish, uning 
boshqa bo‘ laklar bilan sintaktik aloqasini ko‘ rsatish kabi vazifalarni bajaradi.
Sostavli bo‘ lak material jihatdan quyidagi ko‘ rinishlarda bo‘ ladi:
1. mustaqil so‘ z+to‘ liqsiz fe’ l: Masalan: Kelgan yigit agronom ekan.  
2. mustaqil so‘ z+predikativ-modal so‘ z: Ravshan qurilishga borishi kerak.  
3. mustaqil so‘ z+ko‘ makchi fe’ l: Anvar talaba bo‘ ldi kabi.  
Ikki va undan ortiq mustaqil so‘ zlarning tobelanishidan tuzilib, murakkab 
tushunchani anglatuvchi birikmalar bilan ifodalangan bo‘ lak murakkab bo‘ lak 
deyiladi. Murakkab bo‘ lakning materialini murakkab so‘ zlar, frazeologik 
birikmalar, gapda yaxlit holda qo‘ llanadigan ajralmas so‘ z birikmalari tashkil 
qiladi. Murakkab bo‘ lakning material jihatdan ko‘ rinishi:
1.
Yüklə 392,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin