So‘ z-gap tasnifi. So‘ z-gap o‘ z ichida bir necha ma’ noviy guruhga ajraladi:
1. Modal. 2. Undov. 3. Tasdiq /inkor. 4. Taklif /ishora.
So‘ zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati – qat’ iy ishonch, gumon,
taxmin kabi ma’ noni ifodalab keladigan so‘ z modal dir. Unga xullas, demak,
chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so‘ z misol bo‘ ladi.
Kishilarning
his-tuyg‘ usini,
haydash,
to‘ xtatish kabi
xitob,
buyruqni
ifodalaydigan so‘ z-gap ko‘ rinishi – undov so‘ z-gap. His-tuyg‘ u undoviga eh,
voy, oh, barakalla, rahmat, ofarin kabi so‘ z, buyruq-xitob undovlariga pisht, beh-
beh, pisht-pisht, chuh kabi xitob so‘ z kiradi.
So‘ z-gapning uchinchi ma’ noviy guruhi bo‘ lgan tasdiq/inkor so‘ z ko‘ pincha
modal tarkibida o‘ rganilgan. Ha, mayli, xo‘ sh, xo‘ p so‘ zi tasdiqni, yo‘ q,
mutlaqo,
aslo,
sira so‘ zi
–
inkorni
ifodalovchi
so‘ z-gap.
Taklif/ishora so‘ z-gapga qo‘ llanishi tana a’ zolarining maxsus harakati bilan
uzviy bog‘ liq bo‘ lgan ma, mang, qani, marhamat so‘ zi kiritilgan. Ular
tinglovchiga qaratilgan bo‘ lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.
So‘ z-gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‘ pchiligi boshqa so‘ z
turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ ziga xos nutqiy qo‘ llanish natijasida
shakllangan
va
rivojlangan. Chunonchi, so‘ zsiz,
tabiiy so‘ zi
sifatdan, albatta ravishdan o‘ sib chiqqan bo‘ lsa, har qalay, har holda modal
so‘ z-gapi so‘ z birikmasidan, nasib bo‘ lsa, xudo xohlasa kabilar gapdan kelib
chiqqan.
So‘ z-gaplar turlari
Sof so‘z-gapga albatta, alhamdulilloh; eh, hoy, oh, o‘h; ha, yo‘q, mutlaqo; ma,
mang kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi mansub. O‘ zbek
substansial tilshunosligida so‘ z-gap W
-lashgan (modallashgan, undovlashgan
tasdiq/inkorlashgan,
taklif/ishoralashgan)
so‘ zlar,
W
-lashayotgan
(modallashayotgan,
undovlashayotgan,
tasdiq/inkorlashayotgan,
taklif/ishoralashayotgan
so‘ zlar,
W
-simon
(modalsimon,
undovsimon,
tasdiq/inkorsimon) so‘ z-gapga ajratilib, mufassal o‘ rganilgan.
W
-lashgan (so‘ z-gaplashgan) so‘ z o‘ z semantik-funksional xususiyati bilan har
xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin turadi, lekin o‘ z aloqasini boshqa
so‘ z turkumlaridan to‘ la-to‘ kis uzmagan bo‘ ladi. Chunonchi, modallashgan
so‘ zga chamasi, chog‘ i, ehtimol; undovlashgan so‘ zga ura, olg‘ a, dod,
voydod; tasdiq /inkorlashgan so‘ zga bo‘ pti, ma’ qul, aksincha, mutlaqo;
taklif/ishoralashgan so‘ zga qani kabi leksema misol bo‘ ladi.
W
-lashayotgan (so‘ z-gaplashayotgan) so‘ z so‘ z-gapga to‘ la-to‘ kis o‘ tgan
bo‘ lmaydi
va
«o‘ tish
yo‘ lida»
turgan
so‘ zdir.
Bu
o‘ rinda
modallashayotganga balki,
hatto,
aftidan; undovlashayotganga yashang,
voy
o‘ lay; tasdiq
/inkorlashayotganga durust,
to‘ g‘ ri,
rost,
aslo,
hargiz; taklif/ishoralashayotganga mana mundoq kabi so‘ zni misol keltirish
mumkin. Chunonchi, 1. Balki siz aytarsiz nima bo‘ lganini? (P.Tur.) 2. Nafsi
uchun emas, balki qadri uchun yig‘ laydi-da. (O‘ .Usm.) 3. – Qayerga borish,
kimga
uchrashishni
u
yaxshi
biladi.
– To‘ppa-to‘g‘ri. (Ch.Ayt.)
4. Hilola gapning to‘g‘risini aytdi (O‘ .Usm.) gaplarida W
-lashayotgan so‘ z (1-
3-gapda) qo‘ llanilgan.
W
-simon (so‘ z-gapsimon) deganda mohiyatan so‘ z-gap bo‘ lmagan lug‘ aviy
birlikning
so‘ z-gap
vazifasida
kelishi
tushuniladi.
Jumladan,
modalsimonga shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasin; undovsimonga
erkalash ma’ noli asalim, oppog‘ im va undalma ma’ noli ey, do‘ stlar kabi;
tasdiq/inkorsimonga xuddi
shunday,
hech
qachon,
noto‘ g‘ ri kabi;
taklif/ishorasimonga boshlang ko‘ rinishli so‘ z misol bo‘ ladi.
Qisqasi, so‘ z-gapning leksik-semantik turi bo‘ lmish sof so‘ z-gap o‘ zi tarixan
kelib chiqadigan so‘ z turkumidan batamom uzilgan bo‘ lib, uning ko‘ pchiligi
ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo‘ llanilmaydi. So‘ z-gaplashgan unsur esa o‘ zi
tarixan kelib chiqqan so‘ z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘ z
aloqasini boshqa turkumdan to‘ la uzmagan bo‘ ladi. So‘ z-gaplashayotgan
unsurga o‘ zi boshqa so‘ z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’ l) ga tegishli,
lekin so‘ z-gapga xos ma’ no va vazifada qo‘ llanila oladigan birliklar kiradi va
bularning so‘ z-gapsimondan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘ z tarixiy
taraqqiyot natijasida batamom so‘ z-gapga o‘ tib ketishi mumkin. So‘ z-gapsimon
esa o‘ z turkumi doirasida qoladi.
Dostları ilə paylaş: |