Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari: Milliy tiklanish partiyasi, Andijon
viloyati partiya raisi.
2. Ilmiy siyosiy va madaniy muassasa nomlari: Andijon davlat universiteti, Navoiy
teatri, O‘ zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi kabi.
3. Kitob, gazeta, jurnal nomlari: «O‘ zbek tili va adabiyoti» jurnali, «Hozirgi
o‘ zbek adabiy tili»
4. Turli geografik nomlar: Shimoliy muz okeani, O‘ rta Osiyo, O‘ rta Sharq, Orol
dengizi kabi.
5. Har ikkala komponenti ham holi o‘ z leksik ma’ nolarini butunlay
yo‘ qotmagan, biroq bir butun holdagina gapning murakkab bo‘ lagi funksiyasida
keladigan borib kelmoq, topib olmoq, sotib olmoq, kelib ketmoq tipidagi
murakkab fe’ llar.
6. Havo rang, kul rang, shisha rang, och rang kabi murakkab sifatlar.
7. O‘ n besh, bir yuz ellik, bir kam sakson, bir ming to‘ qqiz yuz yetmish
to‘ rtinchi tipidagi murakkab sonlar; har kim, har nima, har bir, hech bir, hech
narsa, ba’ zi bir, qaysi bir, ana o‘ sha, mana shu kabi murakkab olmoshlar.
8. Har vaqt, har zamon, har qachon, har dam, har xil, bir zamon, bir zum, bir
nafas, hech vaqt, hech qachon, hamma vaqt, o‘ tgan kuni, shu zahoti, tunov kuni,
kuni kecha, shu yerda kabi har birini alohida qo‘ llash mumkin bo‘ lgan ikkita
so‘ zning birikib, harakatning bitta belgisini ifodalaydigan murakkab ravishlar.
9. Kapalagi uchib ketmoq, tegirmonga tushsa butun chiqadi, boshini olib ketmoq,
yostig‘ ini quritmoq kabi frazeologik birikmalar odatda, erkin so‘ z birikmalari
gapda ajralib turadi, ularning komponentlari alohida bo‘ lak funksiyasida
shakllanadi, gap mazmuniga nisbatan mustaqil bo‘ ladi. Masalan, ko‘ pincha
atributiv birikmaning tobe komponenti aniqlovchi, hokim komponenti boshqa
bo‘ lak, relyativ birikmaning tobe komponenti hol, hokim komponenti boshqa
bo‘ lak funksiyasida keladi.
Biroq so‘ z birikmalarining har bir komponenti gapda doim alohida bo‘ lak
vazifasida kelavermasdan, ba’ zan, so‘ z birikmasi yaxlitligicha bitta bo‘ lak
bo‘ lib keladi. Masalan, Bu kishi Arslonbek akaning o‘ g‘ li. Militsiyamiz –
qonunbuzarlar dushmani gaplaridagi Arslonbek akaning o‘ g‘ li, qonunbuzarlar
dushmani birikmalari gapning bitta ajralmas bo‘ lagi bo‘ lib, kesim vazifasida
kelgan. Yoki O‘ zbekistonning poytaxti – Toshkent. Ko‘ ngil xazinasining guli –
til (Navoiy) gaplarining egasi so‘ z birikmasi bilan ifodalangan.
Demak, murakkab bo‘ lak so‘ z birikmasi bilan ifodalanadi.
Murakkab bo‘ lak vazifasida ko‘ pincha izofa xarakteridagi ajralmas birikmalar:
qaratqichli aniqlovchili birikmalar, son+numerativ so‘ zlardan tuzilgan birikmalar,
kesimi sifat, bor, yo‘ q so‘ zlari bilan ifodalangan «ega+kesim» modelidagi
qo‘ shilmalar, sifatdosh va ravishdosh oborotlari, gapdan tashqarida erkin bo‘ lsa
ham, gapda alohida bo‘ lak sifatida ajratish mumkin bo‘ lmagan so‘ z birikmalari
kela oladi.
Masalan, Yaxshining so‘ zi – qaymoq, yomonning so‘ zi – to‘ qmoq (maqol)
Erning vaziri – xotin (maqol)
Dunyoning ishlari Ziyodulla o‘ ylagandan ancha mushkulroq bo‘ lib chiqdi.
Navoiy – g‘ azal mulkining sultoni (Shayxzoda)
Begona yurtda shoh bo‘ lgandan, o‘ z yurtingda gado bo‘ lgan yaxshi (maqol)
Bo‘ laklar gapda vazifa bajarishi jihatidan bir xil emas. Ba’ zi bo‘ laklar gapning
mazmuniga aniqlik kiritish, to‘ ldirish kabi vazifalarni bajaradi, bularning
qo‘ llanmasligi gap mazmunini, tuzilishini tubdan o‘ zgartirib yubormaydi. Ular
gapda qo‘ llanmasa ham, o‘ zining gaplik holatini o‘ zgartirmaydi. Ba’ zi
bo‘ laklar esa, aksincha, gapda ishtirok etishi mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz
gapning o‘ zi maydonga kelmaydi. Mana shu nuqtai nazardan bo‘ laklar ikki turga
ajratiladi: bosh bo‘ laklar, ikkinchi darajali bo‘ laklar.
Gapning bosh bo‘ laklari gapning asosini – markazini tashkil qiladi, ular
konstruktorlik
xususiyatiga
ega
bo‘ lib,
gapda
boshqa
bo‘ laklarni
markazlashtiradi. Bosh bo‘ laklar ikkinchi darajali bo‘ laklarsiz ham hukm
ifodalaydi – kommunikativ funksiya bajaradi.
Demak, gap uchun zarur bo‘ lgan predikativlik tushunchasi bosh bo‘ laklar orqali
ifodalanadi.
Predikativ aloqa (ega+kesim aloqasi) bayoni aloqa bo‘ lib, inkor va tasdiqni o‘ z
ichiga oladi. Bular harakat, holat, belgi tushunchalarni voqelik va zamon bilan
bog‘ laydi, so‘ zlovchining ana shu voqelikka bo‘ lgan munosabatini ko‘ rsatadi.
Masalan, Bola sho‘ x gapida predmet va belgi tushunchalari qo‘ shilib, sho‘ xlik
belgisining bolada mavjud ekanligi hukm yo‘ li bilan tasdiqlangan, voqelik hozirgi
zamon bilan bog‘ langan.
Predmet va belgi munosabati so‘ z birikmalarida ham ifodalanadi (sho‘ x bola,
sayroqi qush kabi), biroq bundagi predmet va belgi tushunchalari bir butun
murakkab tushuncha bo‘ lib, nominativ funksiya ifodalaydi.
Ikkinchi darajali bo‘ laklar bosh bo‘ laklarga bog‘ lanib, ularni mazmunan
to‘ ldirib, belgi va holat jihatidan aniqlab keladi. Ana shu xususiyatidan kelib
chiqib, ikkinchi darajali bo‘ laklar aniqlovchi, to‘ ldiruvchi, hol turlariga ajratilgan.
Ikkinchi darajali bo‘ laklar gapda mustaqil qo‘ llana olmaydi, ular bosh
bo‘ laklarga bog‘ lana olgandagina, nutqda ishtirok etadi. Demak, ikkinchi
darajali bo‘ laklarning mavjudligi bosh bo‘ laklar tufaylidir.
Bosh va ikkinchi darajali bo‘ laklarning grammatik - semantik munosabati shuni
ko‘ rsatadiki, ikkinchi darajali bo‘ laklar tobe, bosh bo‘ laklar hokim
bo‘ laklardir.
Gapda ikkinchi darajali bo‘ laklar bosh bo‘ laklarning biriga tobelanadi yoki ular
o‘ zaro bir-biriga bog‘ lanib, so‘ ng bosh bo‘ lakka tobelanadi.
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo‘ lishiga
qaramasdan, yaqin yillargacha, sintaktik Kurs ishlarida, asosan, gapning shakliy
tomoniga e’ tibor berilgan. Faqat ayrim o‘ rinlardagina (masalan, gapning ifoda
maqsadiga ko‘ ra turlarini belgilashda, ikkinchi darajali bo‘ laklarning ichki
tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini
o‘ rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’ tirof
etilgan bo‘ lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasiga bir xillik
yo‘ q. Ular orasida ikki qarama-qarshi yo‘ nalish ajralib turadi. Birinchi
yo‘ nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik tomoniga
asoslanadi.
11
Bu yo‘ nalishda gapning har bir tuzilish tarixining umumiy grammatik
tomonini topishga harakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik
ma’ nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko‘ ra, mazmun
grammatik shakllanmay, o‘ z holicha mavjud bo‘ lmaydi. Shuning uchun gapning
barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo‘ lib xizmat qiladi.
Har bir gapda ma’ lum obyektiv mazmun moddiy vositalar – sintaktik shakllar
vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik
tuzilishi hisoblanadi.
Sintaktik tuzilish ham o’ zaro munosabatda bo’ lgan bir necha unsurlardan tashkil
topgan bir butunlikdir.
12
Sintaktik tuzilishning unsurlari an’ anaviy tilshunoslikda g a p b o’ l a k l a r i
termini bilan nomlanadi. Lekin sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik
shaklning tobe aloqaga kirishishi (o’ zaro deminatsiya munosabati) uning gap
bo’ lagi hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Gap bo’ lagi ma’ lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik munosabatdagi
vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ ldiruvchi vaziyati va
boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’ lgan lekin bu mazmuniy
munosabat shakliy jihatdan tobe munosabat (aloqa) orqali emas, balki undash va
kirish munosabatlar orqali ifodalangan birliklar sintaktik tuzilish birligi sifatida
qaralmaydi. Bu esa butunni bo’ laklarga bo’ lish asosida zid keladi. Chunki butun
bo’ laklarga ma’ lum asosda shunday bo’ linishi kerakki, butunning birorta unsuri
bo’ linishdan tashqari qolmasligi kerak.
Gap bo’ laklari gapni tashkil etgan sintaktik shakllarni to’ la qamrab olmas ekan,
demak, gapni bo’ laklarga gap bo’ laklari rubrikasi ostida ajratish yetarli asosga
11
Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тили назарий грамматикаси. Тошкент, 1995.
12
Абдураҳмонов Ғ.ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили (Синтаксис). Тошкент, 1979.
ega emas. Shuning uchun ham tilshunoslikda bu masala ham eng munozarali
masalalardan biri bo’ lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy tuzilishi jihatidan uning ziddiyatini
hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’ lish mumkin:
1) sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2) sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Bularning birinchi guruhi an’ anaviy gap bo’ laklari hisoblanadi.
So’ zlovchining biror fakt, voqea-hodisa to’ g‘ risida xabar berishi yoki ma’ lum
predmetda muayyan belgining mavjudligini tasdiq yo inkor qilishini ifodalaydigan
gap darak rap deyiladi. Masalan, Manzura yigitlarning qizg‘ in suxbatiga quloq
soldi. So’ zlovchining o’ ziga noma’ lum bo’ lgan biror voqeani suhbatdoshdan
bilib olish istagini, zaruriyatini ifodalovchi gap s o’ r o q gap deyiladi.
Buyurish, iltimos, taklif, xohish, o’ git-nasihat, xitob, ogohlantirish kabi har xil
ifoda ottenkalarini ifodalovchi gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar suhbatdoshni biror ish-harakatni bajarishga yoki undan voz
kechishga da’ vat qiladi: Jangga kirdingmi qo’ rquvni unut. O‘ limni emas,
Dostları ilə paylaş: |