maylni), taklif/ishora «shaxsga qaratilganlik» ma’ nosini (
P
m
dagi shaxs-sonni),
tasdiq/inkor (
P
m
dagi) tasdiq hamda inkorni va undov bo‘ lajak harakatni (
P
m
dagi
zamonni) ifodalashga xizmat qiladi.
XULOSA
O’zbek tiliga davlat
tili maqomining berilishi, uning hamma sohalarda
mustaqilligining ta‘minlanishi bilan o’zbek tiliga qiziqqan barcha kishilarning
tilning ichki tomoni – fonetik, leksik,
frazeologik, grammatik xususiyatlarini
o’rganish bilan birgalikda,
uning amaliy tomoni, til birliklaridan qanday
foydalanish masalasini o’rganish ham muhim ahamiyatga egaligi o’z isbotini
ko’rsatmoqda. Tilda so’zlovchining tinglovchiga bo’lgan
ekspressiv
munosabatini ifoda etuvchi bir talay vositalar mavjud. Frazeologizmlar
nominativ va qo’shimcha (kesatish, jirkanish, nafrat, so’kish, qarg’ish
singari
salbiy; erkalash, hazil, rag’batlantirish kabi ijobiy) ma‘no – munosabat aks
ettiruvchi nutqiy birliklardir.
Ushbu kurs ishini yozish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Grammatika – til sathlari ichida eng turg’un bo’lim hisoblanadi. Grammatik
taraqqiyot bu tilning sifatiy
rivojlanishini aks ettiradi, chunki tildagi
qatlam(math)lararo miqdoriy o’zgarishlar grammatikada umumlashadi
hamda
grammatik kategoriyalarning, grammatik ma’no ifodalovchi
vositalarning taraqqiyotiga ichki omil bo’lib xizmat qiladi.
2. Grammatik
ma’ no,
grammatik
shakl
va
grammatik
kategoriya
grammatikaning eng muhim tushunchalaridir va bular o`zaro
uzviy
bog`langan. Grammatik ma’ no tilda rang-barang usullar bilan ifodalanadi.
3. Fe’ l zamonlari ham grammatik ma’ no ifodalaydi. Bu zamonlar faqat
nutqdagi, matndagi so`zlarning qaysi zamonga oid ekanligini ko`rsatish
bilan chegaralanmay, balki tashqi dunyoda sodir bo`ladigan
voqea va
hodisalarning qachon bo`lib o`tganini, ya'ni aynan gapirilayotgan vaqtda
yoki gapirilayotgan vaqtdan oldin yo keyin sodir bo`layotganligini ifodalash
uchun ham xizmat qiladi
.
4. Tilimizda juda ko`p holatlarda ayni bir grammatik ma’ no
sintetik shakl
bilan ham, analitik shakl bilan ham ifodalanishi mumkin.
5. Barcha grammatik vositalar tilning barqarorligi, ta’ sirchanligi va ohangning
to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’ minlaydi.
Dostları ilə paylaş: