O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


O’MKHT tizimining mos ta`lim muassasalarida pedagogik faoliyat (pedagogik tayyorgarlikdan so’ng)



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə7/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
O’MKHT tizimining mos ta`lim muassasalarida pedagogik faoliyat (pedagogik tayyorgarlikdan so’ng):

  • O’MKHT tizimining mos ta`lim muassasalarida tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha nazariy mashg’ulotlarni o’tkazish;

  • O’MKHT tizimining mos ta`lim muassasalarida tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini, jumladan o’quv ustaxonalarida o’tkazish;

  • zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib nostandart o’quv mashg’ulotlarini ishlab chiqish va o’tkazish;

  • o’qitilayotgan fanlar bo’yicha darslarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan o’quv-metodik hujjatlarni shakllantirish va tuzish;

  • o’qitilayotgan fan bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun o’qitishning didaktik usullarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;

  • mustaqil ta`lim va ijodiy qidiruv natijasida o’qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi metodlar, vositalar va shakllar tizimida o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borish.

4.5 Ta`limni davom ettirish imkoniyatlari
Bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin turdosh ta`lim yo’nalishlarining magistraturada mutaxassisliklari bo’yicha ta`limning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadigan ikki yildan kam bo’lmagan muddatda magistraturada o’qishni davom ettirishi mumkin
Pedagogik faoliyatni olib borganda o’z malakasini har uch yilda oshirib turishi kerak.


5 Bakalavrning tayorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar


5.1 5520100–Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bitiruvchi quyidagi umumiy malakaviy kompetentsiyalarni egallagan bo’lishi kerak:
a) umumiy malakaviy kompetentsiyalar:

  • intellektual, madaniy, ma`naviy, jismoniy va kasbiy o’z-o’zini rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyatiga ega bo’lishi va bu qobiliyatni amalda qo’llay bilishi;

  • tarixiy meros va madaniy an`analarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lishi, ijtimoiy va madaniy farqlarni tolerantlik bilan qabul qilishi;

  • tarixiy jarayonni yurituvchi kuchlarni va uning qonuniyatlarini tushunishi; tarixda zo’ravonlik va zo’ravonlik qilmaslikning roli, tarixiy jarayonda, jamiyatning siyosiy tuzilmasida insonning o’rnini tushunishi;

  • o’zining shaxsiy dunyoqarashi orqali ijtimoiy va shaxsiy kabi ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni tushunishi va ularni tahlil qilishi;

  • o’z faoliyatida me`yoriy huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;

  • axloqiy va huquqiy me`yorlar va majburiyatlarni hisobga olgan holda maqsadga erishishda qat`iyat ko’rsatishi;

  • fikrlash madaniyatini egallagan bo’lishi, og’zaki va yozma nutqini argumentlangan holda aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • egallangan tajribani tanqidiy ko’rib chiqish qobiliyati, zarur bo’lganda o’z kasbiy faoliyatining turi va xarakterini o’zgartirishi;

  • bugungi zamonaviy axborot texnologiyalari davrida jamiyatning rivojlanishidagi axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, bu jarayonda vujudga keladigan xavf va tahdidlarni anglash, informatsion xavfsizlikning asosiy talablariga, jumladan davlat sirini himoya qilish talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • internet tarmog’idan axbrotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy metodlari, usullari va vositalariga ega bo’lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida komp’yuter bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;

  • global komp’yuter tarmoqlarida ma`lumotlar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • so’zlashuvdan kam bo’lmagan darajada bitta xorijiy tilni egallagan bo’lishi;

  • bo’lishi mumkin bo’lgan avariya, halokat, tabiiy ofatlar oqibatlaridan ishlab chiqarish xodimlari va aholini himoya qilishning asosiy metodlariga ega bo’lishi;

  • mustaqil ravishda jismoniy tarbiya va sog’liqni mustahkamlashdan metodik to’g’ri foydalanish vositalarini egallagan bo’lishi, to’laqonli ijtimoiy va kasbiy faoliyatni ta`minlash uchun jismoniy tayyorgarlikning kerakli darajasini egallashga tayyor bo’lishi kerak.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin