Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiyfanlar bloki bo’yicha talablar Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tasdiqlagan “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” bloki bo’yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yilgan talablar” asosida belgilanadi. 5.2.2 Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bo’yicha talablar
Axborot texnologiyalari kursi Bakalavr:
- komp’yuter grafikasi haqida umumiy tushunchalar, ularning funtsional, tuzilmaviy va texnologik o’ziga xosliklari;
- rastr va vektor tasvirlarni yaratish va tahrirlash bo’yicha bazaviy tushunchalar;
- grafik tasvirlash ishlaridan ta`lim jarayonidan samarali foydalanish yo’llari;
- axborot, uni saqlash, ularga ishlov berish va ularni uzatish usullari haqida tasavvurga ega bo’lishi; - rastr va vektor grafikasi haqida asosiy tushunchalar, ularning parametrlarini;
- komp’yuter yordamida tasvirlarni yaratish, qayta ishlash va saqlash printsiplarini;
- grafik redaktorlar asosiy vositalarining ishlash printsiplari va vazifalarini;
- turli darajadagi dasturlash tillarini, ma`lumotlar bazalarini, dasturiy ta`minot va dasturlash texnologiyasini;
- funktsional va hisoblash masalalarini echish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - rastr (Paint, Adobe Photoshop), vektor (Adobe Illustrator, Coral Draw) grafik redaktorlari yordamida tasvirli ma`lumotlarni yaratish;
- rastr va vektor tasvirli redaktorlari vositasida muqaddam tayyorlangan fayllarni qayta ishlash va montaj qilish;
- tasvirli fayllardan ta`lim jarayoni va ishlab chiqarishda foydalanish;
- dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy ta`minot imkoniyatlaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Tabiiy-ilmiy kurs Bakalavr: