O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə304/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.
Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro‘si tushib ketadi. Bankda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu tanglik birjada qimmatli qog‘ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Tarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo‘jalikning bironbir tarmog‘ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi (sanoat inqirozi, agrar inqiroz va boshqalar).
Tarkibiy inqirozlar. Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko‘rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari va tarmoqlari rivojlanishida ular o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, iste’mol tovarlarining faollik sur’atida, asosan, chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‘ladi.
Agrar inqiroz. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda
katta zaxiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) o‘z xarajatlarini qoplay olmasdan, fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ular qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli, agrar inqirozlar ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt cho‘zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90- yillar o‘rtasigacha davom etgan edi.Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi.Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi; b) yer rentasining mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur’atda o‘sib borishi. Yer rentasining, avvalo absolyut rentaning ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi; v) ko‘plab mayda dehqon xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o‘tkazish va ijara haqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqiyoslarda olib boraveradilar. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini nisbiy ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi.
Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absolyut tavsifga emas, balki nisbiy tavsifga ega. Chunki inqiroz ro‘y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi.
Tashqi omillar ta’sirida yuz beradigan nomuntazam inqirozlar
iqtisodiyotning izchil qonun-qoidalarining buzilishi sababli emas boshqa biron-bir
alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, urushlar, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin. Hozirgivaqtda butun jahonni dahshatga solayotgan tojdor (korona) virus kasalligi tarqalishi sababli iqtisodiyot inqirozga tushib qolmoqda.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin