Naflilik tamoyili – turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
To‘lovga layoqatlilik tamoyili – soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur.
Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilikda belgilangan tartib va sharoitlar asosida o‘rnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod qilish;
soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
soliq olinadigan summadan chegirish;
soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorga kamaytirish).
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R`) deyiladi:
R`
R 100%.
D
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi (21.1-rasm).
Soliq stavkasi
Daromad hajmi
21.1-rasm. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik
Dostları ilə paylaş: |