Birinchiklassifikatsiya(guruh)- yangiliklarni kiritish, maktab va oliy tizimda sodir bo‘ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi. Ushbu
jarayonni tushunishga tayanib, quyidagi ko‘rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin:
ta’lim va tarbiyani tashkil etish shakllari va vositalari;
rahbariyat, pedagog va o‘quvchilar faoliyatiga.
Ta’limtizimigaikkinchiklassifikatsiya(guruh)- yangilikni kiritish masshtabi (hajmi) belgisiga asoslanadi. Bu erda quyidagi o‘zgarishlarni ajratish mumkin:
bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lmagan lokal va alohida (bir tomonlamalilik);
Uchinchi klassifikatsiya (guruh)- innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga oshiriladi. Bu holatda e’tiborga olinadi:
-ta’lim dasturlari, o‘quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, - ko‘rinishlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq ma’lum va qabul qilinganlarni modifikatsiyalash;
-kombinatorlikka (o‘zgartirishlar) xos yangilik kiritish; radikal o‘zgartirishlar.
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga kirishishdan oldin “Pedagogiktizim” va “Pedagogiktizimdayangiliklarkiritish” tushunchasini aniqlab olaylik.
Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik tizim – bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi.