O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasida ta’lim qonuniyatlari, qoidalari va prinsiplari



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə16/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasida ta’lim qonuniyatlari, qoidalari va prinsiplari


Ta’lim turlari va shakllari hamda ularning tavsifi. Didaktik g‘oyalar (tizimlar) tarixiy taraqqiyot jarayonida yangi g‘oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi o‘qitish nazariyasi va amaliyotining umumiy qonuniyatidir. Ta’lim turlari (yunoncha species) alohida, o‘ziga xos xususiyatga ega. Pedagogik tizimlar turlari bo‘yicha farq qiladi, keng qo‘llaniluvchi tizimlar an’anaviy tizimlar deb ham ataladi. Ta’lim turlari o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvni ifodalaydi.
Tushuntiruvchi – namoyish etuvchi ta’lim nomidan mohiyati anglanib turibdi. Ko‘rgazmalilik asosida tushuntirishning asosiy metodlari tinglash va eslab qolish sanaladi.
Tushuntiruvchi namoyish etuvchi ta’lim turi vaqtni tejash, o‘qituvchi va o‘quvchilarning kuchlarini asrash, qiyin bilimlarni tushunishni osonlashtirish, ta’lim jarayonini ancha samarali boshqarishni ta’minlaydi. Biroq muayyan kamchilikka ham ega, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va o‘quvchilarni bilimlarni o‘zlashtirishda mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o‘quv jarayonini individuallashtirish, differensatsiyalashtirish imkoniyatlarining kamligi..
Muammoli o‘qitishda o‘quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yo‘li bilan ta’lim tashkil etiladi. Uning texnologiyasi turli-tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki o‘quvchilarni faol idrok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak.
Bunday o‘qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi. Bunday vaziyatda fikrlash jarayonida qiyinchilik his etiladi. O‘quv muammosi bir qadar qiyin, lekin o‘quvchilarning kuchi etadigan bo‘lishi kerak. Muammoni ilgari surish bilan birinchi bosqich yakunlanadi. Muammoni hal etishning keyingi bosqichida o‘quvchilar savol bo‘yicha mavjud muammoni ko‘rib chiqadilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning etarli emasligini aniqlaydilar va etishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni echish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan. U hayoliga birdan fikr kelishi bilan yakunlanadi (“Men nima qilishni bilaman!”). Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, olingan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish bosqichlari keladi.
Dasturlashtirilgan o‘qitish harakat (operatsiya)lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi. Ushbu turning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini
boshqarishni yaxshilashdan iborat. Bunday o‘qitish asosini kibernetik yondoshish tashkil etadi. Unga binoan o‘qitish murakkab dinamik tizim sifatida qaraladi. Dasturlashtirilgan o‘qitish yangi didaktik, psixologik va kibernetik g‘oyalar asosida XX asrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi. U o‘quvchining bilim egallashi yo‘lida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, qiyinchiliklarini oldini olish, qiziqishini yo‘qotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o‘quv jarayonining texnologiyasini yaratishga yo‘naltiradi.
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
-o‘qitish dasturlarining sifati;
-hisoblash texnikasining sifati.
O‘qishni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi. Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari. Ular o‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
-individual;
-sinf-darsli;
-leksion-seminarli.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada bugungi kunda ham keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.
Sinf-dars tizimining mazmuni o‘quv ishlarini tashkil etish o‘ziga xos shakli sifatida quyidagilarda iborat:
-bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan o‘quvchilar sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o‘qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;
-sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali bo‘yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo‘ladi.;
-mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;
-dars odatda bir fan yoki mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi, shu bois o‘quvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;
-darsda o‘quvchilarning ishiga o‘qituvchi rahbarlik qiladi, u o‘z fani bo‘yicha o‘qish natijalari, har bir o‘quvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida o‘quvchini keyingi sinfga o‘tishi haqida qaror qabul qiladi.
Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog‘langan quyidagi uchta qismini ajratib ko‘ratadi:

  • ilgari o‘rganilgan bilimlar asosida yangi bililarni anglashni amalga oshirish va o‘quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli ko‘rsatmani yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go‘yoki “eshik” hisoblanadi.

  • asosiy masalani hal etishga yo‘naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisobalanadi.

  • amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratiladi.




Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin