Anketalartarqatish. Bu ommaviy ravishda material to’plash maqsadida anketalar tarqatish yo’li bilan amalga oshirrladi.
Tadqiqot uchun muhim bo’lmagan materiallar o’quvchilarning yozma vu bir qancha fanlar bo’yicha mustaqil ishlarni bajargan daftarlarini tekshirish, o’rganib chiqish yoli bilan turlarga ajratilishi mumkin.
Maktabhujjatlarinio’rganish– o’quvchilarning shaxsiy varaqalari, metodistning to’plagan ma’lumotlari, sinf jurnallari, kundaliklar, yig’ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta’lIim-tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida obyektiv axborot manbayi hisoblanadi.
Pedagogik hodisalarni tadqiq qilish jarayonida eksperiment (sinov) muhiim ahamiyat kasb etadi. Maxsus tashkil etilgan eksperiment qo’llanilayotgan yoki qo’llanishi mumkin bo’lgan u yoki bu metod va usullar samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Matematikmetod.Bu metod ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan,
anketalar tarqatish yo’li bilan to’plangan materiallarni yoki ma'lumotlarni
umumlashtirish uchun) qo’llaniladi. U eksperiment natijalarining aniq baholanishini, xulosalarning ishonchli bo’lishini ta'minlaydi.
Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bo’yicha ma'ruzalar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o’qituvchiga mo’ljallangan metodik tavsiyalar bo’lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko’p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yo’li bilan hal etiladi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:
Pedagogika nima bilan shug`ullanadi, nimalarni tadqiq qiladi?.
Qaysi ulug` adiblar ta`limiy-tarbiyaviy xarakterdagi asarlarni yaratganlar?
XX asrda O`rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga hissa qo`shgan olimlar kimlar edi?