O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzu: O‘zbek xalq yozuvchisi A.Qahxorning “O‘g‘ri” hikoyasi hayotiy talqin etilganda. Maqsad



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə12/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Mavzu: O‘zbek xalq yozuvchisi A.Qahxorning “O‘g‘ri” hikoyasi hayotiy talqin etilganda.
Maqsad: O‘quvchilarda axloqiy tarbiya (insonparvarlik, xalollik) sifatlarini shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini mustahkamlash.
Metodi: Suhbat. Teatrlashgan.
Jihozi: Adib surati, asarlarining ro‘yxati, o‘quvchilarning hikoya qahramonlarini tasvirlab chizgan suratlari.

Darsning borishi:


tashkiliy qism. Yangi dars bayoni.

  1. Reja

  2. “O‘g‘ri” hikoyasi sahifalari bo‘ylab:

Hikoyaning boshlanish qismi og‘zaki bayoni. “Tonggi sarosima” - kichik sahna.
Dialoglarni o‘rnini topib o‘qish.
Ifodali o‘qish (gramma o‘quvchilar bir jumladan o‘qib boradi). Hikoyaning qolgan qismini og‘zaki bayon etish.
Izohtalab so‘zlar sharhi.
Hikoyadagi masala, ibora, tasviriy ifodalarning sharqi. Hikoyadagi savol va topshiriqlar asosida suhbat.
Hikoya haqida nazariy ma’lumot.
Hikoya yuzasidan taassurotlar, mulohazalar, savollar. Darsni xulosalash.
Uy ishi topshirish.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu darsda barcha o‘quvchi intizomli,
itoatkor, sho‘x, zehni past o‘quvchilar ham faol qatnashib, o‘qituvchi bilan hamfikr, hamjihat bo‘ladilar.


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:





  1. Pedagogik bilimlarni takomillashtirish jarayonida pedagogik ijodkorlik va shaxsiy ilmiy pedagogik izlanishni qachondan boshlash zarur?

  2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ta’limiga qanday talablar qo‘yiladi?

  3. Pedagogik bilim va tajribani egallashda ustoz -murabbiylar tajribasini o‘rganishda nimalarga e’tibor berish zarur?



    1. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining rivojlanishida umumiy va xalq pedagogikasining o’rni


Pedagogika nima? U nima bilan shug’ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi, degan savollar pedagogika fanini o’rganishga kirishgan odamning aqlini band etadi. Pedagogikaga oid darsliklarda, qomuslarda pedagogikaning bahs tushunchasi turlicha, ayrim hollarda bir-biridan farqlanadigan darajada talqin qilinadi. Masalan, pedagogika – tarbiya haqidagi fan; pedagogika – o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika – umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo.
Bu ta’riflardan voz kechmagan holda ta’lim-tarbiya muassasalarida shunga mutasaddi shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatni pedagogikaning bahsi deb qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayoniga ta’sir etishni nazarda tutadi.
Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo’lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o’rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o’zidan keyingi avlodga o’rgatib
borganlar. Kichik avlod esa o’z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi muammolarning еchimini topish barobarida bilim va ko’nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib, o’zidan keyingi avlodga qoldiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida turli ijtimoiy bosqichlarni bosib o’tdi. Formatsiyalarning o’zgarishi natijasida ish va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. Bu hol tarbiya jarayonining takomillashib borishiga o’z ta’sirini o’tkazdi.
Jamiyat taraqqiyoti, mehnat qurollarining takomillashishi natijasida keyingi avlodga meros qoldiriladigan tajribalar hajmi ham o’sib boraveradi.
Agar ibtidoiy jamoa tuzumi boshlarida bolalar kattalarning mehnati jarayonida bevosita ishtirok etish bilan malaka, ko’nikma va bilimlarni egallab borgan bo’lsalar, keyinchalik ibtidoiy formatsiyalarning tabaqalanishi natijasida mehnat turlari ham o’zgarib bordi. Ayrim bolalarni (qabila boshliqlarining, diniy marosimlarni boshqaradigan shaxslarning bolalarini) diniy marosimlarni ado etishga o’rgatish zaruriyati tug’ildi. Shunday qilib, ibtidoiy jamoa tuzumidayoq bolalarni tabaqalashtirish an’anasi paydo bo’ldi.
Quldorlik davriga kelib, bu an’ana ko’zga yaqqol tashlandi. Masalan, qullarning bolalari og’ir ishlarni bajarishga o’rgatildi. Quldorlarning bolalari esa qullar ustidan hukmronlik qilishga tayyorlandi. Shu bois ularga saboq berish zaruriyati tug’ildi. Bu esa o’qitishga maxsus, shu sohani biladigan odamlarni jalb etishni taqozo qiladi. Bu hol maktab va o’qituvchilarga bo’lgan zaruratni keltirib chiqardi. Ijtimoiy formatsiyalarning keyingi ravnaqi maktablarni rivojlantirishga, jamiyat taraqqiyoti talabiga javob beradigan yangi-yangi o’quv yurtlarining barpo etilishiga olib keldi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj borasida orttirilgan tajribalar to’plangandan keyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar
tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.
Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo’ladi. Ba’zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi.
Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda,
dostonlarda o’z ifodasini topgan. Ularda rostgo’ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom
kabi fazilatlar tarannum etilgan. “Alpomish”, “To’maris” kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ulari ulug’lanadi. Ta’lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o’zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo’shganlar. Mashhur hind masali “Kalila va Dimna”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, “Ro’shnoyinoma”, Yusuf xos Hojibning “Qutadg’u bilik”, Mahmud Koshg’ariyning “Devon-u lug’atit turk”, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko’pgina asarlari odob-axloqqa bevosita daxldordir.
Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o’z aksini topgan. Suqrot, Aflotun, Demokrit kabi buyuk faylasuflar tomonidan murakkab falsafa tizimi yaratilgan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo’ldi. Uning “Buyuk didaktika” asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. O’n sakkizinchi asrga kelib O’rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr boshlarida Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifat jonkuyarlari еtishib chiqdi. Bu olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o’rtasida ma’rifatni targ’ib etishda jonkuyarlik qildilar.
Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud. Ayniqsa, maqollar, ertaklar, dostonlar, ashulalar, udumlar va topishmoqlarda tarbiya haqidagi xalq donishmandligi qamrab olingan.
Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda unumli foydalanilmoqda. Shu bilan birga, pedagogika fani yangi g’oyalar evaziga boyimoqda.
Pedagogikada “tarbiya” so’zi turli ma’noda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya
keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo’llanilganda jamiyatning barcha
tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini, o’quv-tarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo’nalishida olib boradigan harakatlarini o’z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.
Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda “tarbiya” so’zi aniq, tor yo’nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi.


Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin