O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə20/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:





  1. Ta’limda innovatsion jarayonlarning o‘rni nimada?

  2. “Innovatsiya” tushunchasini ta’riflab bering?

  3. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” ni qanday tushunasiz?



    1. An’anaviy va innovatsion ta’limning qiyosiy tahlili


Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqѐsini kengaytirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalashda xalqning madaniy- tarixiy an’analari, urf-odat hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va usullarni ishlab chiqish, amaliѐtga joriy etish, shaxsni tarbiyalash, uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvor vazifalariga aylandi.


Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o‘z-o‘zidan ta’lim tizimiga kirib kelmaydi. Bu o‘qituvchi faoliyati va uning yangilikka intilishi, motivatsiyasiga bog‘liq jarayon. O‘qituvchi faoliyatini o‘zgartirmay turib, uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib bo‘lmaydi.
Bu masala uzoq o‘tmishimizning milliy pedagogikasidan ham ayon. Shu sababli ham ma’rifatparvarlarimiz doimo ta’lim tizimi taraqqiyotiga o‘zlarining yangi g‘oyalarini ilgari surganlar va uni ta’lim tizimiga tatbiq etish xarakatida bo‘lganlar. Shu sababli ham Sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar ustozlari o‘z asarlarida ta’limda yangiliklarni izlash va qo‘llashga alohida e’tibor berganlar.
Yangi g‘oyalar, yangiliklar, yangicha yondashuvlarni ta’limga joriy qilish bo‘yicha tinmay aqliy kurash olib borganliklarini ko‘rish mumkin. Sharqning buyuk allomalari Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Axmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Abulqosim Maxmud ibn Umar az-Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zaxriddin Muxammad Boburlar yangi ilg‘or pedagogik fikr namoyondalaridir.
Jahon ilm-ma’rifatining buyuk nomoyondasi Abdullox Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) matematika fani sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi va pedagog uslubiyatchi olim sifatida matematika fanida obstraksiya (mavxumlilik) tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy echish usullarini hal etdi, deduksiya yo‘li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni echdi.
Shuningdek, ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishda ko‘rgazmali vositalardan foydalanish, ta’limda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga suyanish, savol-javob, baxs-munozara kabi ta’lim usullarini keng qo‘llash, olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish to‘g‘risida to‘xtalib: “...sezgi orqali bilish, bu qilgan bilim bo‘lsa, mantiqiy bayon, aqliy bilish esa, haqiqiy bilishning muhim tomonini bayon etadi.
...Insonning xulq-atvori, xatti-harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin” - degan xulosaga keladi.
Mashxur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilim, fikr doirasining kengligi bilan “Sharq Arastusi” yoki “Al muallim alsoniy” (Ikkinchi muallim) nomlariga sazovor bo‘lgan Abu Nasr al-Farobiy (870-950) ta’lim – tarbiyaning besh g‘oyasi, maqsadi va o‘qitishning vosita va usullari haqida fikr yuritadi. Uning fikricha: “Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb – hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.
Ta’lim faqatgina so‘z va o‘rganish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish
– harakat, kasb – hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir” – deydi. U ta’lim – tarbiyaning o‘rganish usullarini atroflicha yoritib beradi.
Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy (973-1048) ta’lim – tarbiyani amalga oshirishda talabalarni zeriktirmaslik va xotirasini toliqtirmaslik uchun o‘rganiladigan fanlarni yangisi bilan almashtirib turish zarurligi va o‘qitishda turli yangi ta’lim usullaridan foydalanish haqidagi ilg‘or fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir.
“Agar talaba bir masaladan boshqa masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli – tuman bog‘larda sayr qilganidek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar – o‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag‘ishlaydi” – deydi.
Sharqda “Shayx – ul rais” (Olimlar raisi) unvoni bilan mashhur bo‘lgan Xusayn ibn Abdulloh ibn al-Xasan Ali ibn Sinoning (980-1037) “Tadbir ul- manozil” asarida bayon etilgan o‘qitish usullari hozirgi davr ta’limotlariga mos kelishi ham nazariy, ham amaliy jixatdan qimmatlidir.
“Bola baqquvat bo‘lib, so‘zlashuv nutqini yaxshi tushuna boshlagandan so‘ng u savod o‘rganishga qobil bo‘ladi, shundan so‘ng savodga o‘rgata borish mumkin”.
Ibn Sino talabaga bilim berishda o‘qituvchining pedagogik mahorati va mas’uliyatli burchi masalasiga alohida to‘xtalib, o‘qituvchi bolalarga bilim berishga kirishishidan avval, ularning xulq – atvorini o‘rganishi va bilimlarini tekshirib ko‘rishi, qiziqishini, nimaga qodir ekanligini tavsiya etishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, murabbiylarga shunday yo‘l-yo‘riqlar beradi:

  • bolalar bilan muomilada bosiq, jiddiy bo‘lishi, berayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi;

  • ta’limda turli o‘qitish usullari va shakllaridan foydalanishi;

  • talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

  • fanga qiziqtira olishi;

  • berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;

  • bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;

  • har bir so‘zning bolalar xissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur.

Ibn Sino maktabda bolalarni alohida – alohida o‘qitishdan ko‘ra jamoa tartibida o‘qitishni afzal deb biladi. “O‘quvchilar birga bo‘lganda bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o‘z xotiralari va nutqini rivojlantiradilar” - deydi.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) Movarounnaxr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm dargohiga aylantiradi. Madrasalarning peshtoqiga esa: “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan hadisdagi hikmatni yozdirib qo‘yadi.
Madrasalardagi o‘quv tizimini isloh qilib, falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o‘qitishni joriy etdi. Ta’lim mazmunining sifatini oshirdi va o‘qish-o‘qitish uslubini yangilashga jiddiy e’tibor berdi. Madrasada olgan nazariy bilimlarni, rasadxonada amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi. Muddarislarning mas’uliyatini va pedagogik mahoratini oshirishga alohida e’tibor berdi. Ulug‘bekning fikricha, talabalarni bilim olishni istamasligi va zerikishi muddarislarning o‘quvsizligidandir, deydi. Chunki bunday muddaris-tarbiyachilar ta’lim usullarini noto‘g‘ri qo‘llash bilan talabalarning bilimga qiziqishini so‘ndiradi. Muddaris, avvalambor, o‘zini tarbiyalashi, bilim va muddarislik malakalarini egallashlari lozim, deydi. Darsliklar qaysi fan, voqea, hodisani aks ettirishidan qat’iy nazar, hayot haqidagi haqiqatdan uzoq bo‘lmasligi va yangi mazmun bilan boyitib borilishi kerak.
Ulug‘bek darsliklar qanchalik mazmunli va qiziqarli bo‘lmasin, ta’lim jarayonida o‘qituvchi asosiy o‘rinda turishi, o‘z pedagogik mahorati bilan namuna bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlaydi. Mirzo Ulug‘bek o‘z madrasasida mustaqil mutoala qilish – bilim manbaidir, degan g‘oyani ilgari suradi.
Alisher Navoiy (1441-1501) o‘zi barpo etgan “Ihlosiya” madrasasida o‘z zamonasining etuk muddarislarini yig‘di va ilm izlash har bir talabaning aqliy kamolatga etishishida ilm-fanning ahamiyatini ko‘rsatib, jamiyat taraqqiyotining asosi sanalgan ilm ahli, ilmni tarqatuvchi olimu fozillarni xurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtirdi.
Alisher Navoiyning asarlarida maktab va madrasalardagi ta’lim-tarbiya usullari, ta’lim olish tamoyillari, talabalarga ta’lim beradigan muallimlar, muddaris va ustoz murabbiylarning o‘zlari bilimli, dono va tarbiyali, yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarurligi g‘oyasi ta’limda etakchi o‘rinda bo‘lishini uqtirdi. Inson faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Masalan, ijodiy faoliyat, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, tadbirkorlik faoliyati, o‘quv-biluv faoliyati, boshqaruv faoliyati va innovatsion faoliyat kabilar.
Faoliyatning mazmuni, shart-sharoitlari, vositalari o‘zgarib borishi natijasida insonning axloqiy madaniyati takomillashib boradi.
Bizga ma’lumki pedagogik faoliyat jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan extiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy faoliyatlar va milliy fazilatlarni shakllantirish ilmiy asoslangan reja dasturiga muvofiq amalga oshirish, ya’ni yosh avlodni turmushga, hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zaruriy faoliyat hisoblanadi.
XI asrning boshida ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, o‘quvchini o‘z hoxish-istagiga qarab, o‘z qiziqishini qondirish maktabga bog‘liqdir degan g‘oya ilgari suriladi. Har bir bolani xurmat qilish, sevish, uni shaxsini rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni tug‘dirish, ta’limni o‘quvchining tabiatiga moslashtirish masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. Qisqa qilib aytganda o‘quvchi shaxsi ta’lim- tarbiya jarayonining markazida bo‘lishi haqidagi masalalar ko‘riladi.
Shu davrda o‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim vujudga kelib insonparvarlik pedagogikasi nomi bilan yuritila boshlandi. Uning bosh g‘oyasi yoki konsepsiyasi o‘quvchi shaxsini himoya qilish, uning huquq va erkinliklarini, baxtini, shaxsning ichki imkoniyatlarini ochish va rivojlanishiga ijodiy muhit yaratish, mehnat qilish, ta’lim olishlariga zaruriy muhit yaratib berishdan iboratdir.
Insonparvarlashtirish pedagogikasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdir. Insonparvarlik pedagogikasini innovatsion pedagogika deb ham ta’riflashadi. Bu degani avtoritar pedagogikadan voz kechib, hamkorlik va hamijodkorlik pedagogikasiga o‘tish jarayonidir.
Innovatsion pedagogika – ilmiy nazariyalar tizimi bo‘lib, tarbiyalanuvchining o‘quv-tarbiyaviy jarayonning faol, ongli, teng huquqli, o‘z ichki imkoniyatlariga suyangan holda yuritilishi tushuniladi.
Insonparvarlik pedagogikasiga asos solgan va uning asoschilaridan biri AQShlik gummanist olim Karl Rodjersdir (1902-1987). U maktabda o‘qib yurgan vaqtida qobiliyatsiz o‘quvchi sifatida ko‘p tanbehlar eshitib, o‘qishni bitiradi. Keyinchalik o‘qishni bitirib o‘qituvchilik qiladi. Eski gunohlarini yuvish uchun o‘quvchilarga mehribonlik, ularning qiziqish, hoxish-istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun o‘quvchilarni sevish va ularga yaxshilik qilishni o‘zining hayot tarzi sifatida qabul qiladi. O‘quvchilar bilan insonparvarlik yo‘nalishi asosida ishlash bo‘yicha oldin to‘garak, keyinchalik uni ilmiy-tekshirish markaziga aylantiradi. Insonparvarlashtirish orqaligina bola xulqini, o‘zini tutishi, mas’uliyatni xis qilishga erishish mumkin degan xulosaga keladi. Bu muammoni hal qilishda faqat muhit yaratish, ilg‘or tajribaga suyanishni o‘zi etarli emas deydi. Insonparvarlik asosida bolani o‘zligini anglash, ijodiy muxitni yaratish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, takomillashtirish, tarbiya toptirish orqali o‘qishni engillashtirish, uni o‘qishini quvonch maktabiga aylantirish mumkin. Quvonch maktablarida bolalarga eng yaqin murabbiylar faslitatorlardir degan fikrga keladi. Tarbiyalanuvchi uning shaxsiga xurmat bilan qaralayotganini, sevishi, mehribonlik ko‘rsatilayotganini, u bilan ishlashga, uning taqdiri bilan qiziquvchi murabbiylar borligini xis qilishlari kerak.
Innovatsiyalar dastlab madaniyat sohasida qo‘llanila boshlagan va dunyo madaniyatining jadallik bilan taraqqiyoti va rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Umummadaniyatni rivoji asosida ma’naviy madaniyat, moddiy madaniyat, badiiy madaniyatlar tarmoqlari vujudga kelgan. Ular o‘z navbatida yana yangi tarmoq madaniyatlarini kelib chiqishiga va takomillashishiga sabab bo‘lgan. Masalan, badiiy madaniyat cholg‘u asboblari, mumtoz qo‘shiqlar, estrada qo‘shiqlari va musiqasi, lirik qo‘shiqlar, kino va teatrlar sohasini rivojlanishiga sabab bo‘lgan.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin