Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik-psixologik jihatdan
rivojlanishlariga qanday talablar qo‘yiladi?
Pedagog va psixologlarning bolalar yosh davri jarayonida rivojlanishlari haqidagi qanday ta’limotlar ilgari surilgan?
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi davlat siyosati talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda ta’lim oluvchilarni o‘qitishni jadallashtirish sanaladi.
Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir keng ko‘lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy- nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, etarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda.
“Pedagogiktexnologiya” so‘zlar birikmasining asosida “texnologiya”,“texnologik jarayon” tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yo‘l-aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim
oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak.
Bugun har bir sog‘lom fikrlovchi inson yangi asrda o‘zi, yaqinlari, kasbdoshlari, tengdoshlarining jamiyatdagi o‘rni va salohiyati qanday bo‘lishini o‘ylashi tabiiy. O‘tgan asrning ahamiyati, qadr-qimmati, tarixiyligi esa O‘zbekistonning mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lganligi bilan baholanadi. Mustaqil davlat o‘zining asosiy qonuni – Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan bir qancha muhim tarixiy hujjatlariga ega bo‘ldiki, ular orasida “Ta’lim to’g’risida”gi yangi Qonun alohida o‘rin tutadi. Undagi g‘oyalar, avvalo, XXI asrda yashaydigan, ijod qiladigan, Vatan va yurt mustaqilligini mustahkamlovchi insonlarning manfaatini ifodalaydi. Dasturda e’tirof etilgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarida ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish, ta’lim-tarbiya dasturlarining intelektuallashuvini ta’minlash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash kabi muhim vazifalar kun tartibiga qo‘yildi. O‘tgan asrni sarhisob qilib, yangi yuz yillik va ming yillikning qanday bo‘lishini tasavvur etarkanmiz, uning eng muhim xususiyatlaridan biri sifatida yangi ta’lim dasturlarida nazarda tutilayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari, ta’limni kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari tizimida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashning rivojlanishini nazarda tutmoq o‘rinlidir. Zero, milliy dasturni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy ishlarda e’tirof etilganidek, “Ta’limni axborot bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bog‘lash, ommaviy axborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash” malakali kadrlar tayyorlashning muhim mezonlaridandir. Demak, yangi asr – informatsion texnologiyalar asri bo‘ladi. Bu masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi bir muhim jihati shundaki, yangi asr xalkaro intellektual-iqtisodiy korporatsiyaning yaratilish asri, ya’ni jahon miqyosidagi aql-zakovatning birlashuvi asri bo‘ladi.
Xo‘sh, axborot texnologiyalari nima-yu, ularni inson idroki, tafakkuri va ongiga singdirishda nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?
Bugun biz yangi texnologiyalarga sarflanayotgan mablag‘lar qay darajada o‘zini oqlashini, ularning ta’lim sifatini oshirish va axborot hamda kommunikatsiya texnologiyalari hamda masofaviy ta’limni rivojlantirishga ta’sir qanday ko‘rsatishini tasavvur qila olishimiz shart. Ko‘p hollarda “ta’limning kompyuter texnologiyalari” iborasi “axborot texnologiyalari” iborasi bilan aralashtirilib yuboriladi. Bu o‘rinda, asosan, an’anaviy pedagogik texnologiyalardan farqli, kompyuter tarmoqlariga ulangan, dasturlashtirilgan, xalqaro aloqalarni ham ta’minlashga qodir tizim nazarda tutilmoqda. Bu holat so‘nggi yillarda jamiyat hayotida kompyuterlarning ahamiyati ortib borishi, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida turli xil axborotlarga nisbatan ehtiyojning kuchayishi bilan izohlanadi. Bugun biz bir narsani aniq tasavvur qilishimiz kerak. Mavjud holat, axborotlar oqimining negizlashuvi inson xotirasiga ortiqcha yuk, shaxsning tafakkuri va fikr yuritishi jarayonlarida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘lmasmikin? Ongga etib kelayotgan axborotlar shaxsning mavjud madaniy-ma’rifiy muhitga moslashuvi jarayonida qay tarzda aks etishini bilishimiz va shunga mos tarzda ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘quv dasturlari va jihozlariga nisbatan talablarni ishlab chiqishimiz lozim. Shu o‘rinda biz axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga singdirishning afzalliklarini e’tirof etishni xohlardik. Eng avvalo, ta’lim jarayonida kompyuterlar va axborot- kommunikatsiya vositalarining qo‘llanilishi, talabalarning ular bilan bemalol ishlay olishlari pedagogik jarayondagi eng muhim kamchiliklardan hisoblangan sub’ektivizmni cheklaydi. Masalan, agar talabaning javobi yoki bevosita o‘zlashtirishini baholash o‘qituvchining talaba shaxsiga munosabati ta’sirida kechgan bo‘lsa, mashinalar vositasida beriladigan ma’lumotlar ob’ektiv xarakterga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, kompyuter orqali bolaga etkazilayotgan ma’lumotni zarurat bo‘lganida, qayta-qayta chaqirish va takrorlash imkoniyati ham bor. Bu narsa ayrim talabalarda, guruh sharoitida ishlaganda kuzatiladigan iymanish kabi sifatning namoyon bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Uchinchidan, har bir professor-o‘qituvchining o‘zigagina xos bo‘lgan tushuntirish uslubi, metodik yondashuvi mavjud. AKT vositalaridan foydalanish pedagogik jarayonlar ichidagi samarasiz uslubiyotlarga barham beradi.
To‘rtinchidan, yangi axborotlarni uzatish texnologiyalari bilimlarni o‘zida ifoda etib, unda sxemalar, rasmlar, jadvallar, grafik va diagrammalarga keng o‘rin beriladi. Bu narsa yoshlarda obrazli xotirani ancha jonlantirib, ularning eslab qolish qobiliyatini kuchaytirishi mumkin.
Beshinchidan, ushbu axborot vositalaridagi ma’lumotlarni kichik hajmli disketlarga yozib olish va ulardan zarur o‘rinlarda foydalanish mumkin. Bu ham vaqtni, ham mablag‘ni tejaydiki, iqtisodiy jihatdan yuzlab tirajlarda chop etilayotgan kitoblardan arzon bo‘ladi. Eng muhimi, manfaatdor auditoriya xohlagan ma’lumotini bir xil sifat va tizimda olishi mumkin bo‘ladi.
Nihoyat, ular “axborot asri” deb e’tirof etilayotgan yangi asrda yashab ijod qiluvchi yoshlarning ongini o‘stiradi, ulardagi texnik vositalardan cho‘chish hissini yo‘qotadi. Xullas, ta’lim muassasalarining bu narsaga sarflangan mablag‘lari behuda ketmasligi ehtimoldan xoli emas.
Agar biz har bir yosh qalbida Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat, pok iymon va odamgarchilikni tarbiyalay olsak, ular halqaro axborot tizimlari orqali bizning fikrlash tarzimiz, urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan ma’lumotlarni tanqidsiz qabul qilmaydigan, yurtimiz istiqboliga xizmat etadiganlarinigina saralab olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun biz yoshlarimizda barqaror mafkuraviy immunitetni tarbiyalashimiz kerak.
Ma’lumki, pedagogikada boshqa ilm sohalaridan olingan ko‘plab atamalardan foydalanadi, bu narsa pedagogikani boshqa fanlar bilan chuqur aloqada ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday atamalar texnika va iqtisodiyotdan eng ko‘p miqdorda kirib keladi, chunki ayni shu sohalar ijtimoiy fikrning rivojlanishiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, bugun o‘qitish jarayonining tejamliligi va maqsadga muvofiqligi hamda oqilona tashkil etilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchi, texnika va texnologiya, ta’lim iqtisodiyoti, o‘qitishni kompyuterlashtirish va shunga o‘xshashlar bilan bevosita bog‘lanib qolgan.
Adabiyotlarda “Yangi tartib-qoida”, “Yangilik”, “Innovatsiya” tushunchalarining ma’naviy mazmunini aniqlashning turlicha talqinlari mavjud. Yangi tartib-qoida, moddiy ma’noda, ijobiy va ilg‘or yangilikni, bu tushunchani qabul qiladigan va undan foydalanadigan tashkiliy sistema uchun
yangi bo‘lgan g‘oya, faoliyat yoki moddiy ob’ektni anglatadi
“Yangi tartib-qoida”, “Innovatsion jarayon” atamalari aynan o‘xshash, ya’ni bir xil ma’noga ega. Innovatsiyalar ta’lim amaliyoti paydo bo‘lganidan buyon o‘tgan uzoq davr davomida unga yangiliklar kiritish, mavjud ta’lim tuzilmasini maqsadga muvofiqlashtirish, ba’zan juz’iy, ba’zan esa keng ko‘lamli o‘zgartirish, takomillashtirish va yaxshilash elementlarini joriy etish evaziga sifatni ko‘tarish uchun u bilan yonma-yon kelmoqda. Yangilik - bu texnik, texnologik ixtiro va yutuqlardan amaliy foydalanishdir. U pedagogik kategoriya sifatida ta’limga yangilik kiritishni anglatadi. Yangilik ko‘pincha yangi metodlar, usullar, vositalar, yangi konsepsiyalar, yangi o‘quv dasturlari, tarbiya usullari va boshqalarni kiritish hamda qo‘llashga xosdir.
Axborot texnologiyasi – ob’ekt, jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi yangi ma’lumotlarni targ‘ib etish uchun ma’lumotlarni yig‘ish usullari va ma’lumotlarni etkazib beruvchi vositalar majmuidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari ta’limiy mahsulot va xizmatlarni tashkil etishda dastgoh hisoblanadi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi – shaxsiy
kompyuter va telekommunikatsiya мositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir.
Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini va ularning
huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul shartlarni bajarish, davlat va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining talablari asosida axborot resurslaridan foydalangan holda jamoat birlashmalarini tashkil etish va ular faoliyatini yo‘lga qo‘yishning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlaridir.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish – bu jamiyatni axborotlashtirishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Ta’limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklar va afzalliklar bilan bog‘liq o‘zgarishlarda qatnashadi:
jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumotlarni va bilimlarni olishga yo‘l ochib berishda;
shaxs uchun intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantirishda;
jamiyatning har bir a’zosi hayotida uning faolligi evaziga malaka oshirish xizmatlarini tezkor o‘zgartirishda;
masofaviy o‘qitish o‘zib ketuvchi (ilg‘or) ta’limni tashkil etish va uning samarasini oshirishni ta’minlashda;
ta’lim mahsulotlarini va xizmatlarini yaratish va tashkil etish maqsadidaturli axborot texnologiyalarini qo‘llashda;
guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun AKT xizmatlaridan maksimal darajada foydalanishda;
masofaviy o‘qitish qatnashchilariningaxborot talablarini qondirish uchun boshqaruv axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishda;
masofaviy o‘qitish qatnashchilari bilan AKT vositalarining o‘zaro axborot almashuvi jarayonlarida;
fanlar bo‘yicha ekspertlarning to‘plagan bilimlar mahsulotlarini masofaviy o‘qitishdan foydalanuvchilar tomonidan olinishining keng imkoniyatini beruvchi ekspert tizimli axborot texnologiyalarini ishga tushirishda va shu kabilar.
Bunday tashkiliy-metodik masalalarning asosiy echimlaridan biri – bu yangi ta’lim texnologiyalarini kiritish, shu bilan birga, respublikaning uzluksiz ta’lim tizimida, aynivsa, birinchi pavbatda, oliy ta’limda masofaviy o‘qitish uslubi o‘z o‘rnini egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy o‘qitish uslubini qo‘llash bo‘yicha juda katta tajriba orttirilgan. Jumladan, tajribali o‘qituvchilar va mutaxassislarning o‘qitilayotgan kishiga yakka tartibda yordam berish, talabalar o‘qishini turli uslubda nazorat qilish, ularning bilim saviyasi va malakaviy
mukammalligini baholash maqsadida AKT turli variantlaridan foydalanishi tufayli talaba va o‘quvchilarning o‘qish sifati va mehnat unumdorligi oshadi.
Masofaviy o‘qitish uslubining sifatliqo‘llanilishi borasida quyidagi yo‘llanmalar shakllanmoqda: