Interfaol metodlar – shunday metodlarki, u o‘quvchilarning o‘zaro muloqat va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usuldir.
“Interaktiv” so‘zi ingliz tilidan olingan “Interakt”, ya’ni “Inter” – o‘zaro,
“akt” – harakat, ta’sir, faollik ma’nolarini beradi.
Interfaol usullardagi darslar o‘quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni o‘zaro faollikda hal etishga, o‘z fikrini erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar echimini topishga, hamkorlik, hamjixatlikda ish yuritishga, fikrni mantiqan yozma ravishda bayon etishga chorlaydi.
Interfaol metodlarda ish yuritish, an’anaviy usullardan voz kechish degani emas. Balki ta’lim mazmunini o‘zaro faollikda hal eta olish demakdir.
Quyida interfaol ta’lim tizimini sxematik tarzda keltiramiz:
Hozirda yangi metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish haqida gap borganda interfaol usullarining o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi tushuniladi. Interfaollik bu o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni o‘quv-biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o‘quvchi- o‘qituvchining o‘zaro muloqati asosida kechadi.
Interfaollik – o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, u o‘quvchi va o‘qituvchi muloqatlarida sodir bo‘ladi.
Interfaol usulning bosh maqsadi o‘quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o‘zining intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi va o‘quv sifati va samaradorligini oshiradi.
Interfaollik asosida o‘tgan darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham o‘quvchi chetda qolmaydi, ya’ni ular ko‘rgan, bilgan,
o‘ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarning har bir bildirgan fikrlari, u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishidan qatiy nazar, tanqid qilinmaydi.
O‘quvchilar hamkorlik, hamijodkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish va o‘zlashtirishda o‘zlarining shaxsiy xissalarini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zaro bilimlar, g‘oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo‘ladi.
Bunday holatlar o‘zaro samimiylikni ta’minlaydi, yangi bilimlarni olish, o‘zlashtirishga havas ortadi.
Dars jarayonida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro samimiy, do‘stona munosabatlar vujudga keladi. Bu muhitni yaratilishi juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Dialog asosida kechgan jarayonlarda o‘quvchi tanqidiy fikrlashga, murakkab masalalarni ham tahlil asosda echimini topishga, shunga yarasha axborotni izlash, ayrim alternativ fikrlarni o‘zaro muzokaralarda erkin bayon qilishga o‘rganadi va shunday ko‘nikmalar shakllanib boradi.
Interfaol darslarni tashkil etishda o‘quv jarayonida yakka tartibda, juft bo‘lib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli o‘yinlar, hujjat bilan ishlash, axborot manbalari bilan ishlash, ijodiy ishlashlardan foydalanish mumkin.
Interfaol usullar nimalarni o‘z ichiga oladi? Hozirgi kunda mamlakatimiz metodistlari, trenerlari, amaliyotchi o‘qituvchilari turli shakllar taklif etmoqda va amaliyotda qo‘llamoqda. Ulardan:
juftlikda ishlash;
korusel;
kichik guruhlarda ishlash;
akvarium;
tugallanmagan gaplar;
aqliy hujum;
broun harakati;
daraxt echimi;
o‘z nomimdan so‘zlayman;
rolli o‘yinlar;
press metod;
o‘z pozitsiyasini egallash;
munozara;
debatlar;
-katta davra va boshqalar.
Yuqoridagi turli shaklardan foydalanishda, o‘quvchilarni shu jarayonda ishlashga tayyorlab, ularni ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan hollarda qo‘llanilsa, kutilgan natijalarni olish mumkin.
Umuman yuqorida keltirilgan biror formada ish yuritish, darsni tashkil etish uchun har bir mashg‘ulotning konsepsiyasining yaratilishi, shu asosda uning ketma-ketligi, reklamenti, ish tartibi, maqsad, vazifalar, kutilayotgan natijalar oldindan belgilab olinishi va bundan o‘quvchilar boxabar etilishi kerak.
Interfaol metodda o‘qitish muhiti tashkil etiladi, qulay ijodiy sharoit, namunali tashkil etilgan o‘qitish muhiti yaratiladi:
-o‘qish va tadqiqotlarga ko‘maklashiladi;
-turli tadqiqotlar olib borish uchun materiallar taxt qilib qo‘yiladi;
ijodkorlik qobiliyatlar rag‘batlantirib boriladi;
ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradi;
fikrlar va axborotlar almashinuviga imkon yaratadi;
nutqiy rivojlanishni rag‘batlantiradi;
ma’lumotlarni mustaqil olish ko‘nikmalari shakllanadi;
uzluksiz ta’lim olish ko‘nikmalari rivojlantiriladi;
turli usullar bilan ma’lumotlar olish uchun resurslarni o‘z ichiga oladi;
ma’lumotnomalar, lug‘utlar, ensiklopediyalar, geografik xaritalar, kompyuter, tajriba o‘tkazish uchun turli asboblar, materiallar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘quv materialining mazmuni, nimaga o‘rgatilishi, tahlili, motivatsiyasi, o‘qituvchi, o‘quvchilarni ketma-ketlikdagi harakatlari ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |