Ob’ektgadoirintegratsiya: bunda bir ob’ektning turli fanlardagi timsollari bir mavzu, bo‘lim yoki kurslarga (yer, suv, havo, oziq-ovqat va boshqa) kiritiladi. Tushunchaga oid integratsiya: bunda umumiy tushuncha (energiya, harakat, modda, axborot va boshqalar)lar mazmunini ochib beradigan mavzu yoki kurslar
qamrab olinadi.
Nazariyagaoidintegratsiya:u fizika, kimyo, biologiyadagi kvant nazariyasi; biologiya, kimyo, astronomiya, texnika, sotsiologiyadagi evolyusion nazariyaga asoslanadi.
Metodologik integratsiya: u falsafa metodologiyasi kabi ilmiy bilishning alohida metodlariga taalluqli integratsiya bo‘lib, ularga tizimli yondashuvning
qo‘llanilishi va uning mohiyati, tabiatshunoslikka oid muammolarning qo‘yilishi va ularning hal etilishi; fandagi tushuntirish va prognoz qilish; kuzatish, tajriba, modellashtirishning tuzilish mohiyati va qo‘llanilishi kabilar kiritiladi.
Muammoliintegratsiya: u turli kenglik darajasidagi fanlararo muammolarni qamrab oladi (atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish va boshqalar).
Faoliyatga oid integratsiya: munozara, guruhlar tarkibida ishlash, fanlararo reja va loyihalar tuzish va boshqalar.
Amaliy integratsiya: turli jarayon yoki texnik mahsulotlarni har tomonlama ko‘rib chiqish, antibiotiklar, sintetik moddalar, biotexnologiya kompyuterlar va boshqalar.
Ta’limda o‘quvchilarga ma’lum bilimlar tizimini etkazib, ularni faqat eslab qolishning o‘zi bugungi kunda etarli bo‘lmay qoldi. Zamonaviy bilim olishda motivatsiya uyg‘otish, mustaqil bilim olish ishtiyoqini hosil qilish, integratsiya asosida ta’lim berish dolzarb vazifalardandir. Pedagogik texnologiya ana shunday talabni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ta’lim tizimidir. Texnologiyaning asosiy talabi – o‘quvchilarning puxta bilim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatishi, mustaqil fikrlashi, ta’limda aniq samarador natijaga erishishdir.
Ta’limni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta’limga bog‘liq
“Integratsiya” tushunchasi 2 ta ma’noga ega:
O‘quvchida atrofdagi olam to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish (bu erda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida ko‘riladi).
Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu erda integratsiya – ta’lim vositasi sifatida ko‘riladi).
Integratsiya ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog‘liqligini ko‘rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani barcha elementlari bir- biriga bog‘liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o‘rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang‘ich maktab amalga oshirishi kerak.