O‘qituvchi umumiy maqsadni qo‘yadi. O‘quvchilar o‘qituvchi boshchiligida predmetlararo bog‘liqliklarni tushunib etishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular e’tiborlarini, fikrlarini faqat umumiy bilimlarni o‘zlashtirishga emas balki, ko‘chirish tahlil qilish shaxsning belgilari qobiliyat va
qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
Isbotlashbosqichi
O‘qituvchi o‘quvchilarni dunyoqarashini o‘stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag‘barlantiradi. O‘quvchilar o‘z irodalarini dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga
qiziqishga yo‘naltiradilar.
Mazmunlibosqich
O‘qituvchi yangi o‘quv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O‘quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy
bilimlar darajasida o‘zlashtiradilar.
Vositalarnitanlashbosqichi
O‘qituvchi bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi turli predmetlarni, ko‘rgazmali vositalarni, darsliklarni, jadvallarni, savolnomalarni, amaliy
vazifalarni tanlaydi. Bu vositalar o‘quvchilarga
ko‘chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakteridagi
integratsion masalalarni hal qilishga yordam beradi.