Birinchi bosqich – yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi omillarni o‘rganish va turli xil yangiliklarning empirik ma’lumotlarini tahlil qilish bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqich – yangilik kiritish jarayonining o‘zini bir soha muhitidan ikkinchi sohaga olib o‘tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o‘rganish deb qaraydilar.
Uchinchi bosqichdatadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni tahlil qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar yuzaga keltirishlariga qaratiladi.
Pedagogik innovatsion jarayonlarni g‘arbda 50- yillar oxirlari-dan boshlab, bizning mamlakatimizda esa so‘nggi 10 yillikdan boshlab olimlar maxsus o‘rgana boshladilar. Jahon pedagogik jamoatchi-ligining qiziqishi maxsus innovatsion xizmat, nashriyot faoliyati jurnallar va informatsion maqolalar ko‘rinishida paydo bo‘lyapti. Xususan, YUNESKO qoshida Ta’limni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo‘lib, dunyodagi turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma’lumotlar tarqatadi.
Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojlanishi keng jamoatchi pedagoglar harakati, maktabning tez rivojlanishiga bo‘lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq.
Shu sababli yangi bilimlarga bo‘lgan talab, yangi “yangilik”, yangi “innovatsiya”, “innovatsion jarayon” tushunchalarini anglash talabi ortdi.
“Innovatsiya” so‘zi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi.
Innovatsion jarayonning mikrostrukturasini o‘rganib, olimlar yangilik kiritishning “hayotiy sikli” konsepsiyasini alohida ko‘rsa-tadilar. U yangilik kiritish davomida o‘tib boradigan jarayon degan fikrdan kelib chiqadi. Bu jarayon yangilikni yaratish va ijro etishni ta’minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo‘linadi. Hozirgi davrga kelib, ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish sxemasi mavjud:
Yangi g‘oyaning paydo bo‘lish yoki yangilikning yuzaga kelish bosqichi, uni shartli ravishda fundamental va amaliy-ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo‘ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar.
Kashf etish bosqichi, ya’ni obyekt moddiy yoki ma’naviy mahsulot namuna ko‘rinishidagi yangilik yaratishdir.
Yaratilgan yangilikning amaliy qo‘llanishi uni qo‘shimcha ishlab mukammallashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu bosqich yangilik kiritish orqali yuqori samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. Shundan so‘ng yangilikning mustaqil mavjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o‘tadi. Bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish sharti bilan amalga oshadi. Yangilikdan foydalanish davrida keyingi bosqichlar ko‘rinadi.
Bu bosqichda yangilikning tarqalishiga, uning yangi soha-larga diffuziyalashib (qo‘shilib), keng tatbiq etilishidan iborat.
Yangilikning biror sohada hukmron bo‘lishi, bunda, xusu-san, yangilik o‘z yangiligini yo‘qotib, yangilik sifatida mavjud bo‘lmay qoladi.
Yangilik qo‘llanilishining doirasi qisqarib, uning yangi mahsuldorligi bilan almashadi.
Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonlar bir-birini ketma-ket almashtirib, muntazam tizim, uning real rivojlanib borishining soddalashtirilgan sxemasini
ifodalaydi. Biror aniq innovatsion jarayon bu bosqichlarni o‘z ichiga olib, ular ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligiga so‘zsiz rioya qilishi shart emas.
Yangilik kiritishni muvofiq yangilik yaratish va tarqatish kompleksiga maqsadga muvofiq jarayon sifatida qarab, uning maqsadi inson talab va ehtiyojlarini yangi vositalar bilan qondi-rishdan iborat bo‘lib, bu uning samaradorligini, muntazamligini va hayotiyligini ta’minlovchi uslub va tizimlarni ma’lum sifat o‘zga-rishiga olib keladi.
Innovatsion jarayon boshqa sifatli holatga o‘tish, eskirib qolgan qoida va vaziyatlarni qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yangilik kiritish ichki mantiq va yo‘nalishga ega bo‘lib, u yangilik g‘oyasi (fikri) tug‘ilishidan to uning foydalanila boshlanishigacha bo‘lgan harakatlarni rivojlantirish hamda innovatsion jarayon ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat mantiqini ifodalaydi.
Shu tariqa yangilik kiritish dinamik tizim bo‘lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishi uning atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Innovatsion jarayon tuzilishi yangilikning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tib borishi bilan o‘zgarib boradi. Shu bilan birga, yangilikning dinamik xususiyatlari va uning natija-yakuni hamda samarasiga bog‘liq bo‘ladi. Yangilikning yakunlanganligi yoki uning imkoniyatlari muayyan maqsadning amalga oshirilganlik darajasi innovatsion jarayonning hamma bosqichlarida qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishiga bog‘liqdir. Yangilikning samaradorligini uning natijasidan belgilash kerak.
“Innovatsiya” atamasiga yaqin bo‘lgan tushunchalar “o‘zgarish”, “mukammallashtirish”, “isloh qilish” tushunchalari hisoblanadi, ammo ular o‘rtasida malum farqlar ham mavjud. Yangilik pedagogik tekshirishlarni baholashning asosiy o‘lchovlaridan biri bo‘lib, u ijodiy jarayonning asosiy natijasidir. Bu o‘z navbatida har qanday yangilik kiritishning mustaqil qiymati va xususiyatidir.
“Yangi” tushunchasi innovatsion pedagogikada markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi. Agar avvalgi “birinchi yaratilgan” ta’rifi ilgari umuman malum
bo‘lmagan biror narsa haqida tasavvur bersa, keyingi - “yaqindan beri” va ayniqsa “yangidan ochilgan” kabi ta’riflar esa yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi, nimadir ilgari bo‘lgan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilikning biron turi haqida gapirish mumkin.
Birinchi marta yaratilgan yangilik, bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni o‘rnatilgan yangi haqiqat demakdir.
Har qanday vositaning yangiligi ham shaxs, ham vaqt (tarixiylik) nisbiydir. Bir o‘qituvchi uchun yangi bo‘lgan narsa, boshqasiga yangilik bo‘lmasligi mumkin. Yangilik doimo konkret-tarixiy xarakterda bo‘ladi. Aniq bir vaqtda vujudga kelgan, aniq tarixiy bosqichdagi vazifalarni progressiv ravishda hal etgan yangilik tezda ko‘pgina kishilarning mulkiga aylanishi, hamma tomonidan qabul qilingan normaga, ommaviy tajribaga aylanishi yoki eskirishi, hatto keyinroqqa borib taraqqiyotga tormoz bo‘lishi mumkin. Masalan, Y.A.Komenskiyning sinf-dars sistemasi, Munavvar qorining diniy tarbiya nazariyasi, Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Avloniylar ilgari surgan ta’lim jarayonini ommalashtirish naza-riyasi va boshqa yangiliklar o‘z davrining buyuk g‘oyalari bo‘lgan va shunday bo‘lib qolaveradi.