O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


Web.Builder va WebSite X5 Free veb muharrirlar. WordPress CMS yordamida saytlar



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Web.Builder va WebSite X5 Free veb muharrirlar. WordPress CMS yordamida saytlar 
yaratish. WordPress da shablonlarni sozlash 
 
Ishdan maqsad: 
Talabalarga Veb-hujjatlarni yaratishning onlayn va offlayn vositalari bilan
ishlash, WYSIWYG Web.Builder va WebSite X5 Free veb muharrirlar, WordPress CMS 
yordamida saytlar yaratish. WordPress da shablonlarni sozlash haqida ma'lumotlar berish, hamda 
talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil 
qilishdan iborat. 
USLUBIY KO’RSATMALAR
 
Talabalarga Onlayn tarjima (Google tarjima) va of layn tarjima dasturi 
(m-
n Dragon) Onlayn lug‘atlar (bab.la, Wordreference, Macmillan) va 
o‘rganuvchi vositalari (ankiweb, Memrise) bilan ishlash
uchun ularda o’zbek va 
ingliz tilida ingliz tilini o’rganishda AKTni o’rni mavzusida na’lumotlat 
tayorlansin. 
 
 
Memrise 
— tilni o’rganish 
Millionlab foydalanuvchilar mobil ilova 
Memrise
dasturini ingliz tili sohasidagi bilimlarini ma

lum 
ma

noda oshirish imkonini berishini e

tirof etishmoqda. 
O

tilgan mavzularni mustahkamlashda turli o

yinli 
rejimlarda qaytarish yaxshi natijalarga olb kelmoqda. 
Forum tushunchasi. Internet tarmog‘ida forumlar web
-
sayt ko‘rinishida 
bo‘ladi va Web
-forum deb ataladi. Web-forum 

web- sayt tashrif 
buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan web
-
sayt sahifalari va uskunalari majmuyi.
Qisqacha aytganda, forum bu web-saytning tashrif buyuruvchilari 
muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum web
-


108 
saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va web
-
saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin. 
Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, unda ixtiyoriy vaqtda 
ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biron-bir mavzu tanlanadi
va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib, o‘z
fikrlarini jo‘natishlari mumkin. Bu usulda muhokamada qatnashayotganlarni 
ko‘rmaysiz, faqat ularning fikrlari bilan tanishib chiqish mumkin. Forumda 
turli-tuman reja muhokama qilinadi. Bunda biror mavzuni tanlab,
ularning muhokamasida ishtirok etish mumkin. Milliy va xalqaro Internet 
forumlari. Internet forumlari alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan yoki
umumiy bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlariga tibbiyot, 
dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda,
 
kompyuter o‘yinlari va transport 
vositalariga bag‘ishlangan forumlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan forumlarda 
faqat mo‘ljallangan sohaga oid reja muhokama qilinadi, umumiy forumlarda 
esa ixtiyoriy mavzuni o‘rtaga tashlash mumkin. Xalqaro f
orumlar sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin: 
• Medicinform.ru forumi —
tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo‘lib, 
kasalliklar va ularni davolash, dori vositalar va ularni to‘g‘ri qo‘llash hamda 
tibbiyot bo‘yicha yuridik maslahat olish mumkin.
• 
Progz.ru forumi 

dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, 
kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog‘liq
yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo‘ljallangan.
• Avtomobili.by forumi —
avtomobil ishqibozlari forumi 
bo‘lib, unda
avtomobil brendlari, rusumlari va turlari hamda ularni ta’mirlash, xizmat 
ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish mumkin.
• Stopforum.ru forumi —
kompyuter o‘yinlari forumidir. Bunda 
o‘yinlarning turlari, ularni o‘ynash s
irlari va yuzaga kelgan muammolar 
muhokama qilinadi. 
• Wild Design.ru forumida dizayn, moda va tasviriy san’at 
ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari, ijodkorlar
asarlaridan bahramand bo‘lish mumkin.
Uforum.uz

milliy forumi. Uforum.uz

milliy forum hisoblanib, u
respublikamizning axborot texnologiyalari, ta’lim, madaniyat, moliya,
sog‘liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat 
tuzilmasida ro‘y berayotgan masalalar muhokamasini o‘z ichiga oladi.
Forumlarda ishtirok etish tartibi: 
• forumdan ro‘yxatdan o‘tish. Forum qoidalariga va O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunlariga rioya qilish shart
• forumdan ro‘yxatdan o‘tishda rasmiy shaxslar login uchun 
o‘zlarining haqiqiy ma’lumotlarini ism
-sharifi, shuningdek, ish joyi va 
lavozimi ham majburiy shartlarga kiradi; 
• ma’lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi profil uchun avatar 
sifatida surat ham taqdim etishi lozim; 
• ma’lumotlarini oshkor qilishni is
tamagan foydalanuvchilar esa 
o‘zlari ma’qul deb topgan niklarni tanlashlari mumkin;
• senzuraga oid so‘zlashuv, haqorat, fleym, offtop, spam va reklama 
taqiqlanadi; 
• insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoralar,
fayllar va tasvirlar nashr qilish taqiqlanadi


109 
• O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat olib 
bormaydigan saytlarga ishorat joylash yoki shunday
ma’lumotlarga ega 
bo‘lgan saytlardan ma’lumot joylash taqiqlanadi.
Bloglar va viki-
saytdagi materialga izoh berish hamda m a’lumot 
qoldirish. 
Blog 

bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma’lumotlaridan iborat 
bo‘lgan doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma’lumotlar yoki izohlardan
iborat bo‘lgan sayt. Bloglar, odatda, u yoki bu material web
-sahifasi 
tarkibida mavjud bo‘lib, materialga berilgan izohlarni o‘zida mujassamlaydi.
Viki 

bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar 
yordam
ida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish 
imkoniga ega bo‘lgan web
-sayt. 
Chat 
tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish.
Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor 
almashish vositalari va ushbu muloqotni ta’minlab beruvchi dasturiy ta’minot 
tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar
almashish real vaqt tizimida sodir bo‘ladi.
Chat 

bu bir vaqtning o‘zida bir necha foyd
alanuvchining Internet 
orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar, odatda, matn yozishish orqali 
yangiliklar bilan almashishadi yoki biror mavzuni muhokama qilishadi,
gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv 
ko‘rinishidagi x
abarlarni almashish orqali muloqot qiladi. 
Internet konferensiyalar. Internet konferensiyalar

bu muayyan
muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i
orqali o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu te
xnologiyadan
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi.
Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar
ishtirokchilari sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlarda
telekonferensiya a
tamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z
ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter 
konferensiyalarini oladi. 
Audiokonferensiyalar.
Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan 
uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni
saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni 
o‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p
ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan 
jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi.
etmaydi, faqat uning ishtirokchilari
o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini
yengillashtiradi, u arzon hamda qulay. 
Videokonferensiyalar.
Ular ham audiokonferensiyalar qanday 
maqsadlarga m o‘ljallangan b o ‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan,
lekin bun
da videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter 
bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida bir
-biridan ancha uzoq
masofada bo‘lgan uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlari va boshqa 
ishtirokchilarni ko‘rib turisha
di. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham 
eshitilib turadi. 
Videokonferensiyalar
transport va xizmat safari xarajatlarini ancha
qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni 
faqat shu sababga ko‘ra qo‘llamaydil
ar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda 
muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan 


110 
ko‘p sonli menejerl
lar va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini
ko‘radila
r. 
Web-portal tushunchasi. Web-
portal (ing. «portal» —
darvoza so‘zidan 
olingan)

bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta,
izlash, yangiliklar, forumlar va h.k) ko‘rsatuvchi yirik web
-sayt. Portallar 
gorizontal (ko‘p pejani qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan,
masalan, avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy 
(masalan, uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek, ommaviy va 
korporativ bo‘lishi mumkin.
Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga 
ajratish mumkin: 
1. 
Ta’lim saytlari.
Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy

tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan, edu.uz,
eduportal.uz 
2. 
Reklama saytlari.
Bu turdagi saytlarga, asosan, reklama 
agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi. 
3. 
Tijorat saytlari.
Bu turdagi saytlarga Internet do‘konlar, Internet 
to‘lov tizimlari va Internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan,
websum.uz, webmoney.ru, egold.com 
4. 
Ko‘ngilochar sa
ytlar.
Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga,
fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga 
bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, mp3.uz, melody.uz,
cinema.uz 
5. 
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari.
Bu turdagi saytlarga tanishish, 
do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga
bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, sinfdosh.uz, ud.uz,
odnok1assniki.ru 
6. 
Korxona va tashkilotlar saytlari
. Bu turdagi saytlarga davlat 
korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.
Yangi saytni tashkil qilishdagi tashkiliy masalalardan bin bu domen
nomini tanlash va uni ro‘yxatga olishdir. Ushbu jarayon O‘zbekistonda ham 
nomarkazlashgan tartib
da tashkil etilgandir. Ya’ni Internetning UZ hududida 
taqsimlangan ro‘yxatga olish tizimi amal qiladi. Unga ko‘ra, uch darajali
o‘zaro aloqalar modeli tashkil etilgan.
UZ domenining administ.rat.ori UZ domenining asosiy ro‘yxati (reyestr)ni 
boshqar
uvchi davlat tomonidan vakolatlangan tashkilot bo‘lib, u UZ 
domenining rivojlanish yo‘nalishlarini ham belgilaydi. 
Milliy axborot resurslarining rivojlanishi va jahon axborot 
hamjamiyatiga kirib borishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘i milliy 
segmentni rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. 2000-yil 27-martda 
Internet manzillari va nomlarini belgilash Korporatsiyasi (ICANN) tomonidan
imzolangan ccTLDuz ga homiylik qilish kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston
Aloqa va axborotlashtirish agentligining UZINFOCOM Kompyuter va axborot
texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi O‘zbekistonning
yuqori darajali UZ (ccTLDuz) domen zonasining ma’muri etib belgilangan.
Milliy axborot resurslarini
rivojlantirish bo‘yicha hukumat 
qarorlari va 
chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida UZ milliy domen
hududidagi domen nomlarining soni yildan yilga ortmoqda. Jumladan,
2015-yil 4-
dekabr holatiga ko‘ra, UZ milliy 
domen hududidagi domen
nomlarining soni 25060 tani tashkil etadi, yil boshiga nisbatan bo‘lgan 
o‘sish 124 % ga teng.
Ro‘yxatga oluvchi UZ domenlarini ro‘yxatga oluvchi 


111 
yuridik
shaxs bo‘lib, UZ domenining ma’muriyati bilan o‘zaro shartnoma 
asosida domenlarni 
ro‘yxatga olish va domen nomi haqidagi zarur 
ma’lumotlarni asosiy ro‘yxat (reyestr)ga kiritilishini ta’minlovchi xizmatni
amalga oshiradi. Domen 
nomining ma’muriyati (sayt egasi) —
yuridik yoki 
jismoniy shaxs bo‘lib, domen uning nomiga ro‘yxatga 
olinadi. Demak,
mazkur uchlikdagi har bir a’zo o‘z vazifasi va o‘z vakolatlariga egadir. 
Ta’kidlash kerakki, bizning UZ milliy Internet hududimizning tarkibi ko‘p
jihatdan bularning eng so‘nggisi, ya’ni domen nomining ma’muriyatiga
bog‘
liq. Negaki, aynan sayt egalari mamlakat axborot makonining mazmuni 
va tarkibini yaratadi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin