O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
 
Ishdan maqsad: 
Talabalarga Internet tarmog‘i xizmatlari, elektron pochta, video 
muloqot va fazoviy texnologiyalar (Google apps va Microsoft)
 
ulardan samarali foydalanish va 
ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini 
amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
USLUBIY KO’RSATMALAR 
E—mail bu ma‘lum elektron manzilta axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. 
Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o‘xshashdir. Haqiqatdan ham E—mail 
orqali xat jo‘natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to‘ldirasiz, ya‘ni, yuboriladigan manzil 
yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda bo‘ladi). Siz xatni «nusxalash»
orqali bir necha manzillarga jo‘natishingiz, hatto xatga faylni «qo‘shib» yuborishingiz mumkin 
va hokazo.
Elektron xatni jo‘natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo‘natishga o‘xshaydi. Siz aloqa serveri 
(odatda ‘st offise protocol) bilan bog‘lanib, xatni «aloqa bo‘limiga olib borasiz». Keyin
aloqa serveri xatni manzillar serveriga uzatadi, u erdan manzili ko‘rsatilgan kishi xatni «olib 
ketishi» mumkin.
Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma‘lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma, rasm, 
jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma‘lumotlar ko‘rsatilgan manzilga bir
zumda etkaziladi. Ma‘lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma‘lumotni qayta-qayta 
uzatish va saqlash imkoniyati mavjud. 
Elektron pochtadan foydalanishga oid maslahatlar

Хatni printerda chop qilish uchun Fayl menyusida Pechat komandasini kiriting.

Хatni alohida faylga yozib qo‘yish uchun Fayl menyusining Soxranitg‘ kak yoki
Soxranitg‘ komandalaridan foydalaning.

Keraksiz xatlarni Udalitg‘ komandasi yordamida yoki Delete tugmachasi yordamida 
o‘chiring.

Хatlarni tartiblash mumkin, buning uchun Soobopyeniye va Peremestitp v
komandalaridan foydalanishingiz mumkin. Jild Fayl. Papka, Sozdatp menyulari 
yordamida ochiladi.

Хatni topish uchun Pravka menyusining Nayti soobo‘yeniye komandasidan
foydalanishingiz mumkin.

Savatdagi xatlarni baozan o‘chirishni unutmang.

Katta xajmdagi ilovalarni arxivatorlar yordamida kichraytirib jo‘nating.

Хatlarni alfavit, kelgan vaqti. Mazmuni va ilovasiga qarab tartiblashingiz mumkin.
Bu Vid. Sortirovatp komandalari yordamida amalga oshiriladi.

Хattga imzo kiritib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun Opsiyalar menyusida
Podpisp punktini topib, unda imzoni ko‘rsatishingiz mumkin.
Masalan. Ismingiz. Familiyangiz, lavozimingiz, ishxona nomi va manzilini. Тelefon. Faks 
nomerlarini berishingiz mumkin. Bu sizning ishingizni yengillashtiradi. Har gal bu ma`lumotni 
yozishga vaqtingizni sarflamaysiz. Bu vaqtni tejaydi va ishni qulaylashtiradi.
Internet orqali so ‘zlashuv. Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq
foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir- birlari bilan aloqa o‘rnatishi tushuniladi. Bunday 
muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya’ni ular
qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday 
so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday 
dasturlarga Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ kiradi. 
Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga
ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin.


113 
Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foydalanuvchiga tezkorligi, arzonligi hamda
sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi. 
Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqot deganda
foydalanuvchilar bir-birini kompyuter ekranida (onlayn tarzda) ko‘rib turishadi, ya’ni 
foydalanuvchilarning harakatli tasviri uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi 
qurilma web- kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda
qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir-birining gapini eshitib qolmay, balki ko‘rib
ham turishadi.Web-kamera va uning ahamiyati. Web-kamera alohida qurilma bo‘lib, u 
kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotda ishlatiladi. 
Web-kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan
bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida web-kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi 
shart. Web-kamera foydalanuvchilarga ko‘p qulaylik yaratib beradi, ya’ni suhbat jarayonida 
foydalanuvchilar qayerda joylashganligidan qat’i nazar, bir-birlarini ko‘rib turishadi. Internet 
tarmog‘i orqali video muloqotlar Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali 
amalga oshiriladi. 
Skype dasturi. Skype — bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini
ta’minlab beruvchi tizimdir. Skype tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq 
qilishda pulli xizmat ham ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bu tizim yordamida chat sifatida matn
xabarlarini yuborish, video qo‘ng‘iroqlar hamda konferens aloqani ham amalga oshirish 
mumkin. Video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda web-kameradan foydalaniladi. 
Mail Agent dasturi. Mail.ru Agent — Mail.ru kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.ru dasturi tezkor xabarlarni 
almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish, video
qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xabarlarni jo‘natish hamda elektron pochtaga 
kelib tushgan xatlar to‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatini ham taqdim etadi. 
Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi 
matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish va tovushli o‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi.
Bundan tashqari, Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi
bo‘lib, pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish 
uchun Gmail tizimida elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak. 
ICQ — hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan Internet muloqot dasturi hisoblanadi. Bu
dasturning foydalanuvchilar soni 38 mln. dan oshib ketgan. Bu dasturda har bir
foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bo‘ladi. Qidiruvni amalga oshiradigan vaqtda ham ICQ 
raqamidan foydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga ulangan kompyuterda ushbu dasturni 
ishga tushiradi, shundan so‘ng dastur avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. 
Bog‘lanish amalga oshirilgandan so‘ng xabarlar almashish mumkin. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin