O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


 Tarkibida oltin, kumush va platina bo‘lgan xom ashyolarning tasnifi



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

6.5. Tarkibida oltin, kumush va platina bo‘lgan xom ashyolarning tasnifi 
va sinfi 
Tarkibida nodir metallar bo‗lgan temir tersak va chiqindilarni asosiy 
hususiyatlariga, ularni juda keng nomeklaturasi, tarkibidagi ajratib olinadigan 
metallar miqdorini keng intervalda o‗zgarishi, yo‗ldosh elementlarni tarkibida 
metall va nometall qo‗shimchalarni rang-barangligi kiradi.
Ishlab chiqarishda oltin, kumush va platina metallarini temir-tersaklari va 
chiqindilari keng tarqalgan. 
Metallurgik ishlov berish nuqtai nazaridan tarkibida oltin bo‗lgan xom 
ashyolar ikki guruhga bo‗linadi: 
1. Oltin, kumush va nodir bo‗lmagan metallar; 
2. Oltin, platina guruhi metallari, kumush va nodir bo‗lmagan qo‗shimachalar. 
(a) (b) 
6.17.(a,b)-rasm. Oltin chiqindisi va tayyor mahsulot 
 
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: 
a) tarkibida kumush va mis (30 foizgacha Ag va 15 foizgacha Cu) bo‗lgan 
yuqori probali tilla buyumlarning, zargarlik buyumlarining temir tersaklari hamda 
ishlab chiqarishda hosil bo‗lgan buzuq, yaroqsiz mahsulotlar (kumush va mis 
bilan legirlangan qotishmalar); 
b) ishlatilgan elektrolitlardan metallarni rux bilan cho‗ktirish natijasida ajratib 
olingan oltin (yoki kumush) ni cho‗kmalari; 


192 
v) oltindan qoplamasi bo‗lgan zargarlik buyumlarining va ishlab chiqarishda 
hosil bo‗lgan buzuq, yaroqsiz mahsulotlarning temir-tersaklari; 
g) oltin suvi yuritilgan yog‗ochlarni yoqishdan hosil bo‗lgan (~0,1 % Au va 
0,1 % Ag) materiallar; 
d) tarkibida temir, alyuminiy, kremniy, xrom oksidlari va kremniy karbidlari 
bo‗lgan zargarlik ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan polirovkalash pastalari (1-8 
% Ag, 5-18 % Au ) va shlifovkalash kukunlari; 
e) ikkilamchi xom ashyo va yarim fabrikatlarni eritish natijasida olingan
tarkibida 0,1 foizgacha Au va 1 foiz Ag bo‗lgan shlaklar. 
Ikkinchi guruhga quyida keltirilgan tarkibli platina bo‗lgan xom ashyolarning 
kiradi. 
(a) (b) 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin