115
Kamida
VCH45-0
45
35
-
-
187-255
VCH50-1,5
50
38
1,5
1,5
187-225
VCH60-2
60
42
2,0
1,5
197-269
VCH45-5
45
33
5,0
2,0
170-207
VCH40-10
40
30
10,0
3,0
150-197
Po‘latlarni tasnifi
Po‗latlarni dunyo bo‗yicha yagona tasniflash sistemasi mavjud emas.
O‗zbekistonda va sobiq ittifoq davlatlarida po‗latlarni tasniflash va ularni tarkibi,
hamda sifatiga talablar tegishli davlat standartlari va
texnikaviy shartlar bilan
belgilanadi. U yoki bu usul bilan olingan po‗latlar o‗z xususiyatlari bilan
favqulodda rang-barang bo‗ladi. Ular quyidagi alomatlari bo‗yicha tasniflanadi.
A) Ishlatish maqsadi bo‗yicha po‗latlarni quyidagi asosiy guruhlarga bo‗lish
mumkin: yonish (topochnuyu) va qozonxona po‗latlari, temir yo‗l transporti uchun
po‗latlar (relslar, temir yo‗l g‗ildiraklarini belbog‗i (bandaj) uchun po‗lat va
boshqalar), konstruksion po‗lat (binolarni, ko‗priklarni, turli xil mashinalarni va
boshqalarni qurish uchun turli metall konstruksiyalarini yasashda ishlatiladi),
zoldirli podshipnik po‗latlari, asbobsozlik po‗latlari (turli xil
asboblar, qirqichlar,
prokat qilish stanoklarini valiklarini, temirchilik-shtampovkalash
uskunalarini
detallarini va boshqalarni yasashda ishlatiladi), ressor-prujina po‗latlari,
transformator po‗latlari, zanglamaydigan po‗latlar, qurolsozlik po‗latlari, truba
ishlab chiqarish po‗latlari va boshqalar.
Po‗latlar sifati bo‗yicha ko‗p hollarda quyidagi guruhlarga bo‗linadi: oddiy
sifatli va yuqori sifatli. Bu guruhlarning bir-biridan farqi –
ularning tarkibidagi
ruhsat etilgan zararli aralashmaning (birinchi navbatda oltingugurt va ftor), hamda
alohida talab qo‗yilganda nometallik moddalarini va boshqa metallarini miqdoriga
bog‗liq bo‗ladi. Masalan, oddiy sifatli po‗latlarda oltingugurt va fosforni ruhsat
etilgan miqdori 0,055-0,06 foizgacha, sifatli po‗latlarda 0,02-0,03
foizgacha
bo‗lishi kerak.
116
V) Po‗latlar kimyoviy tarkibi bo‗yicha uglerodli (o‗z navbatida past, o‗rta va
yuqori uglerodlashgan), past-, o‗rta- va yuqori ligerlangan (o‗z navbatida,
xromlangan, marganetslangan, xromnikellangan va boshqalar).
Sobiq ittifoq respublikalarida po‗latlarni kimyoviy
tarkibini belgilashning
quyidagi yagona belgilash bilan belgilangan:
Element
S
Mn
Si
Sr
Ni
Mo
W
V
Al
Ti
Belgilanish
U
G
S
X
N
M
V
F
YU
T
G) Po‗latlarni qoliplarda tinish xususiyati bo‗yicha quyidagilarga bo‗linadi:
tinch, qaynovchi va yarim tinch. Qoliplarda kristalizatsiyalanish paytida metallarni
o‗zini tutishi, ularni erish darajasiga bog‗liq. Po‗latni erishida ko‗pchish
(raskislonnnosti)
qanchalik
to‗liq
bo‗lsa,
quyma
shunchalik
tinch
kristalizatsiyalanadi;
D) Po‗latlar ishlab chiqarish usuli bo‗yicha quyidagicha tasniflanadi:
1)
ishlatiladigan agregatni turiga qarab:
- konvertor (o‗z navbatida kislorodli-konvertor),
-
bessemer (bessemer konvertorida erigan cho‗yanning ortiqcha uglerodini
havo yordamida kuydirib po‗latga aylantirish),
-
tomason,
-
marten,
-
elektropo‗lat,
-
elektroshlakni qayta eritish po‗latiga va boshqalarga bo‗linadi;
2)
ishlatilish texnologiyasi bo‗yicha:
-
asosiy va nordon martenli,
-
asosli va nordon elektropo‗lat,
-
vakuumda sintetik shlaklar ishtirokida inert
gazlar bilan puflab ishlov
berilgan va boshqa po‗latlarga bo‗linadi;
3)
holati bo‗yicha:
-
qattiq holdagi (gubchaga o‗xshash, g‗ovak-g‗ovak temir - bevosita tiklash
natijasida hosil bo‗lgan mahsulotlar),
117
-
elektrolitik holdagi (tarkibida temir bo‗lgan materiallarini elektroliz
qilishdan hosil bo‗lgan mahsulotlar),
-
kukunsimon holdagi (suyuq po‗latni mayda
zarrachalarga aylantirish,
changlatish jarayonidan hosil bo‗lgan mahsulotlar),
-
xamirsimon holdagi («Aston-Bayers» jarayonidan, pudling, krichli va
boshqa jarayonlar natijasida hosil bo‗lgan mahsulotlar),
-
suyuq, quyilgan holdagi (konvertor, marten va boshqa shunga o‗xshash
jarayonlarning mahsulotlari).
Dostları ilə paylaş: