O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

5.1-rasm. Po’lat maxsulotlari 
 
 
 
 


118 
5.2. Temir chiqindlariga qo‘yiladigan talablar, cho‘yan temir-tersak va 
chiqindilarini hosil bo‘lishi, ishlatilishi va qayta ishlovchi agregatlarni 
tasniflanishi 
Marten po‗latini olish uchun maksimal gabariti 1000x1050x750 mm bo‗lgan 
temir-tersak va chiqindilar ishlatiladi. Bunday temir-tersaklarni sig‗imi 100 tonna 
bo‗lgan elektropechlarda ham ishlatilishi mumkin. Ikkilamchi qora metallardan 
ratsional foydalanish uchun temir-tersak va chiqindilar navlarga ajratilishi va 
ma‘lum o‗lchamlarga keltirilishi kerak. Buning uchun oldingi bo‗limlarda 
keltirilgan temir-tersak va chiqindilarga birlamchi ishlov berish jarayonlarining 
ayrimlari bajariladi: 
1) aralashgan metall temir-tersak va chiqindilarini navlarga ajratish; 
2) metallarni olovli va qaychili kesish
3) engil massali chiqindilarni sovuq va issiq sharoitda paketlash va briketlash; 
4) metallik qirindilarni maydalash; 
5) koperda bo‗laklash, maydalash, po‗lat va cho‗yan temir-tersaklarni 
portlatish yo‗li bilan maydalash; 
6) shlak chiqindilaridan metallni ajratib olish.
Ikkilamchi temir asosli temir-tersaklarni navlarga ajratishda quyidagi usullar 
qo‗llaniladi: 
a) tashqi ko‗rinishiga qarab aniqlash; 
b) magnitlashga og‗ish usuli; 
v) uchqunli usul; 
g) spektral tahlil; 
d) kimyoviy tahlil (tomchilab tahlil qilish). 
Magnitlashga og‗ish usuli navlarga ajratishda keng tarqalgan usullardan 
hisoblanadi. Lekin magnitga hamma qora metallarning temir-tersaklar ham 
tortilavermaydi. Xrom va marganets miqdori yuqori bo‗lgan po‗lat temir-tersaklari 
va chiqindilari magnitga tortilmaydi: EI69, EI417, EI435, X14G14H, X18H9, 
X18H10T, OX10H20T2, OX23H18. Bundan tashqari rangli metallarni ayrim 
qotishmalari magnitga tortilishi mumkin. Masalan: nikel va uning qotishmalari. 


119 
Uchqunli usulda qora metall temir-tersaklari guruhlarga, markalarga ajratiladi. 
Bunda metall bo‗lagi qayroq tosh o‗rnatilgan stanokka tekkiziladi va uchib 
chiqayotgan uchqunning rangiga, yorug‗ligiga sochilishni formasiga qarab 
ajratiladi. Uchqun qizil bo‗lsa temir-tersakda volfram borligini, to‗q-sariq bo‗lsa 
xrom borligini, qizg‗ish-sariq bo‗lsa nikel borligini bildiradi. Uchqun oqimiga 
metaldagi uglerod miqdoriga bog‗liq bo‗ladi, chunki uglerod havoday engil 
oksidlanadi. Uglerod miqdori qanchalik yuqori bo‗lsa, uchqundagi yulduzlar 
shunchalik ko‗p va uchqun shunchalik yorqin bo‗ladi. 
Aralashgan temir-tersaklar va chiqindilar ichida nostandart buyumlarni bo‗lishi 
ularni maxsus uskunalar yordamida navlarga ajratish vazifasini qo‗ydi. Bu vazifa 
asosan spektral usullar asosida bajariladi. Spektral tahlil usuli bilan navlarga 
ajratishda statsionar stiloskoplar SL-3, SL-10, SL-11A va ko‗chirib yurish mumkin 
bo‗lgan stilaskoplar SLP-1, SLP-2 qo‗llaniladi. 
Kimyoviy usul bilan navlarga ajratishda, kimyoviy moddalarni metalga 
tomchilanadi yoki kimyoviy moddaga temir-tersak bo‗lagi tekkiziladi va kimyoviy 
moddani ta‘siriga qarab aniqlanadi. Navlarga ajratilgandan so‗ng temir-tersaklarga 
birlamchi ishlov beriladi. Birlamchi ishlov berish yakunida, temir-tersaklar ruhsat 
etilgan yiriklikka kerakli kimyoviy tarkibga alohida jamlangan holga keltiriladi.
Hozirda sanoatni ilmiy texnikaviy rivojlanishi jarayonida yangi konstruksion 
materiallarni yaratishga bo‗lgan ehtiyoj ortdi. Bu materiallarni ishlatishdan asosiy 
maqsad-ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlash davomiyligini va ishonchliligini 
oshirishdir. Lekin shu bilan birga cho‗yanga bo‗lgan talab kamaymayapti. Hali 
ham cho‗yan bir qator ishlab chiqarish tarmoqlarida eng kerakli material sifatida 
ishlatilmoqda. Shuning uchun cho‗yanni ikkilamchi hom-ashyolardan ishlab 
chiqarish bugungi kunda ham o‗z qadrini yo‗qotmagan. Cho‗yan va cho‗yandan 
yasalgan buyumlarning asosiy iste‘molchisi - kimyo, traktorsozlik, mashinasozlik, 
stanoksozlik, asbobsozlik va avtomobilsozlik sohalaridir. Lekin eng keng 
ishlatiladigan umumiy soha - mashinasozlik sohalarida cho‗yan va cho‗yandan 
yasalgan buyumlarga bo‗lgan talab turlicha: 


120 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin