O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Yaxshilik va yomonlik. Bu ikki tushuncha qutbiy xarak-
terga ega, ya’ni inson hayotining barcha ijobiy tomonlari 
yaxshilik hisoblansa, ijtimoiy taraqqiyot, insoniy qadr-qim-
matlarning yuksalishiga to‘sqinlik qiladigan va unga bo‘lgan 
barcha xatti- harakatlar esa yomonlikka kiradi. 
Rivoyatga  ko‘ra,  Luqmoni  Hakimning  oldiga  bir  guruh 
kishilar mehmon bo‘lib kelishdi. Undan hikmatga oid narsala-
rni so‘rashdi. Shunda kelganlardan biri:
–  Ey hakim, sen falon yerda cho‘ponlik qilgan kishi emas-
misan?- deb so‘rab qoldi. 
–  Ha,  o‘sha  cho‘ponman,  -  javob  berdi  Luqmon,  -  hozir 
ko‘rib turibsanki, hakimman.
–  Bu darajaga qanday erishding? – so‘radi yana u.
Luqmoni Haqim unga: 
– To‘g‘ri so‘zlashdan, odamlarga yaxshilik qilishdan
omonatga hiyonat qilmaslikdan, yolg‘on so‘zlamaslikdan, be-
huda gapirmaslikdan, musibat va qiyinchiliklarga mardona 
chidashdan, o‘zini barchadan kam olishdan va harom luqma 
totmaslikdan! – deb javob berdi. 
Donishmandlar biror kimsaga katta yaxshilik qilgan 
bo‘lsang, uni kichik deb bil, birov senga yaxshilik qilgan 
bo‘lsa, uni katta deb bil, birovga yaxshilik qilgan bo‘lsang, 
yaxshiligingni aytib, uni kamsitma, birovga ichirgan va ed-
irganingni minnat qilib, zaharga aylantirma deb uqtirganlar. 
Chunki evaziga narsa kutib qilingan yaxshilik hisoblanmaydi, 
balki u oddiy oldi-berdidan iborat xolos.
Yaxshilik qilishga bo‘lmasa imkon,
Yomonlik qilmagin, qaytar o‘zingga
1
!
Ruhiy tarbiya kitobida yaxshilikning mohiyati quyidagi-
cha  izohlangan:  “Yaxshilik  yuzingizni  mashriq  yoki  marg‘ib 
tomonga  burishingizda  emas.  Yaxshilik...yaxshi  ko‘rgan  mo-
lini qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga, ko‘chada qol-
1
  Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni. –T.: Sharq, 2008.-B. 191-192


129
ganlarga, tilanchilarga berganidur...ahd qilganda ahdiga vafo 
qiluvchidir, kambag‘allik, qiyingchilik paytida va shiddat 
vaqtida sabr qiluvchilarga xosdir... insonni ota-onasiga yax-
shilik qilishi solih amaldir”.
Manmanlik – ijtimoiy munosabatlarda o‘zini o‘zgalardan 
yuqori qo‘yish, ularga past nazar bilan qarash, boshqalar ning 
fikr-mulohazalarini  e’tiborga  olmaydigan,  faqat  o‘zini  haq 
deb, o‘zgalarni tan olmaydigan kishilarga xos salbiy xususi-
yatni ifodalaydigan atama
1
.
Rivoyatlarga ko‘ra Anushirvonning o‘g‘li Hursus Ah-
voz viloyatiga borgan paytda o‘sha yerning hokimi bilan 
muloqotda bo‘ldi va bir kuni unga dedi: Senda yagona 
bir aybdan boshqa hech qanday aybni ko‘rmadim. Ammo 
o‘sha ko‘rgan aybim bilgilki, o‘nta aybni o‘z orqasidan er-
gashtirib yuradi. 
Hokim: u qanday ayb ekan? Orqasidan ergashtirib keladi-
ganlari esa qaysilar, aytib ber! 
Hursus dedi: o‘sha ayb kerilish va manmanlikdur. Bilgilki, 
unga ergashadigan ayblarning birinchisi, mensimaslik bo‘lib, 
uning oqibati xalq nafratiga yo‘liqishdir. Ikkinchisi, odamlarni 
taftish va tadqiq qilib, ularga dashnom bergan holda o‘zi esa 
kasb-hunarning birortasiga ham ega bo‘lmaslik. Uchinchisi, 
o‘qishdan or qilish, buning natijasida ilmu-adabdan bebah-
ra qolish. To‘rtinchisi, o‘tirishdan barchadan o‘zini ustun va 
dono deb bilish, buning natijasida o‘ziga dushman orttirish va 
obro‘yini to‘kish. Beshinchisi, manmanlik tufayli chegaradan 
chiqish, balandroq amalni xohlab qolish, natijada xoru-zor 
bo‘lib, o‘z martabasidan ham ajrash. Oltinchisi, odamlarning 
haq-huquqini hurmat qilmaslik, bemorlardan xol so‘ramaslik 
va  shunga  o‘xshash  narsalardan  ko‘z  yumish.  Yettinchisi, 
odamlarga xavf solish, ularni masxara qilish, natijada beqadr 
bo‘lish. Sakkizinchisi, maslahatsiz ish tutish, natijada hijolat 
chekib, nadomat tortish. To‘qqizinchisi, odamlar meni ulug‘ 
fahmlaydi, deb o‘ylash va gumonda yurish. Fozil va komil 
1
  Manaviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati.T.,2009.


130
kishilarga quloq solmay, haqorat ko‘zi bilan qarash, natijada 
ularning nazaridan qolish
1

Alloma Axmad Yassaviy manmanlikka berilgan odamni o‘z 
qadrini bilmagan, o‘zgalar qadrini e’zozlamagan inson sifa-
tida ifodalaydi:
Hayfi odam o‘z qadrini o‘zi bilmas,
Manlik qilib, yaxshilarni ko‘zi ilmas
2
.
Manmanlikning ofatlaridan biri kibrga olib boradi. 
Kibrdan esa ko‘plab ofatlar tug‘ilishi sir emas. Agar manman-
lik va kibr jam’ bo‘lib qolsa, ikkisi barcha fazilatlarni yo‘qqa 
chiqaradi.
Insonning olamga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati axlo-
qiy ong doirasida yuz ko‘rsatadi. Bu munosabat kishilarning 
xulq-atvori, urf-odatlari, xarakteri, imon-e’tiqodiga yaxshilik 
va yomonlik nuqtai nazaridan baho berishda ko‘rinadi. Zotan, 
axloqda tiriklik mazmuni, insonning yorug‘ dunyodagi burchi, 
or-nomusi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.
 “Butun tabiat quyosh nuri bilan tirik. Ammo inson qu-
yosh nuridan bahramand bo‘lish bilan cheklana olmaydi. In-
son ruhi yaxshi odamlarning so‘zidan, siymosidan, ijodidan 
taraladigan ma’naviy ziyoga ham katta ehtiyoj sezadi. Chunki 
ham tabii y nur, ham ma’naviy ziyo bilan yo‘g‘rilgan inson 
hayotigina barkamol bo‘ladi”deganda atoqli adib P.Qodirov 
ham haq edi.
Alloma Jaloliddin Rumiy zamonamiz olimlari qilni qirq 
yoradilar, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni juda yaxshi 
biladilar, ammo o‘ta muhim, o‘zlari uchun qolgan barcha nar-
salarndan yanada yaqin bo‘lganni, ya’ni o‘zlarini bilmaydilar. 
Hamma narsadan yaqin bo‘lgan borliq bu-ularning menligi-
dir deganlar. Bu bilan mavloniy Rumiy insonni avvalo, ko‘zini 
ochishga va ochilgan ko‘zlar bilan o‘z mohiyatiga nazar tash-
lashga undaganlar.
1
  Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni. –T.: Sharq, 2008. –B.343.
2
  Homidiy H. Ko‘hna Sharq darhalari.T:.Sharq,1999.-B.115.


131
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan xulosa quyidagicha: 
1.  Axloqni sayqallash dunyodagi eng muhim ishlardan 
sanaladi. 
2.  Axloqiy dunyo o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy bo‘lib, kishi-
lar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda alohida aha-
miyatga ega. 
3.   Axloqiy tarbiyaga oid manbalarni, o‘git va hikmatlarni 
mudom o‘rganish asnosida o‘z xulqidagi illatlarni isloh qilish.
4.   Insonlarga nisbatan kengbag‘ir va kechirimli bo‘lishni 
o‘rganish.
5. Boshqalarga nisbatan go‘zal muomala va tavozuli 
bo‘lishni o‘zlashtirish.
6.  Ezgu fikrli va ezgu amalda bo‘lish orqali shu sifatdagi 
kishilar bilan ko‘p va mudom aloqa o‘rnatish.
7.  O‘zini  anglab  yetish,  o‘zini  tanish,  o‘z-o‘zini  takomil 
eta bilish orqali haqiqatga (Haqqa) yaqinlashish.
8.  Inson  aqli,  bilimi  va  e’tiqodi  orqali  o‘zligini  anglaydi, 
hayotini barqarorlashtiradi.
9.  Adolatparvar bo‘lish, bu yo‘lda aql va ilmga, imon va 
halollikka suyanish.
10. Inson o‘z taqdiri va hayotiga o‘zi mas’ul, o‘z-o‘zini 
nazorat qilishi va hulqlanishi o‘ziga bog‘liq.
11. Hayotiy ibrat va tajribalardan oqilona foydalanish.
12. Odamlar o‘rtasida nizolarni tugatish, yaxshilikka cha-
qirish ulug‘lik belgisidir.
13. 
Insonning halovat topishi insoniy fazilatlarni 
o‘zlashtirish va amalda qo‘llashidadir.
14. Manfaatlar  to‘qnashuvi  va  o‘zaro  ziddiyatlarni  kishi 
o‘z-o‘zini tanqid qilish orqali bartaraf etish mumkin. 


132
102 
 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin