Internet saytlari
1. www. catalog. alledu. ru/predmet/bio/botanika/
2. www. lyceum1.ssu. runnet.ru/dist/botany/botany. html
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
_________t.f.n. U.Xudanov
“___” _______________2018 y
“BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASIDA O’QITILADIGAN
RIVOJLANISH BIOLOGIYASI
FANI BО‘YICHA BAKALAVR TALABALARI UCHUN MUSTAQIL TALIM BО‘YICHA
USLUBIY KO’RSATMA
Jizzax-2018.
Tuzuvchi: “Biologiya o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi X.K.Berdiqulov
Fanni mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatma Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti O`quv-uslubiy kengashida tasdiqlangan Rivojlanish biologiyasi fani ishchi o’quv dasturi asosida tayyorlangan.
Rivojlanish biologiyasi fanidan mustaqil ta’limni bajarish bo’yicha
USLUBIY KO’RSATMALAR
Rivojlanish biologiyasi fani bo’yicha talabalarni mustaqil ta’limlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 14 avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 286-son qaroriga muvofiq ravishda olib boriladi.
O’quv rejada belgilanganidek, 5110400-Biologiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishida I kurs 2-semestrida o’qitiladi. Fan uchun jami 108 soat, shu jumladan, 34 soat ma’ruza, 40 soat laboratoriya, 34 soat talabaning mustaqil ta’limi uchun ajratilgan.
Talabaning mustaqil ta’limi o’quv rejasida Rivojlanish biologiyasi fanini o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u metodik va axborot resurslari bilan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Talaba mustaqil ta’limining asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Rivojlanish biologiyasi fanidan beriladigan mustaqil ta’limning shakllariga, universitet o’quv – me’yoriy hujjatlarida ko’rsatilganidek fan dasturidagi ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, laboratoriya mashg`ulotlariga puxta tayyorgarlik ko`rish, o’qitiladigan fanga oid stend, jadvallar, slayd va animatsiyalar tayyorlash kiradi. Talaba mustaqil ta’limini nazorat qilish ma’ruza mashg’ulotlarini olib boradigan o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba uchun fan bo’yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari tegishli kafedrada o’quv mashg’ulotini bevosita olib boruvchi o’qituvchi tomonidan tuziladi hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ta’limni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog’idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |