O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


I bob.O`ZBEKISTONDA TARIX FANI TARIXSHUNOSLIGI



Yüklə 401 Kb.
səhifə2/8
tarix10.06.2023
ölçüsü401 Kb.
#127997
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

I bob.O`ZBEKISTONDA TARIX FANI TARIXSHUNOSLIGI


    1. 50 yillarning birinchi yarmida Sovet davlatidagi siyosiy vaziyat va jamiyatni demokratiyalashtirishga urinish tarixshunosligi.

Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini oʻrganuvchi fan. T. tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki maʼlum bir muammoga bagʻishlangan tarixiy tadqiqotlarni urganadi va taxlil qiladi. T. nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (mas., sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan xam shugullanadi. T.ning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida tuplangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadkiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiyilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat. T. oʻtmishda kechgan va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiytarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning oʻsib borishi jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliklikda ifodalaydi, ijtimoiysiyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga taʼsirini, u yoki bu yunalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniklaydi. T., shuningdek, fan taraqqiyotida oʻz urniga ega bulgan i.t. markazlari tarixini, unda faoliyat koʻrsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qoʻshgan hissalarini oʻrganish kabi vazifalarni ham bajaradi.
T. tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud: qiyosiy iarixiy usul —turli tarixiy davrlarda tarixiy maʼlumotlar qanday paydo boʻldi, harakatlandi, oʻzgardi va rivojlandi, jamiyat taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi jarayonini aniklashda qoʻllaniladi; aniq tahliliy usul — olib borilgan T. tadqiqoti voqea-hodisalar tafsilotini kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayonini nazariy va faktik materiallarning oʻzaro aloqasida taxlil qiladi, ularning fanda kanday yoritilganligini oʻrganadi; mantiqiy tahliliy usul — T.da katta imkoniyatlarga ega boʻlib, tarixiy muammoning oʻziga xos xususiyatlari, tuzilishi, boshqa tarixiy hodisalar bilan bogʻliqligini oʻrganishda qoʻllaniladi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliqlikda ifodalaydi; xronologik usul — voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda toʻplangan tarixiy faktlarni oʻzaro bogʻliklikda oʻrganishda qoʻllaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlarning harakatini, muammoga yondashuvda konsepsiyalar, qarashlar, gʻoyalarning oʻzgarib borishini xronologik tartibda takroriy yoki xilmaxil jihatlarini ochib beradi; davriylashtirish usulida maʼlum bir tarixiydavriy chegarada tarix fanining sifat, uslub va xususiyatlarining oʻzgarishiga ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning taʼsiri, har bir yangi bosqichda vujudga kelgan ilmiy gʻoyalarni harakatlantiruvchi omil va yoʻnalishlar aniqlanadi; retrospektiv tahlil — har bir ilmiy adabiyot oʻz davriga taalluqli boʻlib, uning kuchli va kuchsiz jihatlarini oʻzida aks ettiradi. T. tadqiqotlarda tadqiqotchining vazifasi oʻzidan avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan oʻrganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil qilishdan iborat.
T. tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yaratilgan baʼzi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston", Abu Bakr Narshaxiyning "Tarixi Buxoro", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Boburning "Boburnoma", Muhammad Yusufbek Bayoniyning "Tarixi Xorazm", "Shajarai Xorazmshohiy", Ahmad Donishning "Buxoro amirlarining tarjimai hollari" va boshqalarda muayyan maʼlumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida taxliliy yondashuvga boʻlgan harakatlar kuzatiladi.
Oʻzbekistonda T. tarix fanining maxsus sohasi va aloxida tadqiqot predmeti sifatida 20-asrning 2yarmida shakllandi. Oʻzbekiston FA Tarix institutoʻ tashkil topgach, bir qator tarixshunoslar, jumladan, V.Ya. Nepomnin, R.N.Nabiyev, I.K. Dodonov, L.M.Landa, X.I.Inoyatov, B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq qilishga kirishdilar. 1968-yil Tarix instituti qoshida "T." sektori, keyinroq boʻlim tashkil etilishi bu sohaning rivojiga katta hissa qoʻshdi (boʻlimni 1968—88 yillarda tarix fanlari dri B.V.Lunin, 1988—92 yillarda tarix fanlari nomzodi V.A.Germanov boshkargan, 1992-yildan tarix fanlari dri, prof. D.A.Alimova rahbarlik qilib kelmoqda).
Oʻzbekistonda tarix fani va uning baʼzi sohalari rivoji dinamikasini yorituvchi asarlar [Axunova M.A., Lunin B. V., Istoriya istoricheskoy nauki v Uzbekistane, T., 1970; XX asrning dastlabki oʻttiz yilligi Oʻzbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari), 1— 2qism, T., 1994; Alimova D. A., Ivanova L. S, 50 let izucheniya istorii Uzbekistana v godoʻ voynoʻ 1941—1945 gg . sovremennie zadachi i perspektivoʻ yeye istoriografii, T., 1995; Lunin B. V., Istoriografiya obhestvennoʻx nauk v Uzbekistane, T., 1974; Saidqulov T. S, Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavxalar, T. S, 1992; Doniyorov A. X., Mustaqil Oʻzbekiston etnografiyasi tarixshunosligining ayrim masalalari, T., 2003] yaratildi. Sharqshunos olimlar (Lunin B. V., Biobibliograficheskiye ocherki o deyatelyax obhestvennoʻx nauk Uzbekistana, t. 1, T., 1976; t. 2, T., 1977), mustamlakatotalitar tuzum sharoitida Oʻzbekiston tarix fani sohasida xizmat qilgan tarixchilarning hayoti va faoliyati (Alimova D. A., Rashidova D., Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri, T., 1999; Germanov V. A., Istoriki Turkestana v usloviyax politicheskogo terrora 20—30x godov, T., 2000; Germanov V. A, Professor Pulat Saliyev i yego vremya, T., 2002) asarlarda aks ettirildi; xotinqizlar muammosi tarixshunosligi [Alimova D. A., Jenskiy vopros v Sredney Azii: istoriya izucheniya i sovremennie problemoʻ (20—80e gg .), T., 1991]; milliy ozodlik harakatlari, ularning xorijda oʻrganilishi (Ziyayeva D. H., Turkistonda milliy ozodlik harakati, T., 2000) asarlarda oʻz ifodasini topdi.
XX asrnig birinchi yarmida Sovet davlati ittifoqqa qo`shib olingan barcha millat va madaniy tengsizligini bartaraf qilish uyzasidan bir qancha shularni amalga oshirgan bo`lsa-da, aslida bu xalqlarga ittifoq tarkibida majburan ushlab turish, ularni nazorat qilib turish siyosatini olib bordi. Masalan, quyidagi hujjatda Sovet davlatining o`ziga qaram bo`lgan hududlarda qat`iy amal qilinadagan yo`riqnomasidan, bu xol ochiq yozib qoldirilgan: 35. Boshlang`ich va o`rta maktablari, bundan ham avval, o`rta va oliy o`quv uyrtlarida o`ta e`tibor qozongan o`qituvchilar shidan chetlashtirilishi lozim bo`ladi. Ularnig o`rniga biz tomonimizdan belgshilanadigan kishilarni qo`yish kerak. Fanlar orasidagi farq teislab uyborilishi originallar nashri cheklanishi, lotin va o`zbek tillari, umumiy filosofiya, mantiq va genetika fanlarinig o`tilmog`i to`xtatilishi shart. Tarix darslarida o`tgan siyosatdonlar kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urinishga burmoq lozim bo`ladi. Maxsus maktablarda mutaxassislik juda chegaralab o`tilishi kerak.1
Ko`rinish turikdiki, urishdan keyin butun dunyoga kommunistik g`oya ustinligini yoyish uchun harakatlar boshlangan. Sovetlar jahon bo`ylab o`z hukmronligini o`rnatmoqchilar. Bu hujjat – yo`riqnomada tarixchi olimlarga ham bevosita aloqadar jumlalar bor edi. 45. Oliy o`quv uyrtlariga shunday kishilarni qabul qilish kerakki, ular halqning omi qatlamidan bo`lishsin va ularni mutaxassislik bo`yicha chuqur bilim olish emas, balki faqat diplom qiziqtirsin. (O`zb.yangi: -510 bet). Demak, kommunistik mafkura milliy o`zlikni anglashni ongli ravishda buzishga harakat qilib, hayosizlarga, dalil – isbotsiz xalqning eng ongsiz bo`lib qolishini istab, O`zbekistonninggsh ham yoshlarining ziyoliy kishilarining hurfikrliklarini yo`q qilishga intildi.
Bu harakatlarning boshida kommunistik partiya turar edi. O`z. KP(b) Mq buyrosi 1950 yil 1 sentyabrdagi qonunlari O`zbekiston xalqlari tarixining Sovet davriga bog`ishlangan kitoblar ham yaratilmaganini tanqid qilib, “Bizda tarix masalalarida yana bir muhim mamchiliklar bor. O`zbekiston tarixi Sovet davri haqida birorta ham asar yozilgan emas”. “O`zbekiston xalqlari tarixi”ning Sovet davriga bag`ishlangan uchunchi jilda va “O`zbekiston KP(b) tarixi ocherklari” juda sekin yozilmoqda. Bizning tarixchilarimiz VKP(b) ning rahbarlik va yo`l ko`rsatuvchilik rolini, O`zbekiston saqialistik negizda o`zgartirishda buuyk rus xalqi, VKP (b) Markaziy Komitet, ulug` yo`lboshchilarimiz Leninva Stalin bergan g`oyat katta yordamini har tomonlama ko`rsatib berishga alohida e`tibor qilishlari kerak.2 deb olimlarga tariximizni qanday yozish kerakligi haqida masus “ko`rsatma” berildi.
Mana shular natijasida, zulm va zo`ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o`zligini, millat qadr – qiymatini teran anglagan, ijtimoiy – siyosiy ongi uyksak, xalqni uyhotishga, halqni boshqarishga qodir bo`lgan, ma`rifat va ma`naviyat yo`lida fidoyilik ko`rsatgan barcha aql-zakovat soxiblarining qancha-qanchalari jismonan yo`q qilindi. Bular orasida ko`plab tarixchi, sharqshunos, ziyoliy va olimlarimiz ham bor edi. Partiyaning XX s`ezdi, shaxsga sig`inish deb Stalinni qoralagan bo`lsada, hech qanaqa demokratiya haqida, erkinlak haqida ochiqchasiga gapirish mumkin emas edi

.


Yüklə 401 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin