O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.”  usulining



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

3.3.“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.”  usulining 

fizikani o’qitishdagi ahamiyati 

Fizika  fani−eksperimental  fan.  Fizikani  o’qish,  o’rganish,  o’zlashtirish 

jarayonida  o’quvchilar  birmuncha  qiyinchiliklarga  duch  kelishlari  mumkin.  Bu 

vaqtda  o’quvchilarda  o’z    bilimiga  ishonchsizlik  paydo  bo’lib,  oqibatda  fandan 

zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin. 



 

53 


 

Bugungi zamon  fizika o’qituvchisi esa o’quvchilarga  fizika  fanidan zaruriy 

bilimlarni  beribgina  qolmay,  ularda  fanga  qiziqish  uyg’ota  olishlari  kerak-ki, 

natijada  bu  sohada  yaxshi  mutaxassis,  yetuk  kadrlar  yerishib  chiqsin.  O’qituvchi 

o’tgan  har  bir  dars  boshqa  darsdan  farq  qilishi  kerak.  Darsni    yangi  pedagogik 

texnologiyalar,  axborot  vositalari,  ko’rgazma  qurollari  asosida  tashkil  qilsak,  bu 

dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta’lim samaradorligi kafolatlanadi. 

 

Interfaol metodlardan biri “Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi 



bo’lib, uni fizika darsida qo’llashda yaxshi natijaga erishish mumkin. 

“Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi. [16] 

Bu metod orqali  muayyan mavzular bo’yicha  o’quvchilar bilimini baholash  

va  o’qituvchining  o’quvchilarning  nimalarga  qiziqishlari,  mavzuni  o’zlashtirish 

darajalarini  bilib olishga imkon beradi. 

Ushbu metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan ommaviy yoki guruhli 

ishlash  mumkin.  Guruh  shaklida  tashkil  etilganda  mashg’ulot  yakunida  har  bir 

guruh  tomonidan  bajarilgan  faoliyat  tahlil  etiladi.  Guruhlarning  faoliyati  quyidagi 

ko’rinishda tashkil qilinishi mumkin: 

 

1.Har  bir  guruh  umumiy  sxema  asosida  o’qituvchi  tomonidan  berilgan 



topshiriqlarni  bajaradi  va  mashg’ulot  yakunida  bu  guruhlarning  munosabatlari 

loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi. 

 

2.  Guruhlar  umumiy  sxemaning  alohida  bandlari  bo’yicha    o’qituvchi 



tomonidan berilgan topshiriqni bajaradi. 

 

Dars  jarayoni  bevosita  yozuv  taxtasi  yoki  ish  qog’ozida  o’z  aksini  topgan 



quyidagi sxema asosida tashkil etiladi 

Bilaman 


Bilishni xohlayman 

Bilib oldim 

 

 

 



 

Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat. 

1-bosqich. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan  mavzu bo’yicha 

tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 




 

54 


2-bosqich.O’quvchilarning  mavzu  bo’yicha  mavjud    bilimlarini  boyitishga 

bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi. 

 

3-bosqich.O’quvchilar  yangi  mavzu  bo’yicha  ma’lumotlar  bilan  batafsil 



tanishtiriladi. 

 

Akademik  litseyda  texnika  yo’nalishidagi  guruhlarning  III  bosqichida 



o’tiladigan  “Quyosh  energiyasidan  foydalanish.Yarim  o’tkazgichli  batareyalar.” 

nomli mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. 

Yangi mavzuni bayon qilishdan avval guruhdagi o’quvchilardan guruhchalar 

tashkil etiladi va yuqoridagi sxema guruhchalarga tarqatiladi. 

Bu  bosqichda  o’quvchilarning  “Quyosh  energiyasidan  foydalanish.Yarim 

o’tkazgichli  batareyalar.”mavzusi  bo’yicha  tushunchalarga  egalik  darajalari 

aniqlanadi.  O’quvchilar  jadvalning  1-ustunini  to’ldiradilar.  Ya’ni  o’qituvchi  hali 

yangi  mavzuni  tushuntirmagan  bo’lsa-da,  o’quvchilar  yangi  mavzuga doir qanday 

bilimga  ega  ega  ekanliklarini  sxemada  ifoda  etadilar.  O’quvchilar  1-ustunni 

quyidagicha to’ldirdi deylik. 

I.Bilaman. 

• Quyosh Yer yuzidagi asosiy issiqlik va yorug’lik manbai. 

• Hozirda dunyo bo’yicha energiya zahiralari kamayib bormoqda va bu yangi 

energiya manbalarini topishga ehtiyoj tug’diradi. 

• Quyosh energiyasidan foydalanish ommalashib bormoqda . 

 

 



2-bosqich.  Jadvalning  2-ustunida  o’quvchilar  yangi  mavzu  bo’yicha 

nimalarni  o’rganmoqchilar,  nimalarni  bilmaydilar-u,    shuni  o’zlashtirmoqchi 

bo’lsalar ustunchaga qayd etadilar. 2-ustun quyidagicha to’ldirdi deylik. 

II.Bilishni xohlayman. 

• Qanday qilib quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish mumkin? 

• Quyosh batareyasining ishlash prinsipi qanday? 

• Bu batareyalar bulutli kunda ham ishlayveradi-mi? 

• Yarim o’tkazgichli  batareyalarning foydali ish koeffitsiyenti qanday? 




 

55 


Shundan so’ng  uchinchi bosqich boshlanadi. 

3-bosqich. Bunda o’qituvchi  yangi  mavzuga oid  umumiy  ma’lumotlar bilan 

o’quvchilarni  xabardor  qiladi.Yangi  mavzu  bo’yicha  materiallar  tarqatiladi.Dars 

qiziqarli  va  tushunarli  o’tishi  uchun  o’qituvchi  quyosh  batareyasini  ishlatib, 

namoyish tajriba o’tkazishi mumkin. 

Mavzuga oid ma’lumot: 

Ma’lumki  energiya  manbalarining  yerdagi  zahirasi  chegaralangan.  Agar 

yoqilg‘ining  bir  yil  davomida  sarf  qilish  darajasini  2000  yillarga  mo‘ljallangan 

miqdorda (25  milliard tonna)  olinsa  va  undan  hozirgi darajada  foydalanib borilsa, 

ularning  zahirasi  140-150  yil  davomida  iste’mol  qilishga  yetishi  mumkin.  Bu 

tarixan juda qisqa muddatdir, albatta. 

 

Shuning  uchun  ham  yoqilg‘i  energetika  balansi  strukturasini  yaxshilash 



muhim  vazifa  hisoblanadi.  Yoqilg‘i  sifatida  neft  mahsulotlari  o‘rniga  gaz  va 

ko‘mirdan,  joylarda  atom  energiyasi,  jumladan,  tez  neytronlar  bilan  ishlaydigan 

reaktorlardan  foydalanishni  keng  yo‘lga  qo‘yish  mazkur  vazifani  amalga 

oshirishning zarur talablaridir. 

 

Shu  maqsadda  atom  va  gidroelektrostansiyalar,  issiqlik  hamda  quyosh 



elektrostansiyalarini  qurishga  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Davrimizning  gigant 

inshootlaridan  bo‘lmish  janubiy  Ukrainadagi  atom  elektrostansiyasi,  Tallimarjon 

kombinatsiyalashgan  issiqlik  elektrostansiyasi  va  boshqa  energetik  obyektlarning 

tez sur’atlar bilan qurilishi buning yaqqol isbotidir. 

 

Ma’lumki,  juda  katta  va  tuganmas  energiya  resurslaridan  biri  quyosh 



energiyasidir.  Quyosh  nurining  faqatgina  bizning  sayyoramizga  tushayotgan 

ulushining quvvati 2

10

14



 kilovattni tashkil qiladi. 

 

Quyosh  energiyasidan  xalq  xo‘jaligida  samarali  foydalanishga  BMT  ham 



katta e’tibor bermoqda. YUNESKO tashabbusi bilan o‘tkazilgan konferensiyalarda 

shu sohada olib borilayotgan ko‘pgina materiallar umumlashtiriladi va kelajakdagi 

muammolar muhokama qilinadi. 

 

Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  quyosh  energiyasidan  foydalanib 



ishlaydigan 

qurilmalarning 

kompleks 

dasturiga 

asosan 

20 


dan 

ortiq 



 

56 


gelioqurilmaning  loyihasi  ishlab  chiqildi.  Jumladan,  geliotexnik  olimlar  Qrimda 

energiya  ishlab  chiqarish  darajasi  500  mvt·soat  bo‘lgan  gelioqurilmani  ishga 

tushirdilar.  O‘zbekiston  fanlar  akademiyasi  Fizika-texnika  instituti  olimlari 

tomonidan  yaratilgan  yuqori  temperaturada  ishlaydigan  quyosh  pechi  amaliy 

sinovdan o‘tkazilib ishlab chiqarishga tavsiya etildi. 

Quyosh  batareyalarining  yerda  qo’llanilishi  nuqtai  nazaridan  kremniydan 

yasalgan  elementlar  alohida  o’rin  tutadi.  Polikristal  va  amorf  kremniy  asosida 

yasalgan  fotoelementlar  esa  katta  masshtabdagi  arzon  fotoenergetik  qurilmalarni 

yaratish  imkoniyatini  beradi.  Quyosh  elementlarining  FIKi  olimlar  tomonidan 

15



16%  ko’tarildi.  Arsenid  galliy  fosfid  galliy sul’fid  va  tellurid kadmiy  asosida 

yangi quyosh elementlari joriy qilingan. 

Nazariy  hisoblashlar  quyosh  elementlari  kelajagining  porloqligini  tasdiqladi. 

Lekin  dastlabki  tajridbalar  fotoelementlarning  o’zida  energiyaning  yo’qtilishini 

ko’rsatdi. Agarda bu muammo hal qilinmaganda edi, yarim o’tkazgichlar asosidagi 

quyosh energetikasi faqat qog’ozdagi narsa bo’lib qolar edi. 

Quyosh elementlari  ichida ro’y beradigan fizik  hodisalar tahlil qilinganida shu 

narsa  ravshan  bo’ldiki,  yarim  o’tkazgichga  tushgan  quyosh  nuri  spektrining  faqat 

ozgina  qismigina  elektr  energiya    hosil  qilishga  sarf  bo’lar  ekan.  Agar  yorug’lik 

energiyasining  ma’lum  bir  qismi  elektron 

  teshik  juftlarini  hosil  qilishga  sarf 



bo’lsa, qolgan qismi esa biz aytib o’tgandek issiqlik hosil qilishga sarf bo’lar ekan. 

Bu  elementlarning  xarakteristikalariga    salbiy  ta’sir  ko’rsatadi,  ayniqsa, 

konsentrasiyalashgan    yorug’likda  elektron  juftlarni  ajratuvchi  elektr  maydonni 

yo’qolishiga  olib    keladi.  150 

  200


0

C  temperaturada  kremniy  asosidagi  quyosh 

elementlari  ishlash  xususiyatini  yuqotadi.  Yuqorida  aytilgan  muammo  hozirgi 

kunda yetarlicha hal qilinmoqda. 

Arsenid  galliy  asosida  olingan  quyosh  elementining  FIK  25%  ga  etdi,    bu 

quyosh issiqlik elektrostansiyasining FIK ga qaraganda qariyb 2 marotaba kamdir. 

Tekshirishlar  shuni  ko’rsatadiki,  agarda  yarim  o’tkazgichdan  yutilmay  o’tib 

ketayotgan  quyosh  spektri  qismini  ko’p  elementli  (kaskadli)  o’tkazgichlar 

yordamida  elektron  teshik  hosil  qilishga  erishilsa  va  yutilmay  o’tib  ketayotgan 



 

57 


fotonlar  energiyasiga  aylantirib  ma’lum  bir  maqsadga  ishlatilsa,  bunday  quyosh 

qurilmalarining FIK 70

80 %ga borar ekan. [36] 



Yangi  mavzu  bayon  qilingach,  o’quvchilar  jadvalning  uchinchi  ustuniga 

o’zlashtirgan tushunchalarini yozadilar. 

III. Bilib oldim 

•  Quyosh  energiyasidan  foydalanishning  optimal  usulini  topish  dolzarb 

muammolardan bo’lib qolmoqda. 

•  Quyosh  batareyalari  quyoshdan  kelayotgan  yorug’lik  energiyasini  elektr 

energiyasiga aylantiradi va hozirgi kunda ommalashib bormoqda. 

•  Quyoshdan  kelayotgan  yorug’lik  energiyasini  elektr  energiyasiga 

aylantiruvchi  fotorezistorlar  yarimo’tkazgich  xossasiga  ega  bo’lgan 

material(germaniy, kremniy va h.k.) lar asosida tayyorlanadi. 

•  Kremniy  kristalini  o’stirish  texnologiyasi  takomillshib  bormoqda  va  

O’zbekistonda ham bu sohada izlanishlar olib borolmoqda. 

• Toshkent viloyatining Parkent tumanida faoliyat ko’rsatayotgan, quvvati 

 1000  kW  bo’lgan  kata  quyosh  sandoni  ham  fotogalvanik  elementlar 

majmuasidan  iborat  bo’lib,  vatanimizning  serquyosh  yurt  ekanligi  shu  usul 

bilan elektr energiya hosil qilishning katta istiqbolga ega ekanligini ko’rsatadi. 

3-bosqich  tugagach  yagona    loyiha  yaratiladi.Yaratilgan  loyiha  asosida 

quyidagi natijalarni olish mumkin: 

1.O’quvchilarning  maktabda  olgan  bilimlar  bazasi  qay  darajada  ekanligini, 

ularning mustaqil izlanishlari, nimalarga qiziqishlarini bilish mumkin. 

 

2.O’quvchilar  guruh  bo’lib  ishlaganda  o’zaro  hamkorlik,  bir-birini  tinglash 



va shu bilan birga sog’lom raqobat yuzaga kelib, erkin fikr bildirishga o’rganadilar. 

Energiya  muammosi  va  uning  yechimlari  to’g’risida  ilmiy  dunyoqarashga  ega 

bo’ladilar. 

 

3.Bayon  etilgan  yangi  mavzudan  o’quvchilar  nimalarni  o’rgandilar  va 



nimani  tushunmadilar  (  Darsda  qanday  tushunchalar  bayon  etilmasdan  qolib 

ketdi)? Bu savolga ham loyiha asosida javob topish mumkin. 



 


 

58 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin