O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


III bob.Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

III bob.Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik 

texnologiyalardan foydalanish 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach  Respublika  ta’lim  sohasida  tub 

o’zgarishlar  sodir  bo’ldi  va  bu  sohada  yangidan-yangi  islohotlar  olib 

borilmoqda.Umumiy  o’rta  ta’lim  o’quv  fanlari  dasturlari,  o’quv  adabiyotlari 

butunlay yangidan qayta qarab chiqildi va kerakli o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan 

fizikani  o’qitish  uslubida  ham  qator  tajribalar  to’plandi.  Biroq  bu  sohada  hal 

qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz ham yo’q emas. Buni oliy o’quv yurtlariga 

kirish imtihonlarini topshirish natijalaridan aniqlash mumkin. 

 

Bugungi  kun  fizika  o’qituvchisi  oldida  turgan  dolzarb  muammolardan  biri 



ta’limning    zamonaviy  texnologiyalarini  loyihalash  va  uni  o’qitish  amaliyotida 

qo’llashdir.  Fizika  o’qituvchisi  o’quvchilarga  fizika  fanidan  zaruriy  bilimlarni 

beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olishlari kerakki, natijada 

bu sohada yaxshi  mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin. 

 

O’qituvchi  o’tgan  har  bir  dars  boshqa  darsdan  farq  qilishi,  bugungi 



o’tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo’lishi kerak. 

 

Darsni yangi pedagogik texnologiyalar : 



─ axborot vositalaridan foydalanib; 

─ ko’rgazmali qurollari yordamida; 

─ interfaol metodlarni qo’llash orqali; 

va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi 

va xotirasidan joy oladi. O’quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi 

ortadi. 


 

An’anaviy  ta’limdan  farqli  zamonaviy  ta’limni  tashkil  etishdan  maqsad 

ortiqcha  ruhiy  va  jismoniy  kuch  sarf  etmay,  qisqa  vaqt  ichida  yuksak  natijalarga 

erishishdir.  Qisqa  vaqt  ichida  muayyan  nazariy  bilimlarni  o’quvchilarga  yetkazib 

berish,  ularda  ma’lum  faoliyat  yuzasidan  ko’nikma  va  malakalarni  hosil  qilish  , 

shuningdek o’quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko’nikma 




 

44 


va  malakalarini  baholash  fizika  fani  o’qituvchisidan  katta  pedagogik  mahorat 

hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi.              

 

Hozirgi 


kunda 

dunyoning 

ko’plab 

rivojlangan 

mamlakatlarida 

o’quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda 

ta’lim-tarbiya  jarayoninig  samaradorligini  kafolatlovchi  yangi  pedagogik 

texnologiyalarni  qo’llash  borasida  katta  tajriba  to’plangan.  Shu  tajriba  asosini 

tashkil  qiluvchi  metodlar  interfaol  metodlar  nomi  bilan  yuritilib,  bu  metodlarni 

dars  jarayoniga  qo’llay  bilish  bugungi  zamon  fizika  o’qituvchisi  zimmasiga 

yuklatilgan yuksak vazifadir. 

  Pedagogik  texnologiyaning  muvaffaqiyatli  loyihalanishi  va  yakuniy 

natija(samara)ning  kafolatlanishi  o’qituvchining  didaktik  masalalar    mohiyatini  

anglab yetish darajasi va darsda ularni to’g’ri baholay olishiga bog’liqdir. [28] 

Har  bir  o’tiladigan  darsda  ta’limning  aniq  maqsadining    belgilanishi  o’qitish 

texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari 

bo’yicha o’qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. 

Fizika  fan  sifatida  o’tilgan  vaqtdan  boshlab  fanning  ma’lumotlar  bazasi 

ko’payib    katta  hajmni  tashkil  etmoqda  va  u  yuqori  tezlikda  yil  sayin  boyib 

boryapti. 

Shu sababdan fizikani o’tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab 

olish va o’quvchining o’zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar  hajmini 

miqdoriy o’lchamga keltirish zarur. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

45 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin