O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


O‘quvchi  markazda  bo‘lgan  (interfaol  yoki  interaktiv)  uslublar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

O‘quvchi  markazda  bo‘lgan  (interfaol  yoki  interaktiv)  uslublar.Bu 

uslublar  qo‘llanilganda  o‘qituvchi  o‘quvchini  faol  ishtirok  etishga  chorlaydi. 

O‘quvchi  markazda  bo‘lgan  yondoshuvning  foydali  jihatlari  quyidagilarda 

namoyon bo‘ladi: 

- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; 

- o‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi; 

- ilgari ortirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi; 

- o‘qish shiddatini o‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi. 




 

35 


- o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; 

- amalda bajarish orqali o‘rganilishi; 

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi; 

- o‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi; 

- o‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi. 

O‘quvchi butun jarayon davomida  ishtirok etadi. Shu sababdan, o‘quvchining 

bilim  va  ko‘nikmalarini  rivojlantirish  uchun  yetarli  darajada  o‘quvchilar  ishtiroki 

va amaliyoti mavjud bo‘ladi. 

Bu  uslublar  asosan  o‘qituvchining  turli  faoliyat  shakllari  orqali  amalga 

oshiriladi. quyida ularning ba’zilari ustida qisman to‘xtalamiz.  

Savol berish orqali o‘qitish usuli. 

O‘qituvchi  o‘quvchilar  oldiga  savollarni  ko‘ndalang  qilib qo‘yadi  va  bu  bilan 

ularni berilgan ma’lumotni yana takrorlashga undaydi. Shu tariqa ularni o‘qituvchi 

tomonidan qo‘llanilgan og‘zaki va boshqa aloqa uslublarini tushunib yetganliklari 

aniqlanadi.  

Muhokama  usuli.  O‘quvchilarga  suhbatlashish,  masalalarga  oydinlik  kiritish, 

savollar berish, shuningdek ma’lumotni o‘zaro va o‘qituvchi bilan muhokama yo‘li 

bilan tahlil qilish taklifi kiritiladi. 

Suhbat  usuli.Mavzuga  aloqador  manbaviy  ma’lumotlar  beriladigan  bir 

sharoitda  va  darsning  bir  qismi  sifatida  ana  shu  mavzu  haqida tushuntirish  berish 

muhim hisoblanadi. Odatda ma’ruza vaqti 30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi kerak va 

asosiy  vaqt  ma’ruza  ta’riqasida  va  mashg‘ulot  so‘ngida  o‘qituvchiga  savollar 

berish uchun bir oz vaqt ajratiladi.  

Guruhlardagi  muhokama  usuli.  Ushbu  o‘qitish  uslubi  o‘qituvchining  juda  oz 

«so‘zlashiga» imkoniyat yaratadi va vaqtning asosiy qismi o‘quvchilarning o‘zaro 

muhokamalariga  bag‘ishlanadi.  Qachonki  o‘quvchilar  mavzu  haqida  qandaydir 

darajada  bilimga  ega  bo‘lsalar  bu  uslubdan  foydalanish  maqsadga  muvofiq 

hisoblanadi.  Hatto  mavzu  haqida  tasavvurga  ega  bo‘lmagan  holda,  yoki 

mashg‘ulotlar  avvalida  o‘rganilgan  bilimni  takrorlash  uchun  ham  foydalanishlari 

mumkin. 



 

36 


Yangilik kashf etish orqali o‘rganish usuli 

Bu yondoshuv o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan 

bir  qatorda  ularning  o‘z-o‘zlarini  rag‘batlantirish  orqali  bilim  va  ko‘nikmalar 

to‘plashlariga sharoit yaratadi.  

Asosiy tamoyillari quyidagicha: 

1.  O‘rganishdan maqsadni avvaldan aniqlab olish talab qilinadi.  

2.  O‘rganish jarayoni ma’lum bir topshiriqqa yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.  

3.  Topshiriq quyidagilarni ta’minlaydi:  

·        Tayanch ma’lumot olish uchun asos;  

·         O‘quvchi  uchun  notanish  bo‘lgan  ma’lumotga  chuqur  kirib borishiga 

undaydigan so‘rovga e’tibor berish; 

·         Oldindan  aniqlangan  va  sog‘lom  tarzdagi  o‘rganishga  asoslangan 

natijalar. 

4.  Muvaffaqiyat – faoliyat-yutuq motivatsiyasiga asoslangan.  

5.  Guruhdagi hamkorlik:  

·        fikr va faoliyatni rag‘batlantiradi; 

·        mushohadaga chorlaydi; 

·        guruh ichida ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlaydi. 

6.  Shaxs  yoki  guruhning  ehtiyojidan  kelib  chiqqan  holda  o‘qituvchining 

qo‘shajak hissasiga ajratilgan vaqt chegaralangan.  

7.  O‘qituvchi  asosan  o‘qish  jarayonini  yengillashtiruvchi  va  ikki  tomonlama 

fikr-mulohazalar  bilan  ta’minlovchi  shaxs  vazifasini  o‘taydi.  Kamdan-kam 

hollarda o‘qituvchi ma’lumot bilan ta’minlaydi.  

 Amaliy  mashg‘ulot.  O‘qituvchi  bir  guruh  o‘quvchilarning  ko‘nikmalarini 

to‘liq  yoki  qisman  shakllantiruvchi  amaliy  faoliyat  orqali  o‘qitishni  xohlasa  bu 

usuldan foydalanishi mumkin. Odatda bu jarayon o‘z ichiga so‘zlash, tasviriy ifoda 

va o‘qituvchi tomonidan  namoyish etish  va  muhokamalarni ham o‘z  ichiga olishi 

mumkin. Shu bilan birga, bu jarayon materiallar va maxsus jihozlardan foydalanish 

imkoni bo‘lgan ustaxonalarda amalga oshiriladi. 



 

37 


Shuni  ham  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  o‘quvchilar  nafaqat  rasmiy 

o‘qitish orqali  o‘rganadilar,  ya’ni  kitoblar,  gazeta  va  jurnallar,  televideniya, 

internet  va  sinfdosh  do‘stlar  orqali, balki  ko‘proq  bevosita  aloqa  orqali 

o‘rganadilar. Bu vositalar o‘kituvchi o‘tgan darsni mustahkamlashda foydalanilishi 

mumkin. 

Dars  jarayonlarida  yuqori  samaradorlikka  erishish  uchun  quyidagi  metod  va 

usullardan ham foydalanish mumkin: 

Baxs-munozara usuli. O‘quv guruhini ikki guruhga bo‘lgan holda, biror mavzu 

bo‘yicha o‘zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladi.  

Tadqiqot 

usuli. 

O‘zlashtirish  darajasining  eng 

yuqori  cho‘qqisi; 

o‘quvchilarning  olgan  bilimlari  asosida  hali  o‘rganilmagan  kichik  bir  muammo 

ustida  yakka  yoki  birgalashib  izlanish  olib  borishi;  keltirilgan  taxminni  izlab 

topilgan dalillar asosida to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda 

hammaga qiziqish  uyg‘otadigan  muammoni  yoki  masalani qo‘yish,  uni  o‘rganish, 

tadqiq qilish  uchun  ma’lumotlar  to‘plash,  muammoning yechimiga oid taxminlar, 

bashoratlar  qilish  va  ularning  qanchalik  to‘g‘riligini  to‘plangan  ma’lumotlar 

asosida  tahlil  qilish  va  xulosa  chiqarish;Ta’lim  oluvchilar  ayrim  tadqiqot  ishlarni 

ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar va qo‘yilgan maqsad 

va natijalarni tahlil qiladilar. 

Roli  o‘yinlar.  Ishbilarmonlik  yoki  rolli(vaziyatli)  o‘yinlar  –  muammoli 

vazifaning  bir  turidir.  Faqat  bu  o‘rinda,  matnli  material  o‘rniga  o‘quvchilar 

tomonidan  rollar  o‘ynaladigan  hayotiy  vaziyat  sahnalashtiriladi.  Bosqichlari: 

vaziyatni  tushuntirish,  mos  rollarni  bo‘lib  berish,  maqsad  va  vazifalarni 

tushuntirish;  o‘yin  davomida  o‘quvchilarning  hatti-harakatlarini  kuzatib  borish; 

o‘quvchilarning hatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va 

ko‘nikmalarni  egallashlariga  imkoniyat  yaratish; o‘yin  natijalarining  tahlili;  o‘yin 

natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash 

Loyiha usuli. Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda 

tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida o‘quvchilar 

rejalashtirishda,  tashkil  qilishda,  tekshirishda,  tahlil  qilishda  va  bajarilgan  ishning 



 

38 


natijalarini  baholashda  ko‘proq  ishtirok  etadilar.  Ta’lim  oluvchilar  ayrim  kichik 

loyiha ishlarini, diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda 

loyihalashtiradilar,  mustaqil bajaradilar,  ularni  yozadilar,  taqdimot  qiladilar, 

qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar. 

 Mustaqil  o‘rganish  usuli.  Ushbu  usul  ta’lim  oluvchilarning  o‘quv  materialini 

mustaqil  o‘zlashtirishini,  o‘z  –  o‘zini  tekshiruv  malakalarini,  berilgan  matnning 

mazmunini to‘liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Bu usul 

vaqti–vaqti  bilan  o‘tkazib  turiladi,  o‘quvchilarning  mustaqil  o‘rganish,  darslik 

bilan  ishlash  va  mustaqil  amaliy  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  ko‘nikmalarini 

shakllantiradi.  Har  bir  o‘quvchi  alohida  yoki  umumiy  tarzda  tashkil  qilinadigan 

topshiriqni  bajaradi.  O‘qituvchi  o‘quvchilarning  amaliy  faoliyatiga  aralashmay, 

tashqaridan  teskari  aloqa-  muloqot  yordamida  yo‘naltirib  boshqaradi  va  nazorat 

qiladi. 

Aqliy  hujum.  Dars  mavzusiga  oid  qo‘yilgan  muammoni  yechish  yoki  savolga 

javob  topish  maqsadida  g‘oyalarni  jamlash  va  saralash  usuli.  Qatnashchilar 

birlashgan  holda  yechimi  noma’lum  muammoni  yechishga  yoki  savolga  javob 

topishga  harakat  qiladilar.  Eng  maqbul  yechimni  topish  bo‘yicha  shaxsiy 

g‘oyalarini  ilgari  suradilar.  Bosqichlari:  muammoli  vaziyatni  keltirib  chiqarish; 

uning yechimini topish uchun o‘quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar taqdimotini 

eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosalash;  

Pinbord  usuli.  Bu  usul  aqliy  hujum  metodining  bir  ko‘rinishi  bo‘lib,  unda 

qo‘yilgan muammoni hal qilish bo‘yicha g‘oyalar alohida qog‘ozchalarda yozilib, 

doskaga  mixlanib  boriladi.  Ikkinchi  bosqichda  esa,  ular  turli  mezonlar  bo‘yicha 

sinflarga bo‘linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi. 

Boshqalarni  o‘qitish  orqali  o‘rganish  usuli.  Bu  usulda  ta’lim  oluvchilar 

belgilangan  mavzu  yoki  qo‘yilgan  muammo  bo‘yicha  bir  –  birlariga  axborotlarni 

almashadilar va o‘z bilganlarini boshqalarga o‘rgatadilar.  

Lug‘at  bilan  ishlash  (diktant).  Bilimlarni  baholashning  joriy  nazorat  shakli; 

odatda  qisqa  vaqt  davomida  o‘tkaziladi;  o‘quvchilarning  o‘tilgan  atama  va 

tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o‘tkaziladi; 




 

39 


 Konferensiya.  Oraliq  nazoratning  bir  turi  bo‘lib,  asosan  chorak  yoki  yil 

davomida  ma’lum  mavzular  bo‘yicha  mustaqil  yozilgan  ishlarning  og‘zaki 

ma’ro‘za ko‘rinishidagi taqdimoti. 

Juft-juft  muloqot.  Biror  mavzu  bo‘yicha  yonma-yon  o‘tirgan  o‘quvchilarni 

o‘zaro muloqotga chorlash; o‘zaro fikr almashish va ularni ba’zilarini tinglash; 

 Ovozga  qo‘yish  metodi.  Dars  davomida  bahsli  vaziyatni  keltirib  chiqarish; 

yuzaga  kelgan  bahs  munozarani  boshqarish  maqsadida,  bahs  yuritayotgan 

tomonlarning fikrlarini sinf bo‘yicha ovozga qo‘yish; har bir fikr bo‘yicha qarshi, 

rozi  va  betaraflarni  aniqlash;  tomonlarning  dalillarini  va  fikrlarini  tinglash;  so‘ng 

yana ovozga qo‘yish; xulosalash;  

 «Charxpalak» 

usuli.  Mazkur  metod  guruhlarda  ishlash  usulining 

takomillashtirilgan  ko‘rinishi  bo‘lib,  uning  yordamida  o‘quvchilar  o‘rganiladigan 

material  bo‘yicha  ma’lum  bilimga  mustaqil  ega  bo‘lish,  jamoa  bilan  ishlash 

malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamao 

bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.  

Ta’lim  jarayonida  o’quvchining  faolligi-tamoyili  didaktikada  asosiy 

tamoyillardan  biridir.  Bu  tushuncha  ostida  yuqori  darajadagi  qiziquvchanlik, 

bilimlar  va  ko’nikmalarni    ongli  ravishda  o’zlashtirish,  o’quv  natijalarining 

samaradorligi tushuniladi. Bunday faollik o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Shu 

sababli o’quvchilar  faolligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan  foydalanish 

zarurati  paydo  bo’ladi.  Xorijiy  hamda  hamdo’stlik  mamlakatlari  amaliyotida 

muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan ta’lim-tarbiya berishning interfaol usullari orqali 

dars  o’tish  o’zining  samarasini  bermoqda.  Ushbu  usullar  bilan  tanishish,  ularni  

Respublikamiz ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash va olingan natijalarni tahlil etish 

davrimiz talabidir. 

Informatsion  texnologiyalar  yoki  noindustrial  jamiyat  deb  atalayotgan  XXI 

asrimiz o’tgan asrdan farqli ravishda, yoshlarning mustaqil faol harakat qiladigan, 

erkin fikr yurita oladigan, hayotning o’zgaruvchan sharoitlariga moslasha oladigan 

fuqarolar bo’lishiga ko’proq talabgordir. 




 

40 


Keyingi  yilda  chop  etilayotgan  ko’pdan-ko’p  maqolalar,  xalqaro 

konferensiyalar  va  informatsion  texnologiyalar  davridagi  zamonaviy  jamiyatlar 

turli  o’quv  yurtlari  oldiga  quyidagi  shartlarga  javob  beradigan  bitiruvchilarni 

tayyorlash vazifasini qo’yayotgani ko’rsatib o’tilgan. 

kerakli  bilimlarni  mustaqil  ravishda  egallab  hayotning  o’zgarayotgan 

vazifalarga moslasha olish, unda butun umri davomida o’z-o’zini topa bilish; 

mustaqil,  tanqidiy  fikrlay  olish,  borliqda  paydo  bo’layotgan  muammolarni 

ko’ra  bilish  va  ularni  zamonaviy  texnologiyalar  asosida  ratsional  hal  etish 

yo’llarini topa bilish, yangi g’oyalarni taklif etish, ijobiy fikrlay olish; 

axborot  bilan  ishlay  olish,  (muammoni  hal  etish  uchun  kerakli  dalillarni 

to’plash,  ularni  tahlil  qilish,  muammoni  hal  etish  usullarini  taklif  etish,  kerakli 

umumlashtirishlar, 

o’xshatishlar, 

taqqoslashlarni 

qila 

bilish, 


statistik 

qonuniyatlarni aniqlay olish, asoslangan xulosalarni bera olish); 

turli  ijtimoiy  guruhlarda  o’zini  tuta  olish,  turli  sohalar,  har  xil  vaziyatlarda 

boshqalar bilan birgalikda ishlay olish; 

o’zining  axloqi,  aqliy  qobiliyati,  madaniy  darajasini  rivojlantirish    ustida 

mustaqil ishlay olish. 

Ushbu xulosalar jumladan 1994-yil iyunida AQSH dagi xalqaro ta’lim markazi 

tomonidan  10  ta  yirik  mamlakat  (AQSH,  Kanada,  Xitoy,  Koreya,  Yaponiya, 

Fransiya,  Rossiya,  Germaniya,  Buyuk  Britaniya,  Daniya)da  ta’lim  holatini  tahlil 

qilish natijasida tayyorlangan ma’ruzalar keltirilgan. 

Bu vazifalarni ta’limning an’anaviy tizimi yordamida hal etish mumkin emas, 

chunki  sinf  dars  tezligiga  asoslangan  bu  tizimda  yuqoridagi  vazifalarni  bajarish 

uchun  sharoitlar  mavjud  emas.    Shuning  uchun,  keyingi  10-15  yil  ichida  qator 

mamlakatlarda  ta’limning  interfaol  (noan’anaviy)  usullari  taklif  etila  boshlandi. 

Ularda,  birinchi  navbatda  har  bir  o’quvchining  faol  ravishda  ta’lim  jarayoniga 

qatnashishi,  olayotgan  bilimlarni amaliyotda  qo’llashi,  bu  bilimlardan  qayerda  va 

qanday  maqsadlarda  foydalanish  mumkinligini  tushunish  imkoniyatlari  yaratiladi. 

O’quvchilar  turli  muammolarni  hal  qilishda  sinfdagi,  maktabdagi  yoki  boshqa 




 

41 


joylardagi,  mamlakatlardagi  tengdoshlari  bilan  muloqotda  bo’la  olishlari, 

o’zlarining  mustaqil  fikrlariga  ega  bo’lishlari  uchun  erkin  axborot  olishlari 

mumkin bo’ladi. 

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim tizimining, balki butun jamiyatning 

yordam berishini talab etadi. 

Pedagogikani ushbu dolzarb muammolarini hal etish uchun ta’lim jarayonining 

moddiy  bazasini  qayta  qurish  zaruriyatini  tushungan  holda  jamiyatimizda  yirik 

o’zgarishlar  amalga  oshirilayotganiga  guvohmiz.  Ammo,  ta’lim  tizimining 

komponentlari  orasida  ilg’or  pedagogik  va  informatsion  texnologiyalarni 

amaliyotga keng tadbiq etish oqsamoqda. 

Shuning  uchun,  pedagogik  texnologiyalar  sohasidagi  yangi  izlanishlar  bilan 

tanish  bo’lish,  o’qitishning  faol  usullarini  bilish  va  qo’llay  olish  har  bir 

o’qituvchining oldiga qo’yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. 

Ta’lim  jarayonida  hukmronlik  qilib  kelingan  an’anaviy  ta’lim  metodlarida 

ijobiy  tomonlar  bilan  bir  qatorda  kamchiliklar  ham  yo’q  emas.  Aslida  an’anaviy 

ta’lim  metodi  o’quvchilarni  yalpi  o’qitishni,  ularning  bilish  faoliyatini  passiv 

tinglovchi  sifatida  tashkil  etishni  nazarda  tutadi  va  ta’lim  o’rtacha  bilimli 

o’quvchilarni  o’qitishga  qaratiladi.  Darsda  markaziy  o’rinda  o’qituvchi  qo’yilib, 

o’quvchilar, ularning xohish-istaklari ikkinchi o’ringa qo’yiladi. 

Bunday  xato-kamchiliklarni  yo’qotish,  ta’lim  sifatini  oshirish  uchun  ta’lim 

oluvchilarni  yalpi  o’qitish  bilan  bir  qatorda,  shaxsga  yo’naltirilgan  va  kichik 

guruhlarda o’qitishni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq. 

O’quvchilarning  bilish  faoliyatini  individual  tashkil  etganda,  ular  o’quv 

materialini  mustaqil  o’zlashtiradilar,  ijodiy  izlanadilar.  Aqliy  rivojlanishi, 

qiziqishi,  ehtiyoji,  qobiliyati  e’tiborga  olingan  holda  berilgan  vazifalar,  o’quv 

topshiriqlarini  o’quvchilar  mustaqil  bajaradilar  va  ular  o’z  bilish  faoliyatlarining 

subyektiga aylanadilar. 

O’quvchilar  topshiriqlarni  bir  o’zlari  bajarish  jarayonida  aqliy  faoliyat  jalb 

etiladi,  mas’uliyatni  sezish,  o’z  bilimiga  bo’lgan  ishonch  ortadi.  Natijada  har  bir 



 

42 


ta’lim  oluvchi  o’z  imkoni  darajasida  yetishib  boradi.  Bunday  tashkil  qilingan 

o’qitish faoliyatida vaqt ham tejalib, ta’limning sifat va samaradorligi ortib boradi. 

Fizika  ta’limida  yangi  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  yaxshi  natija 

beradi.  Chunki  fizika  fanini  faqatgina  darslikdan  o’qib,  yoki  o’qituvchining 

ma’ruzasini  tinglab  o’rganish  mushkul.Ta’lim  oluvchilarda  yetarli  darajada  bilim 

va  ko’nikmalar  shakllanishi  uchun  ular  tegishli  hodisa  va  qonuniyatlar  bo’yicha 

o’z  mustaqil  fikrlarini  bildirishlari,  o’qituvchi  yoki  boshqa  o’quvchilar  bilan  fikr 

almashishlari  lozim  bo’ladi.  Darsda  o’rganiladigan  mavzuning  mazmunini 

inobatga  olgan  holda,  o’quvchilardan  kichik  guruhlar  tashkil  etish,  interfaol 

metodlardan 

foydalanish, 

ko’rgazma 

qurollari, 

taqdimotlar, 

slaydlar, 

multimedialardan foydalanib darsni tashkil qila olish dolzarb sanaladi. [27] 

Interfaol  metodlarning  turi  va  ko’rinishi  kundan-kunga  ortib,  o’zgarib 

bormoqda.  Ijodkor  o’qituvchi  bu  metodlardan  dars  jarayonida  unumli  foydalana 

olishi  fizika  ta’limining  porloq  kelajagini  belgilaydi.  Quyida  shu  interfaol 

metodlarnining to’liq bo’lmagan ro’yxati: 

-   “klaster”,  “aqliy  hujum”,  “fikriy  hujum”,  “qarorlar  shajarasi”,  “qora  quti”, 

“skarabey”,  “baliq  skeleti”,  “nafis  arra”,  “yumaloqlangan  qor  o’yini”, 

“muzyorar”,  “nilufar  guli”,  “davra  suhbati”,  “BxBxB”,  “Venn  

diagrammasi”, 

“zakovatli  zukko”,  “zig-zag”  strategiyasi,  “insert” 

strategiyasi,”nima uchun?”, “qanday ?” iyerarxik modellari v h.k.lar. 




 

43 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin