O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


 O’qitishning interfaol usullari va uning nazariy asoslari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

2.6. O’qitishning interfaol usullari va uning nazariy asoslari 

Ta’lim  metodlari  va  ularning  turlari.  O‘qitishdan  ko‘zlanadigan  maqsad  bu 

davlat  ta’lim  standartlarida  belgilangan  bilim  va  ko‘nikmalarini  o‘quvchiga 

yetkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib 

yetilsa  yoki  o‘quvchi  malaka  oshirish  uchun  mo‘ljallangan  topshiriqlarni  amalda 

namoyish etib bera olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi. 




 

33 


Ma’lumki,  ta’lim  olish  (ma’lumot  olish)  jarayoni  –  bu  ma’naviy  va  aqliy 

qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim  va tushunchalarni shakllantirish  va 

olingan bilimdan  foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan  iborat  jarayondir. 

Bu  jarayon  ta’lim  oluvchining  o‘zi orqali  yoki boshqa  birov-  ta’lim  beruvchining 

ko‘magida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Ta’lim  olish  jarayoni  esa  turli  xil 

metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.  

Metod – grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, 

nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi.  

Ta’lim  metodini(usulini)  -  ta’lim  oluvchi  va  ta’lim  beruvchining  ma’lum 

maqsadga  qaratilgan,  birgalikdagi  faoliyatini  tashkil  qilishning  muayyan  tizimga 

va tartibga solingan yo‘l-yo‘rig‘i sifatida ta’riflash mumkin. 

Ta’lim  modelini,  esa  bir  yoki  bir  nechta  ta’lim  metodlari  yordamida  amalga 

oshiriladigan   ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. 

Ta’lim  metodi  - bu  ta’lim  oluvchi  va  ta’lim  beruvchining  ma’lum  maqsadga 

qaratilgan,  birgalikdagi  faoliyatini  tashkil  qilishning  muayyan  tizimga  solingan 

yo‘l-yo‘rig‘i. Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘quvchi va 

o‘qituvchining  birgalikdagi  ish  faoliyatini  tashkil  qilishning  belgilari  bo‘yicha 

quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin: 

 

O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslublar;  



 

O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.  



Odatda  ushbu  uslublardan  biri  yoki  bir  nechtasi  ayrim  o‘qitish  modellarida 

birvarakayiga  foydalaniladi.  Odatda  dars  jarayoni  ikki  yoki  undan  ortiq  asosiy 

uslublardan  tashkil  topadi  va  bu  uslublar  dars  mavzusiga  to‘la  muvofiq  bo‘lib, 

o‘quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo‘llaniladi.  

O‘qituvchi markazda bo‘lgan  uslub. Bu  uslub orqali o‘qituvchi o‘zi egallagan 

ma’lumot  va  ko‘nikmalarni  o‘quvchilarning  sezgi  organlari  orqali  uzatish 

yo‘llarini  qidiradi.  Bunda  o‘quvchilarning  ishtiroki  passiv  bo‘ladi,  ya’ni  ular 

tinglaydilar, kuzatadilar va ma’ruzalarni yozib boradilar. 

Bu  uslublar  asosan  o‘qituvchining  quyidagi  faoliyat  turlari  orqali  amalga 

oshiriladi: 




 

34 


Og‘zaki o‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya) 

Insonlar  o‘rtasidagi  eng  sodda  muloqot  yo‘llaridan  biri  –  og‘zaki  nutq  – 

og‘zaki  ta’rif  yoki  asosiy  mazmunning  og’zaki  ifodasi  hisoblanadi.  Bu  uslub 

butunlay  «so‘zlash»  orqali  amalaga  oshiriladigan  o‘qitishning  eng  rasmiy  uslubi 

hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o‘quvchining 

ishtiroki  uchun  hech  qanday  imkoniyat  qoldirmaydi.  Bunda  asosan  o‘quvchining 

eshitish qobiliyati ishga solinadi. 

Tasviriy ifodalarni qo‘llash usuli (illustratsiya). 

Bu  faoliyat  orqali  yetkazilishi  kerak  bo‘lgan  bilim  yoki  malakalarni 

tasvirlovchi  rasmlar  orqali  o‘quvchilarning  ko‘rish  qobiliyati  ishga  solinadi. 

O‘quvchilarga  yetkazilmoqchi  bo‘lgan  ma’lumotlar  tasvirlab  berish  orqali,  turli 

simvollar  yordamida  yetkaziladi.  Bunday  tasviriy  ifodalar  quyidagi  vositalar 

yordamida  amalga  oshiriladi:  doska,  maxsus  oq  doska,  flipchart,  video  tasvir, 

videoproyektor,  kodoskop,  kompyuter  grafiklar,  magnit  taxta,  rasmlar,  suratlar, 

bo‘yoqli rasmlar, grafik va jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof 

qog‘ozga tushirilgan tasvirlar. 

Namoyish etish usuli (demonstratsiya). 

O‘qituvchi  ma’lum  bir  asbob  yoki  jihozdan  foydalanish  vazifasini  yoki 

topshiriqqa  aloqador  harakatlarni  namuna  sifatida  namoyish  etib  berishi  mumkin. 

Yakka  holda  namoyish  etish  o‘quvchini  ko‘rish  qobiliyatidan  foydalanishga 

undaydi.  


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin