O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

2.4.Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari 

imkoniyatlaridan foydalanish 

Kompyuter  texnologiyalari  (kompyuter  savodxonligi)dan  foydalanishda 

o’qituvchi  uning  mazmuniga  ko’ra  bir  qancha  vazifalarni  bajarishi  mumkin.  Ular 

quyidagi asosiy  didaktik funksiyalarni bajaradi: 

─  multimedia  texnologiyalarini  qo’llash  evaziga  o’quvchilarda  fanlarga 

qiziqishni rivojlantiradi. 

 ─  bunda  ta’limning  interfaolligi  tufayli  o’quvchilarning  fikrlash 

qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi. 

─  real  holatlardan  namoyish  qilinishi  yoki  murakkab  jarayonlarni 

modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berish bilan muhim ahamiyatga ega. 

─  o’quv  materialini  o’zlashtirish  darajasiga  ko’ra  emas,  balki 

o’quvchilarning mantiqan erishish darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi. 

─  masofadan  turib  ta’lim  olishni  faqat  o’zlashtiruvchi  o’quvchilar  uchun 

yoki  internet  ta’limi  uchun  tashkil  etilmaydi.  Balki  sababsiz  dars  qoldirgan 

o’quvchilar  uchun  ham tashkil etish imkoniyatini  beradi.  

─  o’quvchilarga    mustaqil    izlashi  uchun    materiallarni    topish    hamda  

muammoli  masalalarga    jovob    berish    orqali  ma’lum  tadqiqot  ishlarini    bajarish  

uchun  imkoniyat  yaratadi. 

─  o’quvchilarning  yangi  mavzuni  o’zlashtirishi, misollar  yechishi, insho, 

bayon  yozish  ishlarida, o’quv  materiallari  bilan  mustaqil  tanishish, axborot va  

ma’lumotlarni  tahlil  etish  kabi  masalalarni tez  bajarish  uchun sharoit  yaratadi.  

Ta’lim    tizimini    takomillashtirishning    bosh    xususiyatlaridan    biri  

kompyuter    bilan    muloqot  jarayonida  uning    doimiy    murojaat    qilinadigan 

“qo’llab  quvvatlovchi    axborot”  ini  ko’paytirish,  kompyuter  axborot    muhiti    va 

hozirgi    zamon    talablariga  javob    bera  oladigan    darajadagi    axborot    bazasining  

yaratilganligini,  giper    matn    va    multimedia  o’qitishda    immitatsiya, 

kommunikatsiya  tizimlari  qabul  qilingan. 



 

26 


Ma’lumotlar    bazasi  deganda,  axborotni  kompyuter    texnikasi    yordamida  

kiritish, tizimlashtirish, saqlash va  foydalanish  uchun  tavsiya qilish  tushuniladi. 

Bir    qator    axborotlarni  an’anaviy  qayta    ishlash    uchun    ularni 

tayyorlashning    standart    shakllari    mavjud    bo’lib,  ularga  bibliografiya,  statistik 

ma’lumotlar,  referatlar    kiradi.  Ma’lumotlar    bazasi    axborot  tarkibiga  statistik, 

matnli,  grafik   va    ko’rinishli    axborotlarni    cheksiz    ko’p  miqdorda    va    albatta, 

belgilangan  ko’rinishlarda  qabul qiladi.  

Bilimlar  bazasi  esa  yopiq  tizimda  mazkur  mavzu  bo’yicha  qo’shimcha  

axborotlarga      ehtiyoj    sezmagan    holda    va    uning  har    bir    elementi    mantiq  

jihatidan    bog’langan    boshqa    elementlarga    chiqa    olish    bo’yicha 

axborotlashtirilgan    tizimga    ega    bo’ladi.  Bunda    ushbu    bilimlar  bazasiga  

kiritilmagan,  ya’ni  undan    tashqi    elementlarga    murojaat  qilinishiga    imkon  

bo’lmaydi.  Bilimlar    bazasining    birlamchi  bibliografik  o’xshashliklari    sifatida  

turli  ensiklopediyalar, lug’atlar  xizmat qiladi.  

Kompyuter    yordamida  turli    ilmiy    axborotlar,  o’quv    materiallari,  o’quv 

materiallari  bo’yicha axborotlarni  tavsiya  etishning boy  imkoniyatlari, xususan  

ularga  integrativ    kurslarni    kiritish,  fanning    tarixi  va    metodologiyasi  bilan  

tanishish,  turli    fanlar    bo’yicha    ularning  zamonaviy    darajasiga    oid    bilimlar 

ta’lim  mazmunini sezilarli o’zgartirish  va keskin  boyitishga  yordam  beradi. Uni  

faollashtirish  va  rivojlantirishda  muhim omil  bo’ladi.   

Kompyuter  vositalari  yordamida  mustaqil  ta’limni  tashkil  etish  nuqtai 

nazaridan  tahlil  etadigan  bo’lsak,  uning  interfaolligini,  bevosita  muloqot 

yordamida  o’quvchi  o’quv  rejasida  ko’rsatilgan,  istalagan  fan  sohasida  maxsus 

o’quv  dasturlari  yordamida  bilim  olish  imkoniyatiga  ega  ekanligini  ta’kidlash 

mumkin.  Kompyuter  vositasi,  o’quvchi  yoxud  o’qituvchi  murojaatlariga  “javob” 

beradi, ular bilan “muloqot”ga kirishadi. 

Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati u o’qitish 

jarayonining  barcha  bosqichlarida  yangi  o’quv  materialini  tushuntirishda, 

qaytarishda,  umumlashtirishda,    o’quvchilarning  fan  bo’yicha  erishgan  bilim, 

malaka  va  ko’nikmalarini  tekshirishda  yanada  yorqinroq  namoyon    bo’ladi. 




 

27 


Bunday  jarayonda  o’qituvchi  kompyuterning  o’quvchi  uchun  turli  vazifalarni, 

xususan  o’qituvchilik,  ishchi  qurol,  ta’lim  ob’yekti  o’zaro  muloqot  kabi 

funksiyalarini  bajarishni  bilishi  kerak.  Bunda  o’qituvchining  vazifasi  dars 

jarayonida  o’quvchilarni kompyuterdan to’g’ri  foydalanishlarini  nazorat qilishdan 

iborat. 

Kompyuter  texnologiyalari  asosida    o’qituvchi  o’zining  kasbiy  mahoratini 

oshirish uchun mustaqil faoliyatda quyidagi vazifalarni bajaradi: 

1.O’quv jarayonini bir butun guruh sifatida tashkil etish. 

2.O’quv  jarayonida  guruhlarni  faollashtirish  va  muvofiqlashtirish,  ish 

joylarini taqsimlash, ko’rsatmalar berish. 

3.O’quvchilarni  individual  kuzatish,  individual  yordam  ko’rsatish,  har  bir 

o’quvchi bilan individual muloqot olib borish. 

4.Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o’quv va namoyish 

qurilmalarning  har  xil  turlari,  dasturiy  vositalar  va  tizimlar,  o’quv  metodik 

ko’rsatmalar va h.k.) ma’lum o’quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog’liqlik 

asosida tashkil etish. [25-26] 

Kompyuter  texnologiyasi  asosida  mustaqil  ta’limni  ta’minlashda  o’qituvchilar 

quyidagi tuzilmalar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak: 

−  informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi; 

−  kompyuter texnikasining  funksional imkoniyatalarini bilishi; 

−  zamonaviy  operatsion  tizimlarni  bilishi  va  ularning  asosiy  buyruqlarini 

o’zlashtirishi; 

−  zamonaviy  dasturiy  vositalar  va  operatsion  tuzilmalarni  bilishi  va 

ularning vazifalarini o’zlashtirishi; 

−  kamida bitta matn muharriri bilan tanish bo’lishi; 

−  algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastalabki tushunchalarga ega 

bo’lishi; 

−  amaliy  dasturlashdan  foydalanish  to’g’risida  dastlabki  tajribaga  ega 

bo’lishi; 



 

28 


Ta’limni  jadallashtirishda  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  o’quv 

jarayonining samaradorligini oshiradi. Buni quyidagi misollarda ko’rish mumkin: 

-  o’qituvchilar,  ilmiy  xodimlar  jahonning  salmoqli  ilmiy,  metodik 

adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar;  

-  uzoq  masofalarda  joylashgan  yetakchi  ta’lim  muassasalarining  ilmiy 

labaratoriyalari bilan tanishadilar; 

− turli mavzularda videokonferensiyalar  tashkil qilish va amalga oshirishga 

erishadilar; 

−  oqituvchilarning o’zaro trening va seminarlari o’tkaziladi; 

−  masofaviy  ta’lim,  axborotlar  almashinish  va  shunga  o’xshash  juda  ko’p 

imkoniyatlarga ega bo’ladilar; 

Shunday  qilib,  zamonaviy  axborot texnologiyalardan  ta’lim  muassasalarida 

amalda  tadbiq  etish  o’quv  jarayonida  zamonaviy  o’qitish  metodlarini  qo’llashda 

hamda  o’qituvchi  pedagogik  mahoratini  namoyish  etishda  keng  imkoniyatlar 

yaratadi. 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin