O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Pedagogik texnologiya tamoyillari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

2.2.Pedagogik texnologiya tamoyillari 

Oldingi  paragrafda  aytilganlardan  ko’rinadiki,  ilmiy-texnika  taraqqiyoti 

jadallashuvi  sharoitida  pedagogik  texnologiya  mustaqil  fanga  aylandi.  Har  bir 

mustaqil fan o’z mohiyatiga ko’ra uning nazariy asoslarini tashkil etuvchi o’zining 

tamoyillariga  ega  bo’ladi.  Pedagogik  texnologiya  tamoyillari  “Pedagogika”  va 

“Texnologiya”  fanlarining  negizini  tashkil  etuvchi  qoidalar  yig’indisiga  tayanadi. 

Pedagogik texnologiya maqsadlari, vazifalari, tarkibi, mazmunining tarkibiga ko’ra 

uning quyidagi asosli tamoyillari shakllantirilgan:  

a)  ilmiylik;  b)  loyihalanish;  c)  tizimlilik;  d)  yo’naltirilganlik;  e)  faoliyatli 

yondashuvlik; 

f) 

boshqaruvchanlik; 



g) 

tuzatuvchanlik; 

h) 

natijaviylik                      



( samaradorlik) i) qayta takrorlanuvchanlik; j) tejamlilik;  

Ushbu  tamoyillar  o’zaro  bog’liq  bo’lib,  ular  bir-birini  to’ldiradi.  Bu 

tamoyillar  asosida  oquv  jarayoni  tashkil  etiladi  va    o’qitish  jarayoni  amalga 

oshiriladi. 

 

Endi shu tamoyillar mazminiga qisqacha to’xtalib o’taylik. 



Ilmiylik  tamoyili.  Bu  tamoyil  har  qanday  o’quv  predmeti  o’quv  materiali 

fanning  zamonaviy  yutuqlarga  tayanish  lozimligini  ko’rsatadi.  Bu  tamoyil  o’quv 

dasturlari, o’quv qo’llanma, darsliklarini yaratish jarayonida amalga oshiriladi. 

 

Ilmiylik  tamoyiliga  ko’ra  har  yili  fanlarning  ishchi  oquv  rejalari  va  o’quv 



materiallarini takomillashtirish talab etiladi. 

Loyihalanish tamoyili. Bu  tamoyil o’quv jarayonini tashkil etish,  hujjatlarni 

o’quv  jarayoni  grafigi,  ishchi  o’quv  reja,  fanning  ishchi  o’quv  dasturi,  fanning 

bo’limlarning  o’quv  maqsadlari  toifalari,  o’qitish  jarayoni  texnologiyasi 



 

20 


egallangan  bilim  va  malakalarni  baholash  mezonini  yaratishni  anglatadi.  Ishlab 

chiqilgan  hujjatlar  asosida  o’quv  jarayoni  amalga  oshiriladi.  Bu  hujjatlarning 

barcha  bandlariga  rioya  etilishi,  rejalashtirilgan  natijaga  erishishni  kafolatlaydi. 

Mazkur tamoyilning ahamiyati shundaki, uning asosida pedagogik texnologiyaning 

ta’rifini keltirib chiqarish mumkin, ya’ni “Pedagogik texnologiya − bu, amaliyotga 

samarali    tadbiq  etiladigan,  tegishli  tamoyillar  asosida  ishlab  chiqilgan  o’quv 

jarayonining loyihasidir.” 

Tizimlilik  tamoyili.  Bu  tamoyilga  ko’ra  o’quv  jarayonining  barcha 

elementlari,  ularning  o’zaro  bog’liqlik  sharti  asosida  yagona  tizim  kabi 

loyihalanadi.  Bunda  o’quv  jarayonining  barcha  elementlari  tuzilmasi,  tashkil 

etilishi va faoliyati o’quvchi -talabalarni o’qitishga rag’batlantiradi. 

Ma’lumki ishlab chiqarish jarayoni iki qismdan:  

1.  Ishlab  chiqarishga  tayyorlash;  2.Texnologik  jarayondan  iborat.  Shuningdek 

o’quv  jarayoni  ham  ikki  qismdan:  o’quv  jarayonini  tayyorlash  va  o’qitish 

jarayonlaridan iborat deb aytish mumkin. 

O’quv  jarayonini    tayyorlash  qismida  –  o’quv  jarayoni  grafigi  va  ishchi 

o’quv reja, mashg’ulotlar jadvali tuziladi. 

Tegishli  fanga  oid  o’quv-uslubiy  materiallar  va  boshqa  kerakli  hujjatlar 

ishlab  chiqiladi.  O’qitish  jarayoni  qismida  bilimlar,  malakaga  ega  bo’lish  va  ular 

sifatini baholash amalga oshiriladi. 

Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili. Har bir fanni o’qitish jarayoni ma’lum 

maqsadga  yo’naltirilgan  bo’lishi  lozim.  Buning  uchun  o’qitishning  eng  ko’p 

tarqalgan ta’rifini keltirish yetarlidir. 

“O’qitish  –  bu  o’qituvchi  va  o’quvchi  orasidagi  munosabatning  maqsadga 

yo’naltirilgan  jarayoni  bo’lib,  uning  davomida  inson  ma’lumotli  bo’ladi.  Ushbu 

ifodadan o’qitish sifati maqsadlarni shakllantirish sifatiga bog’liq  ekanligi haqida 

xulosa chiqarish mumkin. 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin