O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish –davr talabi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

1.2.Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish –davr talabi 

Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, ilm-fan va texnika taraqqiyotining 

yuksak sur’ati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan boyitib 

borish  bilan  birga  ijtimoiy  munosabatlarning  yangicha  mazmun  kasb  etishini 

ta’minladi.Yangicha  turmush  tarzi,  turli  xil  xizmat  ko’rsatish  sohalarining  paydo 

bo’lishi  kishilarning  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojining  kundan-kunga  ortib 

borishiga  olib  keldi.  Moddiy  ishlab  chiqarish,  turli  sohalarda  xom  ashyoni  qayta 

ishlash  ehtiyoji  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etishga  nisbatan 

texnologik  yondashuv  tizimini  yuzaga  keltirdi.  Muayyan  mahsulotni  ishlab 

chiqarish  maqsadida  xom  ashyoni  tanlash  va  uni  qayta  ishlab,  mahsulotni 

istemolchiga  yetkazib  berishni  texnologik  jarayon  sifatida      e’tirof  etiladi.  Ishlab 

chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv mazkur sohalarda islohotlarni 

tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta’minlash omili sifatida namoyon bo’ladi. 

Moddiy  ishlab  chiqarish  sohalariga  zamonaviy,  ilg’or,  yuksak 

texnologiyalarning  tadbiq  etilishi  ilm-fan  hamda  texnikaning  so’ngi  yutuqlariga 



 

13 


tayanish,  yirik  moliyaviy  mablag’lar  va  yuksak  darajadagi  kasbiy  mahoratga  ega 

malakali mutaxassislarning mavjudligi bu yutuqlarni yuzaga keltiradi. 

Moddiy  ishlab  chiqarish  sohalarida  ilg’or  texnologiyalarning  qo’llanilishi 

malakali  mutaxassislarni  tayyorlash,  ularning  kasbiy  mahoratini  doimiy  ravishda 

oshirib  borishni  taqozo  etadi.  Bundan  ko’rinadiki,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy 

hayot  bir-biri  bilan  uzviylik,  aloqadorlik  hamda  yaxlitlik  tamoyili  asosida 

rivojlanib  boradi.  Jamiyat  hayotida  yetakchi  o’rin  egallagan  g’oya  va  qarashlar 

iqtisodiy  ishlab  chiqarish  rivojiga  o’z  ta’sirini  o’tkazsa,  o’z  navbatida  iqtisodiy 

o’sish aholining moddiy turmushini yaxshilashga olib keladi. 

Kishilik  jamiyatining  ilk  bosqichlarida  shaxsni  tarbiyalash,  unga  ta’lim 

berishga  yo’naltirilgan  faoliyat  sodda,  juda  oddiy  talablar  asosida  tashkil  etilgan 

bo’lsa,  bugungi  kunga  kelib  ta’lim  jarayonini  tashkil  etishga  nisbatan  o’ta  qat’iy 

hamda murakkab talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay 

oladigan,  ishlab  chiqarish  jarayonining  mohiyatini  to’laqonli  anglay  oladigan, 

favqulodda ro’y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal 

eta  oladigan  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  vazifasi  qo’yilmoqda.  Bunday 

mutaxassislarni  tayyorlash  esa  o’z  navbatida  ta’lim  jarayonini  yangi  texnologik 

yondashuv  ya’ni  yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosida  o’qitishni  taqozo 

etmoqda. 

Shu  bois  ijtimoiy  taraqqiyot  bilan  uzviy  hamkorlikda  rivojlanib  borayotgan 

pedagogika faninig vazifalari doirasi ham kengayib bormoqda. 

Ma’lumki,  XXI  asr  yangi  texnologiyalar  va  axborotlar  asridir.  Shuning 

uchun  ham  ayni  vaqtda  respublikamiz  ijtimoiy  hayotiga  shiddatli  tezlikda 

axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Bu axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, 

ularni  tahlil  etish,  qayta  ishlash  va  umumlashtirish  hamda  o’quvchiga  yetkazib 

berishni  yo’lga    qo’yish  ta’lim  tizimi  oldida  turgan  dolzarb  muammolardan  biri 

hisoblanadi.Ta’lim-tarbiya  jarayoniga  pedagogik  texnologiyalarni  tadbiq  etish 

yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal qilishga xizmat qilad 



 


 

14 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin